O’quv uslubiy majmua
Sohada AKT
7
katta bo’lib, og’irligi 30 tonna edi, ENIAC 18000 elektron lampadan iborat va 500
amalni 1 sek.da bajarardi. (1940-1955y) Tarkibi elektron lampalardan iborat bo’lgan
barcha EHMlar – birinchi avlod mashinalari deb nomlangan.
1955 yildan boshlab ikkinchi avlod EHMlari paydo bo’la boshladi. Ulardan
elektron lampalar o’rniga yarim o’tkazgichlar - tranzistorlar bilan almashtirilgan.
Yangi avlod EHMlarining avvalgisidan afzalligi o’lchovi kichik, elektr energiyasini
kamroq talab qilganligidir. Bu prinsiplar buyuk matematik Jorj Fon Neyman
tomonidan 1946 yilda asoslab berildi. Uning fikricha markaziy protsessor xotirada
saqlanayotgan dasturni boshqaradi. U ikki qismdan iborat bo’ladi:
➢
boshqaruv qurilmasi, ya‘ni dastur buyruqlarini qabul qiluvchi va ularning
bajarilishini ta‘minlovchi;
➢
arifmetik–mantiqiy qurilma, faqat hisoblashlar uchun mo’ljallangan.
Undan tashqari ―tezkor xotira‖ – doimiy saqlovchilardan markaziy
protsessorga borish va qaytish yo’lida oraliq ma‘lumotlarni saqlash uchun
foydalaniladi. Bu oraliq ma‘lumotlarni saqlovchi qurilma (bufer) operativ xotira deb
ataladi. Huddi shunda fon Neyman kompyuterning asosiy funksional ishlash
prinsiplarini tavsiflab bergan.
―Axborot‖ so`zi lotincha ―informatsiona‖ so`zidan olingan bo`lib,
qutilayotgan yoki bo`lib o`tgan voqea, xodisalar to`g`risidagi ma'lumotlarni
bildiradi. Kundalik turmushda xar bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish
yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izoxlangan. Masalan:
Falsafada axborot inson ongiga ta'sir etib, obyektiv reallikni aks ettiruvchi va
xarakatlantiruvchi kategoriya sifatida ishlatiladi. Kibernetikada, informatika fanida
axborot voqea - xodisa to`g`risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish
mezoni sifatida qo`llaniladi.
Kompyuterlarni
ishlatish
faoliyatida
esa
axborotdan
boshqarish
funktsiyalarini amalga oshiruvchi obyekt sifatida foydalaniladi. Axborot
tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lekin xar qanday
ma'lumot axborot bo`lavermaydi. Masalan: olma desak, bir necha xil ma'noni
tushunish mumkin: qizil olma deganda, mevaning ma'lum bir rangi tushuniladi,
demak barcha ma'lumotlar axborotga aylanishi uchun voqea - xodisa to`g`risidagi
butun xususiyatlarni ifodalashi lozim. Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy
xolda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |