R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik


Ishontirish va ma'qul qilish



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/231
Sana21.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#571017
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   231
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Ishontirish va ma'qul qilish.
Pedagogning o‘zaro ta'sir etishdagi barcha 
vaziyatlar, asosan to‘rtta o‘zaro bog‘liq munosabatlar orqali amalga oshiriladi: 
ishontirish, o‘ziga rom qila olish, taqlid qilish, uqtirish( -chizma).
Ishontirish
– muayyan mavzu yuzasidan biror fikr yoki xulosani mantiqiy 
asoslash, ijtimoiy fikr tug‘dirishdir. Ishontirish asosida pedagog o‘quvchilar, sinf, 
guruh jamoasi, ota-onalar ongiga ta'sir qiladi va ularni shu asosda faoliyat 
ko‘rsatishga undaydi.
So‘z bilan ishontirish eng qiyin tarbiyaviy vositalardan biridir. Buning 
uchun pedagog yetarli darajadagi salohiyatga, boy tajriba va chuqur dunyoviy, 
ilmiy, kerak bo‘lsa, diniy bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Bunda tinglovchilar 
fikrini o‘zgartira oladigan mantiq yoki suhbat ohangini tanlash juda muhimdir. 
O‘qituvchining nutqi o‘zining mazmundorligi, ta'sirchanligi, o‘ziga jalb etish 
quvvatini mujassam etganligi, go‘zal va ta'sirchan nutq matnini tuza bilish, til 
boyliklari va badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalanish xususiyatlari bilan 
tavsiflanishi shart. 
Jumladan, Voiz Koshifiyning voizlikda yaxshi so‘z qadri, so‘z ishlatishdagi 
ta'b nozikligi to‘g‘risidagi quyidagi fikrlari buning dalilidir: 
Yaxshi so‘zdin ko‘rgaysan mehru vafo, 
Педагогning 
o`zaro ta'sir 
etish shakllari
ishontirish
o`ziga rom qila 
olish
taqlid qilish
uqtirish


351 
Nomunosib quldin yetgay jafo. 
Faxsh so‘zdin tilni xomush aylagil, 
Balki ko‘nglingdin faromush aylagil. 
Har so‘zikim sodir bo‘lsa bemahal, 
yetgay andin obro‘yingga halal.
49 
Demak, so‘z orqali tinglovchiga ta'sir o‘tkazish mas'uliyatli jarayondir. 
Shunday ekan, ishontirishda axborotning mazmunli bo‘lishi, tinglovchi esa unga 
ongli munosabatda bo‘lishini nazarda tutadi. 
XIV asrning oxiri XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Haydar 
Xorazmiy “Gulshan ul-asror” asarida kishini ishontiruvchi va zavq-shavq 
bag‘ishlovchi so‘zning kuch-qudratini shunday ta'riflaydi: 
Ulki bilur so‘z guhari qiymatin, 
So‘zda topar so‘zlaguchining otin, 
Ahli nazar shevasini so‘z bilur, 
Nuri bosar mevasini ko‘z bilur... 
So‘zda kerak ma'niyu ma'nida zavq, 
So‘z duru, so‘z dunyoda qog‘ay xalaf... 
So‘zlaguchida so‘zi uchun dardu shafq.
50 
Ishonuvchanlik - bu insonning o‘z xulqini boshqa kishi(lar) talabi bilan 
o‘zgarishi.
Ishonuvchanlik - nerv sistemasining normal holati. Lekin uning aks etishi 
turli hollarda turlicha kechadi. U yoshga (yoshlik davrida yuqoriroq), jinsga 
(ayollarda ishonuvchanlik yuqoriroq), intellektga (ma'lumot oshishi bilan 
inonuvchanlik pasayadi), sog‘liq holati (charchaganda, kasallikdan so‘ng 
ishonuvchanlik yuqori bo‘ladi)ga va boshqa omillarga bog‘liq. Bundan tashqari 
ishontiruvchi shaxsining nufuzi, salobati, ko‘rinishi, obro‘si ham muhim 
ahamiyatga ega. Masalan, taniqli sportchi, mashhur aktyor, xo‘shovoz xonanda, 
1
1
Маҳмудов Р. Деганимни улусқа марғуб эт.- Тошкент: Ўзбекистон, 1992.-82-бет. 
1
1
Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. – Тошкент: ўқитувчи, 1998.-112-бет. 


352 
taniqli siyosatshunos,mehnat faxriylarining uzatayotgan axboroti tinglovchilarga
zalvorli ta'sir qiladi. Ishontirish faqat o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida sodir 
bo‘lmasdan, balki oila a'zolari, bolaning tengdoshlari, o‘rtoqlari, turli referent 
guruhlar bilan muloqotga kirishish natijasida yuzaga keladi. Masalan, Navoiy 
shahridagi xalq ta'limi a'lochisi, 1-gimnaziya maktabining o‘qituvchisi bu borada 
shunday deydi: “Pedagoglik tajribamda o‘quvchilar bilan munosabatga 
kirishishda 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish