O’zbekiston rechpublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligi



Download 14,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/75
Sana22.04.2022
Hajmi14,87 Mb.
#571571
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
Bog'liq
Entomologiya O\'UM 2021

T – timpanal organ 


42 
10- mavzu:
HASHAROTLARNING JINSIY TIZIMI VA KO‘PAYISHI. 
Reja: 
 
1.
Hasharotlarning jinsiy tizimini tuzilishi 
2.
Tuxumning tuzilishi va otalanishi 
3.
Hasharotlarning lichinkalari va xillari 
4.
Hasharotlarning g‘umbagi va xillari 
5.
Hasharotlarning ko‘payishi 
Hasharotlarning jinsiy tizimining vazifasi ko‘payishi va o‘zining naslini saqlab qolishdan 
iboratdir. Hasharotlar asosan ayrim jinsli bo‘lib hisoblanadi va ularning ko‘pchiligini jinsiy 
dimorfizm yaxshi namoyon bo‘lganligini sezishimiz mumkin. 
Erkak va urg‘ochi hasharotlarning jinsiy tizimi quyidagicha tuzilishga ega. Juft jinsiy 
bezlardan yoki gonodalardan juft yoki toq o‘tkazuvchi yo‘llardan qo‘shimcha jinsiy bezlardan 
tuxumni urug‘lantiradigan qismlardan iboratdir. Urg‘ochilarida esa urug‘ to‘plagich va juftlashish 
xaltasidan iborat. SHu bilan birga turli hasharotlarning urg‘ochilarida turlicha tuzilishdagi tuxum 
qo‘ygichlardan iboratdir. Jinsiy teshiklari ko‘pincha qorin bo‘shlig‘ining 9 sternitida, urg‘ochiniki 
esa 8 sternitida joylashgan bo‘ladi. Lekin ayrim hasharotlarda erkaklari bo‘lmaydi va bir jinslilari 
ham uchraydi. Germofrodit formalari juda kam uchraydigan xodisadir. Lekin hasharotlarning 
tuxumlari otalanmay partonogenetik usulda rivojlanishi mumkin. Masalan: o‘simlik biti, 
yaydoqchilar shular jumlasidandir.
Urg‘ochi jinsiy tizimi jinsiy bezlardan juft va toq tuxum yo‘llari, urug‘ qabul va ba’zan 
tuxum qo‘ygichlardan tashkil topadi. Tuxumdonlari juft bezlardir. Ularning follikulalari tuxum 
naychalari yoki ovariollari deb ataladi. 
Ovariolalar bittadan to 2400 juft bo‘lishi mumkin. O‘simlik bitlarida tuxumlar 
reduksiyalangan bo‘lib, faqat bitta naychadan iborat. 
Tuxum naychasining uchki qismi germarit, tana qismi esa vitellyarga ajratiladi. 
Gormatsit qismidan oogoniylar hosil bo‘ladi va ko‘payadi. Undan ootsitlar va oziq 
xujayralari xosil bo‘ladi. Etilgan ootsitlar tuxumga aylangan vitelyarga tushadi. 
Tuxum naychasining uchi ingichka ipga filamentga aylanib tuxumdoni kengaygan qismini 
hosil qiladi. 
Vitellyar qismida tuxum etiladi ya’ni kattalashadi va kameralarga ajrala boshlaydi. Tuxum 
rivojlanib bo‘lgach tashqi qobiq-xorion hosil bo‘ladi. 
Tuxum naychasida ozuqaning bo‘lishiga qarab joylanishi 3 tipda paviostik, politrofik va 
pelotrofik bo‘ladi. Birinchi tipdagi oraliq ozuq xujayra kamerasida bo‘ladi. Politrafik tipida tuxum 
naychalarida tuxum kameralari oziq xujayra kameralari bilan birin ketin joylashadi. Pelotrofik tipda 
oziq xujayralari naychaning uchki qismida joylashadi va oziq xujayralarga protoplazmatik iplar 
orqali keladi.
Etilgan tuxumlar va naychalardan o‘tib jinsiy teshik orqali tashqariga chiqadi. Toq tuxum 
yo‘liga urug‘ qabul qilgich ingichka nayi ochiladi. Tuxumlarning otalanishi toq tuxum yo‘li orqali 
tuxum tashqariga chiqarilayotgan vaqtida otalanadi. 
Bundan tashqari qo‘shimcha jinsiy bezlar borki ular turli vazifalarni bajaradi. Masalan: 
tuxumni yopishtirish va x.k. 
Erkaklar jinsiy tizim bir juft gonada urug‘dan, juft urug‘ yo‘llari, toq urug‘ chiqarish 
kanalidan va qo‘shimcha jinsiy bezlardan iborat. Urug‘donlar naysimon yoki xaltasimon bo‘lib soni 
ham xilma xildir. 
Follikulaning tepa gormariy qismida spermatozoitlar hosil bo‘ladi va etiladi.
Etilgan sperma urug‘dondan bittadan chiqariladi va naysimon juft urug‘ yo‘liga o‘tadi.
Ba’zi hasharotlar urug‘ yo‘li kengayib urug‘ pufagini hosil qiladi. Bunda urug‘ vaqtincha saqlanadi. 
Urug‘ pufagidagi qo‘shilish organi orqali tashqariga chiqadi. Bularda ham urg‘ochi hasharotlarda 
bo‘lgani singari qo‘shimcha bezlar bo‘ladi. Uning soni bir juftdan uch juftgacha bo‘lishi mumkin. 


43 
Tuxumning tuzilishi: Hasharotlarning tuxumi yirik xujayra bo‘lib, protoplazma va yadrodan 
tashqari embrionning oziqlanishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan deytoplazma yoki sarig‘likdan 
tashkil topgan. Bulardan tashqari, ba’zi tuxumda onali tuxumdondan qabul qilingan simbiotik 
mikroorganizmlar xosil bo‘ladi. 
Tuxum yuzasi, tuxum yo‘llarining follikulyar epiteliysidan ajralgan xoreon po‘st bilan 
qoplangan. Xorion anchagina puxta, ko‘pincha taram-taram qobirg‘alar, o‘simtalar va hokozolar 
bilan qoplangan.
Tuxumlarning yuqori qismida ba’zan mikroskopik teshikchalar mikropile bor, spermatozoid 
tuxumga shular orqali kiradi.
Tuxumlarning katta-kichikligi, shakli va rangi juda xilma-xil. Tuxumlar usti silliq bo‘lishi 
mumkin. Tuxumlar oval, uzunchoq, bochkasimon va boshqa shaklda xam bo‘ladi. Ba’zi tuxumlarda 
band yoki poyachalari bo‘ladi. 
Umuman hasharotlarning tuxumlari va ularning tuxum qo‘yishi turli xil bo‘lishi 
xarakterlidir. Bular ularning tuxumlik davrida oilasi, avlodi va turini aniqlashda muhim rol 
o‘ynaydi. Bu fa’zida asosan embrional rivojlanish davri o‘tadi.
Embrional rivojlanish tuxum yadrosini bo‘linishidan so‘ng sirtqi protoplazmaning qavatga 
kirishdan boshlanadi. YAdroning bo‘linishi natijasida yosh yadrolar hosil bo‘lib, embrionning 
dastlabki hujayralari-blastomerlar xosil qiladi. Blastomerlar oziqani sarig‘likni va blastomerlar hosil 
qiladi.
Ba’zi tuban hasharotlar tuxumlarida sarig‘lik moddasi kam bo‘lib, ular to‘la va tekis 
bo‘linadi. Tekis bo‘linishda ham blastomerlar avvalo morula davrini o‘tab, tuxum sirtiga joylashadi. 
Boshqa hasharotlarda esa morula davri bo‘lmaydi, chunki sarig‘lik modda etishmaydi.
Blastomerlar xosil bo‘lgandan so‘ng uning ayrim qismlarida hujayralar bo‘lina boshlaydi va 
bir joyda qalinlashgan embrion yo‘li hosil bo‘ladi. 
Rivojlanayotgan embrion esa keyinchalik egiladi va tuxum yuzasiga qayrilib chiqadi. 
Embrionning qayrilib chiqish jarayoni blastokinez deb ataladi.
Hosil bo‘lgan embrion yo‘li o‘sib blastomerni qoplaydigan embrion yo‘li hosil bo‘lishida 
botib kirishdan hosil bo‘lgan chuqurcha tutashib, birikib ketadi. 
Hasharotlarning embrional yo‘lida uchta qavat: ektoderma, entoderma va mezoderma hosil 
bo‘ladi. Bunda embrion yo‘lida avvalo uzunasiga ketgan chuqur ariqcha-dastlabki jo‘yak 
rivojlanadi. 
Embrional qavatlar hosil bo‘lishi bilan ektoderma ichki qayrilib kirib bo‘lajak lichinkaning 
oldingi va orqa ichigina hosil qiladi. Entodermaning ichga qayrilib kiraboshlagan joylarida 
keyinchalik og‘iz va anil teshigiga ayriladi. So‘ngra embrion bo‘g‘imlanish boshlanadi va shu bilan 
bir vaqtda yoki oz keyinroq oyoqlar mo‘ylovlar va og‘iz apparatlarida paydo bo‘ladi.
Keyinchalik rivojlanib, oldingi va orqa ichakka aylanadigan qayrilmalar orasida o‘sib ketgan 
entodermadan o‘rta ichak hosil bo‘la boshlaydi.
Ektodermadan ajralib chiqqan hujayralar embrionning o‘rta yo‘lida ikkita ip hosil qiladi, 
bular o‘rtasida ektoderma chuqurroqqa tushib, dastlabki jo‘yan hosil qiladi. 
Jo‘yaklik ostida o‘rta asab ipi ajraladi: bu tuzilmalarning hammasidan keyinchalik asab 
tizimi hosil bo‘ladi. 
Ichga qayrilib kirgan ektodermada nafas tizimi, teri bezlari va jinsiy organlarning toq 
yo‘llari, orqa ichak devorining botib kirishidan malpigi kanallari paydo bo‘ladi. 
Mezodermadan muskullar, gemolimfa, elka qon tomiri, yog‘ tanachalari, perikadial 
hujayralar, tuxum yoki urug‘ yo‘llari hamda jinsiy bezlarining epiteliysi hosil bo‘ladi. Keyinchalik 
tuxum yoki urug‘ hosil qiluvchi hujayralar juda barvaqt embrion qavatlari hosil bo‘lishidan ilgari, 
ya’ni tuxum bo‘linishining dastlabki davrlarida yoki embrion yo‘lining orqa ichidagi 
blastodermadan tuziladi.
Embrion to‘liq rivojlanib bo‘lgandan keyin lichinkaga aylanadi va intensiv harakatlanib, 
traxeyalarni havoga to‘ldiradi, amnitik suyuqliklarni yutib, hajmini kattalashtiradi. 
Nihoyat lichinka tuxum po‘chog‘ini kemirib yoki teshib tashqariga chiqadi. 
Postembrional rivojlanish-metamorfoz. Hashartlar tuxumdan chiqqandan so‘ng bir qancha 
o‘zgarishlarga metamorfozaga uchraydi. Hasharotlar rivojlanish davrida o‘z shaklini, biologik 


44 
xususiyatlarini o‘zgartiradi va qaytadan tiklaydi. SHuning uchun postembrional rivojlanishida 
differensiya vujudga kelib asosiy ikki faza- lichinkalik va voyaga etgan etuk imago hosil qiladi. 
Lichinka fazasida hasharot o‘sib, rivojlanadi, imago fazasida esa ko‘payib, tarqaladi. Ba’zan 
ko‘pchilik hasharotlarda bu ikki faza oralig‘ida oraliq-g‘umbaklik fazasi bo‘ladi. Metamorfoz 
xarakteriga qarab hasharotlar asosan ikki tipda bo‘linadi; chala va to‘liq o‘zgarib rivojlanuvchilar. 
Tuxumdan chiqqan lichinka rangsiz yoki oqish bo‘lib, ustida yumshoq qoplagichi bo‘ladi. 
Lichinka rivojlanib va o‘sish protsesslarida bir necha marta po‘st tashlaydi, ya’ni teri qoplagichini 
yangilaydi, tana hajmi kattalashadi. 
To‘liq o‘zgaruvchi yoki golometamorfoz rivojlanuvchi hasharotlar to‘rtta rivojlanish 
fazasini: tuxum, lichinka, g‘umbak va imago fazasini o‘taydi. Bularning lichinkalari mutlaqo 
imogaga o‘xshamaydi. Bularda murakkab fasetkali ko‘zlar, qanot murtaklari bo‘adi. Og‘iz organlari 
imagoga nisbatan boshqa tipda bo‘lib, mutloqo boshqa sharoitda yashaydi.
Chala o‘zgaruvchi hasharotlarning lichinkalari har bir yoshida o‘ziga xos xarakterli 
belgilarga esa bo‘ladi, ya’ni qanotlarining katta-kichikligi, mo‘ylovlaridagi bo‘g‘im sonlari va 
boshqalar. 
To‘liq o‘zgaruvchi hasharotlar lichinkalarning yoshi ko‘pincha ularning kalla qutisiga qarab 
aniqlanadi.
Voyaga etgan to‘la o‘zgaruvchi hasharotlar og‘iz apparati garchi so‘ruvchi bo‘lsa ham, ular 
lichinkasining og‘iz organlari sodda kemiruvchi tipda bo‘ladi.
Lichinkalarning mo‘ylovlari bo‘lmaydi yoki ular juda kichin bo‘ladi, ularning tuzilishi 
voyaga etgan hasharotlar mo‘ylovlarining tuzilishidan farq qiladi. Lichinkalarning asab tizimi 
voyaga etgan hasharotlar nerv tizimiga nisbatan juda sodda tuzilgan va unda ko‘p miqdorda tugun 
bo‘ladi. Nafas organlari nafas teshiklarining miqdori jihatidan farq qiladi: suvda yashaydigan 
ko‘pgina formalarda jabralar mavjud. Muskullari elka qon tomiri (yurak) va boshqa ichki organlari 
tuzilish jixatidan embrional organlariga yaqin keladi.
Lichinkalarning jinsiy tizim organlaridan faqat jinsiy bezlar barvaqt rivojlanadi, tashqi jinsiy 
organlari esa etishmagan bo‘ladi. 
Hasharotlarning lichinkalari juda xilma-xil. YUqorida ta’kidlanganidek ular asosan ikki 
tipga: nimfa yoki imogasimon va imoga o‘xshamaydigan lichinkalarga bo‘linadi. 
To‘liq o‘zgaruvchi hasharotlar tuxumdan chiqqanidan keyin tashqi ko‘rinishi va tuzilishi 
jixatidan voyaga etgan hasharotlardan keskin farq qiladi va juda asosli ravishda chin lichinka deb 
ataladi. Ularning uchta: kampodeosimon, chuvalchangsimon va qurtsimon lichinkalarning tiplariga 
bo‘lish mumkin. 
Kompodeosimon tipdagi lichinkalar uchun tananing cho‘ziq, yassi formali bo‘lishi, ko‘krak 
oyoqlarining uzunligi va og‘iz organlarining taraqqiy etganligi hamda ularning oldingi tomonga 
o‘rnashganligi xarakterlidir. 
CHuvalchangsimon lichinkalarning gavdasi uzun, yumaloq va etli bo‘lib, ular aniq ajralib 
turgan bosh qismi hamda ko‘krak oyoqlari bor yo‘qligiga qarab bir-biridan farq qiladi. 
Qurtsimon –erukosimon tipdagi lichinkalar chuvalchangsimon tipdagilarga o‘xshaydi. 
Ularning gavdasi chuvalchangsimon formali bo‘lib, bosh qismi aniq ajralgan, lekin uch juft haqiqiy 
ko‘krak oyoqlardan tashqari yana qorincha qismida “soxta oyoqlar” deb ataluvchi oyoqchalar ham 
bor.
Chala o‘zgaruvchi hasharotlarning ko‘pincha shakl o‘zgarishi gipomorfoz, to‘liq 
o‘zgaruvchi hasharotlarda gipermatomorfoz deb ataladi.
Gipomorfoz chala o‘zgaruvchi qanotli hasharotlar uchun xos bo‘lib, evolyutsiya protsessida 
qanotlarini yo‘qotadi. Ularning lichinka, ya’ni nimfalari imago juda o‘xshash. Farqi faqat xajmi, 
kattaligi,mo‘ylov bo‘g‘imlarining soni, rangi va serkilarning bo‘g‘imlanishidadir.
Gipermetamorfoz – to‘liq o‘zgaruvchi hasharotlarda rasmiy o‘zgarushning ba’zi 
murakkablanishi ro‘y berib turadi. Bularda bir necha shakldagi lichinkalar, ba’zan g‘umbaklar 
bo‘lishi xarakterlidir.
Umuman hasharotlarda quyidagi metamorfoza tiplar uchraydi:
1. Anamorfoz-bu o‘zgarish mo‘ylovsizlar turkumining vakillariga xos bo‘lib, ularning tashqi 
ko‘rinishidan voyaga etgan davrida juda o‘xshash, lekin qorin bo‘g‘in sonlari kam bo‘ladi. 


45 
2. Protomorfoz yoki dastlabki o‘zgarish, bular etek holatida po‘st tashlashi bilan 
xarakterlanadi. 
3. Gemimetamorfoz o‘zgarish chala hasharotlarga xos bo‘lib, bularga ninachilar turkumi 
kiradi. Gemimetamorfoz bir necha xil bo‘ladi: a) gipomorfoz bular protomorfoz tipiga o‘xshash 
chala o‘zgarish orqali rivojlanadi. b) gipermorfoz tipdagi o‘zgarishga teng qanotlilar turkumining 
oqqanotlilar va qalqondorlarning erkaklari hamda tripslar kiradi. 
4. Golometamorfoz o‘zgarish to‘liq o‘zgaruvchiga xos. Gumbaklar tashki ko‘rinishi jihatidan 
uch tipga bo‘linadi. 
1. Erkin yoki ochiq g‘umbaklar, bundan g‘umbaklarning mo‘ylov, oyoq va qanotlari tananing 
umumiy massasiga yopishmay, balki tanaga jips tegib turadi, ya’ni kelgusi etuk zot tana o‘simtalari 
tanaga harakatli tutashgan. 
2.Yopiq g‘umbaklar, bunday g‘umbaklarning mo‘ylovlari, oyoq va qanotlari garchi tashqi 
tomonidan ko‘rinsada, ammo tanadan chiqqan modda yordami bilan tanaga jips yopishgan. 
3. Bochkasimon yoki soxta g‘umbaklar, bunday g‘umbakning oyoq, qanot va mo‘ylovlarini 
lichinkaning qotib qolgan po‘stida aniq ko‘rib bo‘lmaydi. Ba’zan bular soxta pillalar debladi, 
chunki lichinkalarning qotib qolgan terisi o‘rgimchak ipiga o‘xshash ipgan to‘qilgan pilla o‘rnini 
bosadi. 
G‘umbaklik davrida imaginal organlar shakllanadi, ayni vaqtda bu protsesslar lichinkalik 
davridayoq boshlanadigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
G‘umbaklik fazasida imaginal disklardan voyaga etgan hasharot organlari vujudga keladi. 
Bundan lichinka organlarining taqdiri har xil bo‘ladi. Lichinkalarning aksari ichki organlari to‘la 
parchalanib, shu qadar gistoliz ro‘y beradiki, keyingi rivojlanishda undan faqat oziq modda sifatida 
foydalaniladi.
G‘umbakning davri tamom bo‘lgandan so‘ng g‘umbak po‘sti yordamida va undan voyaga 
etgan imago hasharot chiqadi, bu hasharot keyinchalik kattalashmaydi, po‘st tashlamaydi va tashki 
jihatdan xech qanday o‘zgarmaydi.
Hasharotlarning ko‘piyshi muhim biologik hususiyatlarga ega. Bularga ko‘payish usullari, 
qo‘shimcha ovqatlanish, jinslarning uchrashuvchi, otalanish, jinsiy mahsuldorligi kiradi. 
Ko‘p hasharotlar tuxum qo‘yib ko‘payadi. Lekin ba’zi hasharotlar tirik tug‘ish, 
Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish