O’quv uslubiy majmua
Sohada AKT
210
.NET
Microsoft .NET Framework - dasturlovchi texnologiya, oddiy dasturlar bilan
bir qatorda veb-qo’llanmalarni yaratishda ham ishlatiladi (ishlab
chiqishda
platforma sifatida birinchi bor Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan).
Microsoft .NETning asosiy g’oyalaridan biri - bu turli xizmatlarning bir-biri bilan
mos kelishidir. Masalan, C++ da yozilgan xizmat, Microsoft .NET
Delphi tilida
yozilgan kutubxona klassi usuliga murojaat qilishi mumkin; C# da esa Visual Basic
.NET yozilgan klassdan meros qolgan klassni yozish mumkin va, istisno sifatida, C#
da yozilgan usulda yaratilgan xizmat qaytadan Delphiga o’tkazilishi mumkin.
.NETdagi har bir kutubxona (yig’im) o’z versiyasi ma’lumotiga ega. Bu turli yig’im
orasidagi kelib chiqishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf qiladi. .NET
Microsoftning patentlangan texnologiyasidir. Bunga qaramasdan Novell bilan
shartnoma tuzilganidan keyin Mono texnologiyasi
UNIX kabi tizimlarda
(GNU/LInux, Mac OS X) .NETni amalga oshiruvchi deb tan olindi. Java
texnologiyasi singari, .NET ishlab chiqarish muhiti virtual mashinada foydalanish
uchun bayt kod yaratadi. Bu mashinaning .NETga kirish tili MSIL (Microsoft
Intermediate Language) deb yoki CIL (Common Intermediate Language, yangiroq
varianti), yoki qisqacha IL deb ataladi. Bayt kodini ishlatish jamlangan loyiha (.NET
atamasida - yig’im) darajasida kross-platformalikka erishishga imkon beradi.
Masalan Cda faqat birlamchi tekst darajasida erishiladi. Ishni amalga oshirish
muhitida, yig’im
boshlanishidan oldin, CLR bayt kodi JIT-kompilyatori (ayni
vaqtdagi kompilyator) mo’ljaldagi protsessorning mashina kodlariga aylanadi.
SHuningdek, tanlangan platforma uchun yig’imni o’z kodiga kompilyatsiya qilish
imkoniyati bor. Bu .NET framework utility NGen.exe yordamida amalga oshiriladi.
ADSL
Asymmetric Digital Subscriber LineAsimmetrik raqamli abonent liniyasi.
Ma’lumotlarni telefon liniyalari bo’ylab yuqori tezlik bilan uzatish texnologiyasi.
DSL oilasiga mansub texnologiyalardan biri. Ommaviy foydalanuvchilarga
mo’ljallangan nisbatan arzon texnologiyadir. Ma’lumotlarni
uzatish asimmetrik,
ya’ni dastlabki trafikka nisbatan chiqish trafigiga ancha kattaroq chastota oralig’i
ajratiladi. 8 Mbit/sekund tezlikkacha signallarni qabul qilib, 1 Mbit/sekundgacha
tezlik bilan uzatadi. ADSL-modemlar orasidagi telefon simlarining uzunligi 7
kmdan oshmasligi kerak. Ish vaqtida ma’lumotlarni
uzatish tezligi telefon
liniyasining ahvoliga (shovqin darajasi, to’siqlar soni va h.k.) qarab o’zgarishi
mumkin.
Bundan tashqari, ADSL-ulanish shovqinlarga,
ayniqsa shu telefon
kabelidan o’tkazilgan boshqa raqamli aloqa liniyalaridagi shovqinlarga sezgirdir.
AMD
Kompyuter tarkibiy qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya. AMD
kompaniyasi AQSHda (Sanniveyl sh.) 1969 yilda yaratilgan. AMD protsessorlar,
flesh-xotira
qurilmalari,
dasturlashtiriluvchi
mantiqiy
matritsalar,
mikrokontrollerlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
ASCI
Accelerated Strategic Computing Initiative.
Superkompyuterli strategik
tashabbus, ASCI dasturi. AQSH energetika vazirligining erosti yadro portlashlarini
modellashga qodir superkompyuterni yaratishga qaratilgan uzoq muddatli dasturi.