Laboratoriya ishi №1
Mavzu:
Sun’iy intelekt texnologiyasining qoʻllanilishi va uni Python dasturlash
tili asosida modellashtirish.
Ishdan maqsad:
1)
Sun’iy intellekt texnologiyasining telekommunikatsiya
sohasidagi ahamiyati va
muhim jihatlarini oʻrganish;
2)
Sun’iy intellekt texnologiyasini Telekommunikatsiya sohasiga tadbiq qilishda Python
tilinining imkoniyatlari bilan tanishish.
1.Qisqacha nazariy ma’lumot.
Sun’iy intellekt
— informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi
bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish,
muhokama qilish, masalani
yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan
shug‘ullanadi. Hozirda sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan
algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan
bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
1990 yillarda sun’iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda
Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha
jahon chempioni Garri
Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi. Sun’iy intellektning yorqin
namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri bo‘lib, u o‘z bazasidan kelib
chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. Shuningdek, ko‘pchilikning
doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi Siri,
fotosuratlarni qayta
ishlovchi Prisma kabi dasturlarni Sun’iy intellektning yutuqlaridan biri sifatida qayd
etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda ommalashib kundalik
turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Masalan, Xitoydagi
Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq
barcha jarayonlar sun’iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish
orqali amalga oshiriladi.
Kelgusi bir necha yil ichida telekommunikatsiya sohasi sun'iy intellekt (SI)
texnologiyalari, dasturiy ta'minot, jihozlar va ulardan foydalanish
xizmatlariga bir
necha o'n milliard dollar sarmoya kiritadi, deya bashorat qilmoqda Tractica
1
.
Mutaxassislarning fikricha, 2016 yildan 2025 yilgacha telekommunikatsiya xizmatlari
provayderlari sunʼiy intellektning turli yechimlari uchun taxminan 36,7 milliard dollar
sarflaydi.
1
Tractica - bu sun'iy intellekt, robototexnika, foydalanuvchi interfeysi
texnologiyalari, taqiladigan qurilmalar va raqamli salomatlikni sifat va miqdoriy
baholashni o'z ichiga olgan texnologiyalar bilan insonning o'zaro aloqasi bilan
bog'liq global bozor imkoniyatlarini chuqur tahlil qiladigan bozor tadqiqot
kompaniyasi.
Telekommunikatsiya sohasida SI yechimlaridan foydalanishning asosiy
ssenariysi tarmoq infratuzilmasini monitoring qilish va boshqarish vositalari bo‘ladi.
Mutaxassislarning
fikricha,
SI
texnologiyasiga
telekommunikatsiya
sohasi
investitsiyalarining 60 foizdan ortig‘i shu yo‘nalishga yo‘naltiriladi.
Sun'iy intellektning boshqa asosiy ilovalari qatorida tahlilchilar mijozlarga
xizmat ko'rsatish va marketing bo'limlarida virtual yordamchilarni joriy etish,
mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (customer relationship management, CRM),
kiberxavfsizlik, prognozli xizmat ko'rsatish va firibgarlikni
yumshatish uchun
intellektual tizimlarni yaratishni sanab o'tdi.
"Telekommunikatsiya sohasi xarajatlarni kamaytirish va avtomatlashtirish
orqali samaradorlikni oshirish uchun sun'iy intellekt yechimlari uchun tayyor.
Ko'pgina aloqa operatorlari allaqachon ular bilan tajriba o'tkazishni va o'z
tashkilotlarida sun'iy intellekt elementlarini joriy qilishni boshladilar", - deydi
Tractica tahlilchisi Mark Bekku.