346
Nutq
- og‘zaki kommunikatsiya, ya'ni til yordamida munosabat qilish
jarayoni demak. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar
og‘zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi.
So‘zlar eshittirib, yoki ovoz
chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi, kar-
soqov kishilarda - biron-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan
almashtirilishi (bunda harflar barmoqlar harakati (
“dakti”-barmoq, “daktilos”
–
“
imo ishorali nutq”
) bilan ifoda etiladi. Nutq:
yozma va og‘zaki nutq,
o‘z
navbatida -og‘zaki nutq:
diologik va monologik
turlarga ajratiladi (-chizma).
- chizma. Nutq turlari
Og‘zaki nutqning eng sodda turi
dialog
, ya'ni allaqanday masalalarni
birgalikda muhokama qilayotgan hamsuhbatlar tomonidan olib boriladigan
suhbat hisoblanadi.
Gaplashayotganlarning
bir-birlariga luqma tashlash, suhbatdoshdan keyin
iboralarni va ayrim so‘zlarni takrorlash, savollar, qo‘shimchalar, izoh berish,
faqat so‘zlashayotganlar tushunadigan shamalar qilish turli xil yordamchi so‘zlar
va undovli so‘zlar ishlatish
nutq
uchun xos xususiyatdir. Nutqning o‘ziga xos
xususiyatlari ko‘p jixatdan hamsuhbatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Aksariyat hamma
joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hyech qachon sinfda o‘quvchilar
Nutq turlari
yozma
og`zaki
monolog
diаlog
347
bilan munosabatda bo‘lgani kabi olib bormaydi. So‘zlashuv chog‘ida hissiy
hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Quvongan, iymangan, hayratlangan, qo‘rqqan, jahli chiqqan kishi
xotirjam holatdagi kabi gapirmaydi: o‘zgacha ohangda, leksikonida kam
ishlatadigan so‘z va iboralardan foydalanadi.
Og‘zaki nutqning
ikkinchi bir turi -
monolog
nutq bo‘lib, uni bitta kishi
boshqasiga, yoki, uni tinglayotgan ko‘plab kishilarga qarata gapiradi: bunga
o‘qituvchining hikoyasi, o‘quvchining javobi, ma'ruza va shu kabilar kiradi.
Monologik nutq tuzilishi jihatdan juda ham murakkab bo‘lib, fikrning
tugallanganligi, grammatik qoidalarga qat'iy amal qilinishi,
mantiqan izchillik
bo‘lishini taqoza etadi. Monologik nutqni egallash nutqqa nisbatan katta
qiyinchiliklar tug‘diradi, uning takomillashuvi uchun tajriba zarur bo‘ladi.
O‘qituvchilarda bu nutqni shakllantirish maxsus vazifa hisoblanadi va pedagoglar
uni ta'limning qator yillari mobaynida amalga oshirishadi.
Qiynalmasdan, bemalol suhbatlasha oladigan, lekin oldindan yozilgan
matndan foydalanmaslik monolog xarakteriga ega bo‘lgan og‘zaki axborot
(ma'ruza, keng ma'ruzalar va shu kabilar) bilan chiqishga qiynaladigan katta
yoshli odamlar ham uchrab turishi tasodifiy hol emas. Bu o‘z
vaqtida
o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarda monologik nutqni shakllantirishga yetarli
e'tibor berilmaganligi oqibatida yuzaga keladi.
Yozma nutq insoniyat tarixida og‘zaki nutqdan ancha keyin paydo bo‘lgan.
U bir-birlaridan makon va zamon bilan ajralib turuvchi odamlar o‘rtasida
munosabat qilish extiyoji sifatida paydo bo‘ldi va fikr shartli sxematik suratlar
yordamida ifoda etiladigan hozirgi zamon yozuviga qadar rivojlandi.
Yozuv tufayli odamlar to‘plagan tajriba, madaniy-ma'naviy qadriyatlarni
avloddan avlodga yetkazish imkoni tug‘iladi.
Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarni
rivojlantirishda, badiiy timsollarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
348
Odamlar munosabati axborot uzatish tariqasida
kommunikator
bilan
retsepient
o‘rtasida
og‘zaki muomalaga kirishish natijasida yuzaga keladi.
Odamlar munosabatiga aloqa bog‘lovchilarning his-hayajoni ham qonuniy
ravishda jalb etilgan bo‘ladi. U munosabatga kirishganlarga
nisbatan muayyan
tarzda taalluqli bo‘lib, nutqiy fikr-mulohazalar bilan qo‘shilgan holda yuzaga
chiqadigan
axborot
almashishning
alohida,
nutqsiz
jihati,
nutqsiz
kommunikatsiya vositalari:
qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo-ishora, ohang,
puaza turq-tarovat, kulgi, ko‘z yoshi
va shu kabilar kiradiki, bular og‘zaki
kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba'zan esa
o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi.
Nutqsiz kommunikatsiya vositalari bamisoli o‘ziga xos his-tuyg‘u tili
bo‘lib, so‘z bilan ifodalanidagan til kabi u ham ijtimoiy taraqqiyot mahsuli
hisoblanadi va turli milliy madaniyatlarda bir-birlariga o‘xshamaslgi mumkin.
Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun
turli xil yosh guruhlarda
turlicha vositalar tanlanadi. Jumladan, tilga kirmagan go‘daklar, yosh bolalar
yig‘idan ko‘pincha katta yoshdagilarga ta'sir qilish va ularga o‘z istaklari hamda
kayfiyatini yetkazish vositasi sifatida foydalanadilar. Shu bilan birga og‘zaki
kommunikatsiya ta'sirini kuchaytirishda munosabatga kirishuvchilarning fazoda
joylashuvi muhim axamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: