12. Yon hosil qiluvchi to‗qima qayerda joylashgan? J: novda va ildizning ichki qismida halqa shaklida,
anig‗irog‗i, poya va ildizning po‗stlog‗i (floema) va yog‗ochligi (ksilema) orasida.
13. Hosil qiluvchi hujayralardan o‗simlikning qaysi to‗qimalari hosil bo‗ladi? J: asosiy, qoplovchi,
o‗tkazuvchi, mexanik va boshqa.
14. Floema qaysi qismlardan iborat? J: elaksimon nay, lub parenximasi, lub tolasi va yo‗ldosh hujayra.
15. Ksilema qaysi qismlardan iborat? J: o‗tkazuvchi nay, yog‗ochlik parenximasi va yog‗ochlik tolasi.
16. Asosiy to‗qima hujayralari qayerda joylashgan? J: qoplovchi, mexanik, o‗tkazuvchi to‗qimalarning
hujayralari oralig‗ida.
17. Asosiy to‗qima bajaradigan funksiyasiga ko‗ra qaysi xillari bo‗ladi? J: assimilatsion to‗qima
(xlorenxima), jamg‗aruvchi to‗qima (organik moddalarni, suv va havoni jamg‗aruvchi).
18. Asosiy to‗qima hujayralari qanday xususiyatga ega? J: fotosintez qilish.
19. Xlorenxima hujayralari qayerda joylashgan? J: yashil barglar va novdalarda.
20. Jamg‗aruvchi to‗qima qanday hujayralardan iborat? J: parenxima hujayralaridan.
21. Jamg‗aruvchi to‗qima o‗simliklarni qaysi qismlarida yaxshi rivojlangan? J:
daraxtlarning tanasida,
ildizpoya, ildizmeva, tugunaklar, piyozbosh, mevalar va urug‗larda.
22. Ayrim cho‗llar o‗simliklarning qaysi qismida suv to‗plovchi parenxima hujayralari bor? J: poyasi
va bargida.
23. Kaktusning qaysi qismida suv to‗plovchi parenxima hujayralari mavjud? J: tanasida.
24. Qoplovchi to‗qimaning vazifasini ayting? J: o‗simlik organlarini himoya qilish.
25. Epiderma o‗simlikning qaysi qismlarini qoplab turadi? J: barg va yosh novdalarni.
26. Epiderma qanday hujayralardan iborat? J: bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralardan.
27. Epiderma to‗qimasi tashqi tomondan nima bilan qoplangan? J: kutikula yoki mum bilan.
28. Epidermadagi og‗izchalarning ahamiyati? J: gaz almashinuvi va suv bug‗latish.
29. Ko‗p yillik o‗simliklarning poya va ildizlarida epiderma nima bilan almashinadi? J: ikkilamchi
qoplovchi to‗qima – periderma bilan.
30. Periderma qaysi hujayralardan tashkil topgan? J: po‗kak va b.
31. Po‗kak qanday hujayralardan iborat? J: o‗lik.
32. Suberin – …? J: po‗kak qobig‗iga shimilga maxsus yog‗simon modda.
33. Suberin moddasining ahamiyati? J: suv va gazlarni o‗tkazmaslik.
34. Po‗kak hujayralari orasida nimalar shakllanadi? J: yasmiqchalar.
35. Po‗stloq qavati qanday hosil bo‗ladi? J: daraxt va butalarning tanasi va ildizida har yili po‗kak
to‗qimasining yangi qavati shakllanishi natijasida.
36. Nima sababdan daraxt va butalar tanasi yo‗g‗onlashgani sari po‗stloqda yoriqlar paydo bo‗ladi? J:
po‗stloq hujayralari cho‗zilish xususiyatiga ega bo‗lmaganligi sababli.
37. O‗tkazuvchi to‗qima orqali amalga oshiriladigan jarayonlar qayerda bo‗ladi? J: ksilema va floema
naylari orqali sodir bo‗ladi.
38. O‗tkazuvchi to‗qima nimani ta‘minlaydi? J: o‗simlik tanasidagi oziqa moddalarni harakatini.
39. Ksilemadagi o‗tkazuvchi to‗qimani ayting? J: o‗lik hujayralardan iborat o‗tkazuvchi
naylar va
traxeidlar.
40. Ksilemadagi o‗tkazuvchi naylar va traxeidlarning ahamiyati? J: ular orqali suv va unda erigan
mineral tuzlar ildizdan o‗simlikning barcha organlariga harakatlanadi.
41. Floemadagi o‗tkazuvchi to‗qimani ayting? J:
tirik hujayralardan iborat elaksimon naylar.
42. Floemadagi elaksimon naylarning ahamiyati? J: ular orqali fotosintezda hosil bo‗lgan
organik
moddalar o‗simlikning boshqa organlariga yetkaziladi.
43. Elaksimon nay hujayralari qanday bo‗ladi? J: yadrosiz ega emas, yonida yo‗ldosh hujayralar bor.
44. Mexanik to‗qima qanday turlari mavjud? J: kollenxima va sklerenxima.
45. Kollenxima qanday hujayralardan iborat? J: tirik, cho‗ziq, qalin qobiqli, xloroplastlarga ega.
46. Kollenxima to‗qimasining vazifasi nima? J: barg bandi va yosh novdalarga tayanch.
47. Sklerenxima qanday hujayralardan iborat? J: o‗lik, qalin qobiqli.
48. Sklerenximaning qanday turlari mavjud? J: uzun ingichka – lub tolalari, yog‗ochlik
tolalari va
yumaloq – sklereid hujayralar.
49. Sklereid hujayralari qaysi o‗simliklarning urug‗ qobig‗ida bo‗ladi? J: yong‗oq, olcha, o‗rik.
50. Sklereid hujayralari qaysi o‗simliklarning meva etida bo‗ladi? J: nok, behi.
51. Ajratuvchi to‗qima hujayralari qaysi moddalarni ajratib chiqaradi? J: efir moylari, kauchuk, nektar,
smola, fitonsid va boshqa.
Do'stlaringiz bilan baham: