O’quv uslubiy majmua
Sohada AKT
212
CMOS
Complementary Metal-Oxide Semiconductor To’ldiruvchan metall-oksidli
yarimo’tkazgich, SMOP texnologiyasi. Elementlarni yuqori zichlikda joylashtirish
va kam energiya talab qilishni ta’minlaydigan mikrosxema yasash texnologiyasi.
SHaxsiy kompyuterning ona platasidagi CMOS-xotira mikrosxemasi ma’nosida
ham ishlatiladi. Kompyuterning konfiguratsiyasini saqlash uchun xizmat qiladigan,
hajmi katta bo’lmagan energiyaga mustaqil xotira.
DIMM
Dual In-line Memory ModuleCHiqish tutashmalari ikki qatorda joylashgan
xotira moduli. Standart xotira moduli. U 168 ta, ya’ni plataning har tomonida 84
tadan tutashmaga ega.
DirectX
Microsoft kompaniyasining Windows operatsion tizimida multimediali
kompyuter dasturlari va qurilmalardan foydalanish uchun ishlab chiqilgan
texnologiyasi. DirectX to’plamiga multimedia dasturlarni yaratish imkonini
beruvchi qurilma drayverlari va dasturiy vositalar kiradi. Ushbu texnologiya
to’xtovsiz rivojlanishda davom etib, hozirgi kunga kelib uning quyidagi versiyalari
chiqqan (har bir yangi versiya o’z ichiga avvalgi imkoniyatlarini ham oladi):
– DirectX 1.0 DirectDraw, DirectInput, DirectPlay va DirectSound lardan
iborat bo’lgan;
– DirectX 2.0ga qo’shilib Direct3D hosil bo’lgan;
– DirectX 3.0 DirectInputda MMX texnologiyasini qo’llash uchun richagli
mexanizmni va virtual soprotsessor drayverini maxsus boshqarish dasturining paydo
bo’lishi bilan farq qilgan. DirectSound uchun o’ziga tegishli API paydo bo’lgan;
– DirectX 5.0 qator yangiliklarni mujassamlashtirgan, jumladan teskari aloqa
bilan o’yin kontrollerlarini qo’llash (masalan, otish qurolining teskarisini), o’yin
kontrollerlarini boshqarish uchun yangi panel, ancha yaxshilangan MMX
texnologiyasini qo’llash interfeysi va foydalanuvchi uchun yaxshilangan boshqarish
interfeysi;
– DirectX 6.0 bir necha yangi 3D vazifalarini qo’llashni o’z ichiga oladi,
jumladan bir o’tishli ko’p teksturalash, teksturalarni siqish va h.k. SHuningdek,
terish drayverlarining tezkorligi oshirilgan va AMD firmasining 3DNow
texnologiyasini qo’llash qo’shilgan;
– DirectX 6.1 DirectMusic deb nomlangan yangi APIni o’z ichiga olgan;
– DirectX 7.0, 8.0, 9.0, 10.0, 11.0 va boshqalar yangi, yaxshilangan
versiyalardir.
DLL
Dynamically Linked Library. Microsoft Windows operatsion tizimning
tushunchasi. Dinamik ravishda ulanadigan kutubxona. Windowsning dinamik
ravishda ulanadigan funktsiyalari va resurslaridan iborat kutubxona fayli. Har bir
dinamik kutubxona har xil dasturlarda ishlatilishi mumkin. ActiveX boshqarish
elementlari va drayverlari ham DLLga qarashli.
drag and drop
Kompyuter foydalanuvchisining grafik interfeysida drag and drop yoki DnD
bu virtual ob’ektni chertish va uni boshqa joyga yoki boshqa virtual ob’ektga tortish
Do'stlaringiz bilan baham: |