R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik


Nutq orqali va so‘zsiz tushuna olish



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/231
Sana21.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#571017
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   231
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Nutq orqali va so‘zsiz tushuna olish. 
Kommunikativ qobiliyat fikrni, yoki 
biror tushuncha, belgini anglatuvchi psixologik jarayon bo‘lib, uning namoyon 
bo‘lishi uch xil tarzda namoyon bo‘ladi( -rasm). 
kommunikat-
siya turlari 
og`zaki 
kommunikatsiya, 
nutq 
yozma 
kommunikatsiya 
imo-ishora, 
hatti harakatli 
kommunikatsiya


346 
Nutq
- og‘zaki kommunikatsiya, ya'ni til yordamida munosabat qilish 
jarayoni demak. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar 
og‘zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. 
So‘zlar eshittirib, yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi, kar-
soqov kishilarda - biron-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan 
almashtirilishi (bunda harflar barmoqlar harakati (
“dakti”-barmoq, “daktilos”
– 

imo ishorali nutq”
) bilan ifoda etiladi. Nutq:
yozma va og‘zaki nutq,
o‘z 
navbatida -og‘zaki nutq:
 diologik va monologik 
turlarga ajratiladi (-chizma). 
- chizma. Nutq turlari 
Og‘zaki nutqning eng sodda turi 
dialog
, ya'ni allaqanday masalalarni 
birgalikda muhokama qilayotgan hamsuhbatlar tomonidan olib boriladigan 
suhbat hisoblanadi. 
Gaplashayotganlarning bir-birlariga luqma tashlash, suhbatdoshdan keyin 
iboralarni va ayrim so‘zlarni takrorlash, savollar, qo‘shimchalar, izoh berish, 
faqat so‘zlashayotganlar tushunadigan shamalar qilish turli xil yordamchi so‘zlar 
va undovli so‘zlar ishlatish 
nutq
uchun xos xususiyatdir. Nutqning o‘ziga xos 
xususiyatlari ko‘p jixatdan hamsuhbatlarga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat hamma 
joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hyech qachon sinfda o‘quvchilar 
Nutq turlari 
yozma 
og`zaki 
monolog 
diаlog 


347 
bilan munosabatda bo‘lgani kabi olib bormaydi. So‘zlashuv chog‘ida hissiy 
hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Quvongan, iymangan, hayratlangan, qo‘rqqan, jahli chiqqan kishi 
xotirjam holatdagi kabi gapirmaydi: o‘zgacha ohangda, leksikonida kam 
ishlatadigan so‘z va iboralardan foydalanadi. 
Og‘zaki nutqning ikkinchi bir turi - 
monolog
nutq bo‘lib, uni bitta kishi 
boshqasiga, yoki, uni tinglayotgan ko‘plab kishilarga qarata gapiradi: bunga 
o‘qituvchining hikoyasi, o‘quvchining javobi, ma'ruza va shu kabilar kiradi. 
Monologik nutq tuzilishi jihatdan juda ham murakkab bo‘lib, fikrning 
tugallanganligi, grammatik qoidalarga qat'iy amal qilinishi, mantiqan izchillik 
bo‘lishini taqoza etadi. Monologik nutqni egallash nutqqa nisbatan katta 
qiyinchiliklar tug‘diradi, uning takomillashuvi uchun tajriba zarur bo‘ladi. 
O‘qituvchilarda bu nutqni shakllantirish maxsus vazifa hisoblanadi va pedagoglar 
uni ta'limning qator yillari mobaynida amalga oshirishadi. 
Qiynalmasdan, bemalol suhbatlasha oladigan, lekin oldindan yozilgan 
matndan foydalanmaslik monolog xarakteriga ega bo‘lgan og‘zaki axborot 
(ma'ruza, keng ma'ruzalar va shu kabilar) bilan chiqishga qiynaladigan katta
yoshli odamlar ham uchrab turishi tasodifiy hol emas. Bu o‘z vaqtida 
o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarda monologik nutqni shakllantirishga yetarli 
e'tibor berilmaganligi oqibatida yuzaga keladi. 
Yozma nutq insoniyat tarixida og‘zaki nutqdan ancha keyin paydo bo‘lgan. 
U bir-birlaridan makon va zamon bilan ajralib turuvchi odamlar o‘rtasida 
munosabat qilish extiyoji sifatida paydo bo‘ldi va fikr shartli sxematik suratlar 
yordamida ifoda etiladigan hozirgi zamon yozuviga qadar rivojlandi. 
Yozuv tufayli odamlar to‘plagan tajriba, madaniy-ma'naviy qadriyatlarni
avloddan avlodga yetkazish imkoni tug‘iladi.
Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarni 
rivojlantirishda, badiiy timsollarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. 


348 
Odamlar munosabati axborot uzatish tariqasida 
kommunikator
bilan 
retsepient
o‘rtasida
 
og‘zaki muomalaga kirishish natijasida yuzaga keladi. 
Odamlar munosabatiga aloqa bog‘lovchilarning his-hayajoni ham qonuniy 
ravishda jalb etilgan bo‘ladi. U munosabatga kirishganlarga nisbatan muayyan 
tarzda taalluqli bo‘lib, nutqiy fikr-mulohazalar bilan qo‘shilgan holda yuzaga 
chiqadigan 
axborot 
almashishning 
alohida, 
nutqsiz 
jihati, 
nutqsiz 
kommunikatsiya vositalari: 
qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo-ishora, ohang, 
puaza turq-tarovat, kulgi, ko‘z yoshi
va shu kabilar kiradiki, bular og‘zaki 
kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba'zan esa 
o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi. 
Nutqsiz kommunikatsiya vositalari bamisoli o‘ziga xos his-tuyg‘u tili 
bo‘lib, so‘z bilan ifodalanidagan til kabi u ham ijtimoiy taraqqiyot mahsuli 
hisoblanadi va turli milliy madaniyatlarda bir-birlariga o‘xshamaslgi mumkin. 
Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarda 
turlicha vositalar tanlanadi. Jumladan, tilga kirmagan go‘daklar, yosh bolalar 
yig‘idan ko‘pincha katta yoshdagilarga ta'sir qilish va ularga o‘z istaklari hamda 
kayfiyatini yetkazish vositasi sifatida foydalanadilar. Shu bilan birga og‘zaki 
kommunikatsiya ta'sirini kuchaytirishda munosabatga kirishuvchilarning fazoda 
joylashuvi muhim axamiyatga egadir. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish