184
-
Ko‘chma texnik xizmat ko‘rsatish vositalari
hisobiga bevosita dala
sharoitida ko‗rsatiladigan texnik yordamni tashkil etishni takomillashtirish;
Vatanimizning qishloq xo‘jaligi texnikalari kompleksi qator yirik istemol
qiluvchilar (klasterlar) va fermerlarning muhim texnik resurslari hisoblanadi.
SHuning uchun qishloq xo‘jaligi mashina traktor parkining rivojlanishi ko‗p jixatdan
foydalanish masshtabi va samarali resurstejamkorlik siyosati bilan aniqlanadi. Bunda
asosan yonilg‗i-energetik resurslarni iqtisod qilishning asosiy tadbirlarini amalga
oshirish jadal harakatga keltiriladi.
Bu tadbirlar quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
1. Alternativ yonilg‗ilarni qo‗llash va bunda avval siqilgan, suyultirilgan tabiiy
gazlardan foydalanish (keyinchalik vodorod yoqilg‗isini qo‗llash mumkin),
-
buning uchun yuqori bosimli va past temperaturali (20-25 MPa) gaz
apparatida ishlaydigan avtomobillarga texnik xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash
texnologiyasi va rejimlarini ishlab chiqish hamda asoslash:
-
gaz apparatlarini nazorat qilish, texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlashni
nazorat qiladigan texnologik hamda diagnostik jixozlarni yaratish va ishlab chiqish;
-
gaz apparatlarini ta‘mirlovchi va nazorat qiluvchi markazlashgan
korxonalarni tashkil etish va rekonstruksiya qilish va ularga mos ta‘mirlovchi kadrlar,
muhandis texnik hodimlarni tayyorlash;
2. YOnilg‗i-moylash materiallarini iqtisod qilishni ta‘minlovchi me‘yorlash
tizimini takomillashtirish (mexanizatsiyalashgan ishlarning me‘yorlarini
ishlab
chiqish, ishlatishda moylar va moylovchi materiallarni yaroqlilik me‘yorini aniqlash).
3. Ta‘mirlovchi va operatorlarning malakasini oshirish, yonilg‗i-energetik va
boshqa resurlarni iqtisod qilganligi uchun moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish
tizimini takomillashtirish.
4. Mashina traktor agregatlarining yonilg‗i va moy sarfi, ularni sarf bo‗lishi va
borligini ta‘minlovchi jixozlari, uzellari, tizim va agregatlarini talab etilgan texnik
xolatini ta‘minlash.
5. Mashina traktor parklarining yonilg‗i-moylash xo‗jaligini kompyuter
texnikalaridan foydalangan holda takomillashtirish (markaziy xo‗jaliklarni yonilg‗i
bilan ta‘minlash,
tarqatish, moylashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish,
ularning sarfi va borligini aniq hisobga olish).
6. Mashina traktor agregatlari dvigatellariga tushadigan haqiqiy yuklanishlarni
aniqlaydigan, operatorga maqbul rejimni tavsiya etadigan, ishonchli qurilmalar,
yonilg‗i sarflagichlar ishlab chiqish.
185
Mashina traktor agregatlarning konstruktiv tarkibini takomillashtirish (maqbul,
samarali), komplektlash (tuzish) va ulardan foydalanishni joriy etish natijasida
kelajakda amaldagi texnik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, moylash,
qotirish, sozlash ishlarining solishtirma vazni va ularning
davriyligini sekin asta
kamayib borishini ta‘minlash, agregat va uzellar ish rejimini masofadan boshqarish,
ogoxlantiruvchi-nazorat qiluvchi datchiklaf, tashhis qurilmalarini keng qo‗llash.
YOnilg‗i-energetik resurlarni iqtisod qilish va atrof muhitni himoya qilish
mashina traktor agregatlarini texnik holatiga qo‗yiladigan talablarni kuchaytiradi,
agregatlar dvigatellarida kechadigan ish jarayonlarini boshqaruvchi kopyuterlar va
diagnostik vositalarni keng qo‗llanishini talab etadi.
Qishloq xo‘jalik mashinalarini ishlab chiqarish jarayoni va foydalanishda
korroziyaga qarshi tadbirlarni qo‗llash hisobiga ularning uzoq muddat ishlashini
ta‘minlash to‗la komplektli kapital (asosiy) ta‘mir ishlarini kamayishiga olib keladai.
Natijalda
ularning ishonchliligi, resursi, uzoq muddat ishlash ko‗taruvchanligiga
quyiladigan talablarning ortishi, mashina traktor parki muhandis texnik xizmati
personaliga bo‗lgan extiyojning ortishiga olib keladi.
Ish yuritish munosabatlarining rivojlanishi mashina traktor parkining tarkibi va
asoslanganlik me‘yorlariga, o‗z navbatida texnik xizmat ko‘rsatish va tamirlash
tizimiga qo‗yiladigan talablarni kuchayishiga olib keladi.
Buning asosida texnik xizmat ko‘rsatish va tamirlash tizimining
takomillashishi mashina traktor parki tarkibining o‗zgarishiga, parkning yoshiga,
foydalanish sharoiti va boshqalarni belgilaydi.
Bunda rejali-ogoxlantiruvchi tizimning prinsipial o‗zgarishi
quyidagi
harakatlarda (qadamlarda): maxsulot, uning elementlarining ish qobiliyati rezervlash
yoki belgilangan xizmat muddati doirasida o‗zini-o‗zi tiklash usullari bilan bo‗lishi
ko‗zda tutiladi.
Bu erda 2-ta qaror bo‗lishi mumkin: yoki ishdan chiqish extimoli juda kam
bo‗lgan absolyut ishonchli maxsulotdan foydalanishi, yoki o‗zini o‗zi tiklashga
qaratilgan boshqa loyihalash prinsiplarini qo‗llash.
Bularga oddiy misol qilib zamonaviy avtomobillar va traktorlarda
qo‗lanilayotgan o‗zini o‗zi rostlaydigan mexanizmlarni keltirish mumkin.
Bu bosqichda ishonchlilik va boshqa sifat ko‗rsatkichlari haqidagi axborotlarni
mujassamlashtirish, ishlov berish va qo‗llash amalga oshiriladi. Bu bosqichda
kollektiv
banklarni yaratish, mashina traktor parkini axborot bazasini kengaytirish,
186
tajriba almashish, texnik xizmat ko‘rsatish va tamirlash tizimini takomillashtirish
amalga oshiriladi.
Markaziy axborot bazalar bankining yaratilishi ilg‗or hisoblash texnikasi, aloqa
vositasi, mutaxassislardan yuqori tejamli foydalanish imkonini beradi.
Yirik klaster tizimi va mashina traktor parkinida statsionar diagnostik
qurilmalarga doim ulanadigan, 10-20 parametrlarni texnik
xolatini nazorat qiluvchi
bortovoy datchiklar tizimi ishlab chiqiladi. Bu tizimlar keyinchalik maxalliy ishlab
chiqarish korxonalarda ishlab chiqarilishi va mashina traktor agregatlarida qo‗llanishi
yo‗lga qo‗yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: