40
mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag‗batlantiruvchi rolini kuchaytirishga
qaratilgan.
―O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi
O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan, ikki yil davomida
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va
samaradorligini muntazam monitoring va tahlil qilib borish, zarur bo‗lgan hollarda
esa uni yanada takomillashtirish uchun takliflar kiritish belgilandi. Shu
maqsadda
Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo maxsus guruh va uning doimiy ishchi
organi tuzildi. Ikki yil mobaynida ushbu ishchi organga Soliq kodeksini
takomillashtirish bo‗yicha mingdan ortiq takliflar kelib tushdi. Ular asosan
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo‗mitasi tomonidan o‗tkazilgan
seminarlarda, davra suhbatlarida xo‗jalik
yurituvchi subyektlar, tadbirkorlar, tijorat banklari, xalqaro moliya tashkilotlari va
ekspertlar tomonidan berilgan takliflar bo‗lib, 2008-yildayoq ana shu takliflar
asosida Soliq kodeksining 79 ta moddasiga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritilgan
edi.
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va
samaradorligini muntazam ravishda monitoring va tahlil qilib borish bo‗yicha
belgilangan muddatning ikkinchi yilida, ya‘ni 2009-yil mobaynida kelib tushgan
takliflar asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan ―O‗zbekiston
Respublikasining
Soliq kodeksiga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi hamda ―Soliq
to‗g‗risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‗zbekiston
Respublikasining ayrim qonunlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖gi
O‗zbekiston Respublikasining qonunlar loyihalari Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasiga kiritilgan. Quyi palata tomonidan qabul qilingan mazkur qonunlar
Senatning yigirmanchi yalpi majlisida ma‘qullandi hamda Prezident tomonidan
imzolanib, 2010-yil 1-yanvardan hayotga tatbiq etila boshlandi
1
.
Yangi
tahrirdagi Soliq kodeksi
2
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni
belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O‗zbekiston Respublikasi davlat
byudjetiga va davlat maqsadli jamg‗armalariga to‗lash bilan bog‗liq
munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‗liq
munosabatlarni tartibga soladi. Kodeks 64 ta bob, 392 moddadan iborat bo‗lib, u
soliq
masalalarini
tartibga
soluvchi
barcha
me‘yor
va
qoidalarni
mujassamlashtirgan va to‗g‗ridan-to‗g‗ri amal qiluvchi hujjatga aylandi. Jumladan,
yangi Kodeksda iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan Prezident farmonlari va
qarorlarida bayon etilgan normalar to‗liq ifodasini topgan.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirish
va manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyatga katta. Unga muvofiq, soliqqa
tortish masalalarida baxsli
holatlar yuzaga kelganda, masala soliq to‗lovchi
foydasiga hal etiladi. Soliq kodeksiga (avvalgi tahrirdagi kodeksda mavjud
bo‗lmagan) soliq to‗lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi kiritildi, ya‘ni soliq
1
―Xalq so‘zi‖ gazetasi 2010 yil 15 yanvar
Do'stlaringiz bilan baham: