KIRISH.
1. O‗zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‗simliklarning necha turi bor? J: 4500
2. Yer yuzida tabiiy holda tarqalgan o‗simliklarning necha turi bor? J: 500000
3. Botanika so‗zining ma‘nosi? J: yunoncha (grekcha) ―botane‖ – ko‗kat, o‗t, o‗simlik demakdir.
4. Botanika fani nimani o‗rganadi? J: o‗simliklarni tashqi va ichki
tuzilishi, ularning tashqi muhit bilan
o‗zaro
munosabatini, o‗simliklarning o‗sishi va rivojlanishida sodir bo‗ladigan hayotiy jarayonlar:
oziqlanish, suv bug‗latish, fotosintez jarayonlarini, o‗simliklarni kelib chiqishini, yer yuzida tarqalishi
qonuniyatlarini hamda o‗simliklar dunyosini
ulaming belgilariga asoslanib, ma‘lum
bir sistemaga
solishni, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish usullarini.
6. O‗simliklar morfologiyasi nimani o‗rganadi? J: o‗simliklar organlarining tashqi tuzilishini.
7. O‗simliklar anatomiyasi nimani o‗rganadi? J: o‗simliklarni ichki tuzilishini.
8. O‗simliklar fiziologiyasi nimani o‗rganadi? J: o‗simliklardagi hayotiy jarayonlarni:
nafas olish,
fotosintez, mineral moddalarning qabul qilinishi, suv bug‗latish kabi jarayonlarni.
9. O‗simliklar sistematikasi nimani o‗rganadi? J: o‗simliklarning kelib chiqishi
va belgilari asosida
ularni alohida
guruhlarga birlashtiradi, ya‘ni klassifikatsiyalashni.
10. O‗simliklar embriologiyasi nimani o‗rganadi? J: o‗simliklarning ko‗payish a‘zolarining tuzilishi,
ko‗payish bilan bog‗liq jarayonlarni o‗rganadi.
11. Geobotanika nimani o‗rganadi? J: yer yuzida o‗simliklarni tarqalishini.
12. O‗simliklar ekologiyasi nimani o‗rganadi? J: o‗simliklarni tashqi muhit bilan bo‗lgan munosabatla-
ridagi qonuniyatlarni va tashqi muhit omillarining o‗simlikka ta‘sirini.
13. Paleobotanika nimani o‗rganadi? J: qazilma holatdagi o‗simliklarni.
14. Algologiya nimani o‗rganadi? J: suvo‗tlarni tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishini o‗rganadi.
15. Briologiya nimani o‗rganadi? J: yo‗sinlarni tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishini o‗rganadi.
16. Lexinologiya nimani o‗rganadi? J: lishayniklarni tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishini o‗rganadi.
17. O‗simliklarning tuproq uchun ahamiyati? J: tuproqning unumdorligini oshiradi va uni yemrilishdan
saqlaydi
hamda tuproq hosil bo‗lishida ishtirok etadi.
18. Chorva mollari uchun to‗yimli ozuqa hisoblangan o‗simliklar? J: shuvoq, yantoq, beda, sebarga,
izen, keyreuk, saksovul, javdar.
19. O‗zbekiston Respublikasining ‖Qizil kitobiga‖ kiritilgan o‗simliklar? J: xolmon, shirach, sallagul.
20. O‗simliklarni o‗rganishning boshlanishi kimning nomi bilan bog‗liq? J:
qadimgi yunon olimi
Teofrastning.
21. Teofrast o‗simliklar borasida nima ishlarni qilgan? J: o‗simliklarning qishloq xo‗jaligi va
tibbiyotdagi amaliy ahamiyati haqidagi bilimlar va o‗simliklar dunyosi haqidagi ma‘lumotlarni yig‗ib
bir tizimga keltirgan.
22. Beruniyning tabobatga oid asarini ayting? J: Kitob As-Saydana fit-tibb.
23. Ibn Sinoning tabobatga oid asarini ayting? J: Kitob al qonun fit-tibb va Kitob ush-shifo.
24. Beruniy va Ibn Sinoni tabobatga oid asarlarida nimalar haqida yozilgan? J: ko‗pgina
dorivor
o‗simliklarni tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini ko‗rsatgan.
25. О‗zbekistonda botanika fanini rivojlanishiga hissa qo‗shgan olimlar qaysilar? J:
Zokirov Qodir
Zokirovich (1908-1992), Muzaffarov Ahror Muzaffarovich (1909-1987), Korovin Yevgeniy Petrovich,
Vvedenskiy Aleksey Ivanovich, Rusanov Fyodor Nikolayevich (1895-1979).
Q.Z. Zokirov, Y.P. Korovin, A.M. Muzaffarov, J.K. Saidov.