O’quv uslubiy majmua
Sohada AKT
9
O‘quv kursining predmeti bo`lib, axborot texnologiyalarini joriy qilish
usullari, texnik va dasturiy vositalarning nazariy asoslari va ularni tegishli sohalarda
tadbiq qilish usullari hisoblanadi. Informatika - axborot texnologiyalari vositalari
yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish
usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarini va axborot texnologiyalari vositalarini faoliyat
ko‘rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda o‘rganuvchi
fandir.
Informatika so‘zi elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta
ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi.
Informatika atamasi lotincha «informatic» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma'nolarini anglatadi.
Texnologiya so`zi ―mohirlik‖ ma`nosini anglatadi. Axborot texnologiyalari-
axborotlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, boshqarish, yig`ish, saqlash,
qayta islash va uzatishni o‘rganuvchi fandir. Axborot texnologiyasi bu usullar tizimi
va axborotlarni yig`ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish yo`lidir. U
informatikaning predmeti xisoblanadi xamda boshqaruv amaliyotini o`tkazishni,
ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va sanoat miqyosida
korxonalarning tashkil topishini, ularning texnik rivojlanishi natijasida xalq
xo`jaligining yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi. Axborot texnologiyasi boshqarish
jarayonlarini aks ettiruvchi iqtisodiy axborotlarni o`lchash, jamlash, saqlash, qayta
ishlash kabi amallarni bajaradi.
Axborotni
kompyuterda
tasvirlanish.
Kompyuter
faqat
raqamli
ko‘rinishdagi axborotni qayta ishlaydi. Barcha boshqa turdagi axborot (ovozlar,
tasvirlar va boshq.) kompyuterda qayta ishlanishi uchun raqamli ko‘rinishga
keltirilishi zarur. Ovozni raqamli ko‘rinishga o‘zgartirish uchun kichik vaqt
oralig‘ida ovoz intensivligini o‘lchash va har bir o‘lchash natijalarini raqam
ko‘rinishida aks ettirish zarur.
Kompyuter dasturi yordamida olingan axborotni qayta ishlab, hosil bo‘lgan
natijani ovoz shakliga qaytarish mumkin. Kompyuterda matni axborotni qayta
ishlash uchun matni kompyuterga kiritilayotganda har bir xarf ma‘lum bir raqam
bilan
kodlanadi.
Tashqi
qurilmalarga
(monitor
ekrani
yoki
printer)
chiqarilayotganda esa inson qabul qilish uchun ushbu raqamlar orqali xarflarning
tasviri quriladi. Xarflar to‘plami va raqamlar o‘rtasidagi moslik
belgilarn
Kompyuterda barcha raqamlar 0 va 1 orqali ifodalanadi. Kompyuter ikkilik sanoq
sistemasida ishlaydi. Kompyuterda axborot birligining o‘lchovi bo‘lib bit, ya‘ni 0
yoki 1 qiymatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan ikkilik razryad hisoblanadi.
Kompyuter buyruqlari alohida bitlar bilan emas, balki sakkiz bit bilan birgalikda
ishlaydi. Sakkizta ketma-ket bit bir baytni tashkil etadi. Baytlar yordamida raqamli
ko‘rinishda ifodalangan har qanday axborotni kodlashtirish mumkin. Bir baytda 256
xil belgilardan birining qiymatini kodlashtirish mumkin (256 = 28) bo‘ladi. Baytning
qiymati uchun undagi bitlarning joylashgan o‘rni muhimdir. Axborotda qatnashgan
har qanday belgi 1 bayt hajmli deb hisoblanadi. Masalan, ―SH‖ harfi – 1 bayt,
Do'stlaringiz bilan baham: |