Sharq-musulmon falsafasi doirasida inson muammosiga ikki XIL yondashuvni



Download 276,47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.04.2022
Hajmi276,47 Kb.
#570980
Bog'liq
Sharq-musulmon falsafasi doirasida inson muammosiga ikki xil yon



Sharq-musulmon falsafasi doirasida inson muammosiga ikki xil yondashuvni 
ko‘rish mumkin. Ulardan biri ko‘proq taqdir haqidagi islom aqidasiga suyanadi. 
Inson taqdiri oldindan belgilab qo‘yilgan, shu sababli insonning qo‘lidan keladigan 
birdan-bir ish - bu o‘zini ana shu taqdirda belgilab qo‘yilganidek tutish. Biroq, 
Forobiy, Beruni, Ibn Sino, Alisher Navoi, Mirza Bedil, XIX asr oxiri - XX asr 
boshlaridagi ma'rifatparvarlar - Axmad Donish, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Sattorxon 
Abdulg‘afforrov va boshqalar inson haqidagi gumanistik, ma'rifatparvar va 
demokratik konsepsiyaning shakllanishiga katta hissa qo‘ydilar. Ularning ijodlari 
uchun insonga, uning kuchiga, aqliga, irodasiga ishonch xosdir, ular ommani 
ma'rifatli va bilimli bo‘lishiga da'vat etdilar. Yangi davr falsafasi insonning mohiyati 
va o‘z-o‘zini anglashi muammolariga qaytishi bilan ajralib turadi. Tomas Gobbs
mexanik materializm tarafdori o‘laroq, insonning ruhiy dunyosi mexanik kuch-
g‘ayrat va harakatlar majmuasidan boshqa narsa emas, deb hisobladi. Uning 
fikricha, inson faqatgina murakkab tuzilgan mexanizmdir xolos, u mexanika 
qonunlariga bo‘ysunadi. Gobbs ruhning alohida substansiya sifatida mavjudligini 
inkor etdi. Rene Dekart insonning dualistik konsepsiyasini ishlab chiqdi. U inson 
o‘lik mexanizm (tana) bilan irodaga va fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan substansiya 
(ruh)ning qo‘shiluvidan tashkil topgan, deb hisobladi. Benedikt Spinoza o‘zining 
inson haqidagi ta'limotini insonning tabiatning bir qismi ekanligi, tana va ruhning 
birligi asosida yaratdi. Insonning butun ruhiy hayoti idrok va affektlar (quvonch, 
g‘am, lazzat)dan iborat. Insonni harakatiga keltiruvchi kuch - o‘zini saqlash va 
manfaatga intilishdir. Shaxs tushunchasi falsafada va umuman insonni o‘rganuvchi 
fanlar majmuasida eng murakkab tushunchadir. Inson shaxsi rivojlanishining eng 
muhim biologik omili inson miyasidir. Ammo shaxs mohiyati - bu ijtimoiy 
xususiyatga molik hodisa. Miya esa moddiy organ bo‘lib, u orqali shaxs o‘z-o‘zini 
namoyon etadi. Inson mazkur sotsiumga xos bo‘lgan me'yorlar, bilimlar, 
qadriyatlarning muayyan tizimini o‘zlashtiradi. Muayyan jamiyatning real shart-
sharoitlari shaxsning ijtimoiy mohiyatini belgilaydi. Shaxsning shakllanishi jarayoni 
sotsializatsiya deb ataladi. Shaxsning sharq tipiga xos asosiy xususiyatlar 
quyidagilardir: mas'uliyat va majburiyatlarning inson huquqlari oldida ustuvorligi, 
xulq-atvordagi traditsionalizm, hulq-atvorning, jamoaviy modellarining individual 
me'yorlardan ustunligi, sotsiumga ko‘proq qaramlik, ijtimoiy muhit bilan aloqaning 
ko‘pligi. Insonning komillik darajasiga yetishishi va bu yo’lda inson bir qancha 
qusurlardan xoli bulishi kerak va uning o’rniga qanday yaxshi fazilatlarni egallashi 
zarurdir va bu insonning jamiyatda va davlatda o’z egallab turgan mavq’eyi 
yuzasidan o’z nafini keltirishi kerak. Bu borada xozrgi davrda yurtboshimiz 
tomonidan ko’plab isloxotlar olib borilmoqda 5 tashabbusning xam asosiy maqsadi 
shundan iboratdir. Xattoki Alisher Navoiy bobomiz asarlarida ilm to’g’risida berilga 
tariflar va uni egalash to’g’risida ko’plab pand nasixatlar keltirilgan.quyida ko’rib 


o’tilganidek mansabdor kishi qanday bolishi kerakligi xaqida ham ko’plam misolar 
keltirib yoshlarni tarbiyasiga bolgan munosabatlar bilan rang barang qilib 
boyitilgan. 
2-
Sharq qadimiy madaniyat o’chog’i va jahon tsivilizatsiyasining beshigi deya bejiz 
ta’riflanmagan. G’arb madaniyati tarixini o’rganish jarayonida Ovrupotsentrizm 
nazariyasiga og’ib ketish g’ayriilmiy bo’lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog’liq 
jihatini tahlil etganda ham Osiyotsentrizm g’oyalari ta’siriga tushmaslik lozim.hu 
bilan birga, Sharqning o’ziga xosligi, unga mansub bo’lgan madaniy taraqqiyot 
jahon tsivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo’shilgan munosib hissa 
ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan 
e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz tsivilizatsiyasining Sharq tsivilizatsiyasi 
quchog’ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o’zida aks ettirganini, unga va 
butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko’rsatganini doimo esda tutish darkor.
Sharq 
madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko’pgina mutaxassislar bizning 
Vatanimiz o’tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi 
tsivilizatsiyalaridan biri bo’lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri 
insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o’ziga xosligi, boshqarish 
va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi. 
Ushbu madaniyat o’choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» 
darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o’sha davrlarda qanday siyosiy 
jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo’lganini yaxshi biladi. Biz 
bugun o’sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-
mulohazalari, o’ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq 
tanishmoqchimiz. Ko’hna Sharq tsivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo’lgan 
Misr,qadimgi zamonda ilk o’troq hayot va o’ziga xos dehqonchilik an’analari 
boshlangan Nil daryosi bo’ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib 
keladi. Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik 
boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam 
haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid 
qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga 
kelishi ikki yo’nalishda borgan. Birinchi yo’nalish olam haqidagi tasavvurlarning 
astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog’liq ekanini, ikkinchi 
yo’nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog’liq bo’lganini ko’rsatadi. 
Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos 
dastlabki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o’z aksini topgan. «Veda»lar 
eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo’lib, mutaassib dindor hindu uchun 
oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma 
tomonidan aytilgan so’zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, 
iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar 


bizgacha to’rtta to’plam (samxitlar) shaklida etib kelgan. Bular-«Rigveda», 
«Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.
Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat 
o’ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o’rtalariga 
kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo’jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi 
XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo’liga o’tgan. Bu 
hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik 
dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo’lishini o’ziga xos 
tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o’z ta’sirini o’tkazgan.
Bunday 
ruhdagi falsafiy g’oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551-479) 
ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hikmatlari», ya’ni aforizmlari juda mashhur. 
Konfutsiy ta’limotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida 
o’ziga xos tarzda namoyon bo’lishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezonlar aks etgan. Bu 
ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda milliy g’oyalar majmui, 
millatning mafkurasi sifatida odamlarning ma’naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga 
ta’sir ko’rsatgan. u hozirgi Xitoyda ham o’zining muayyan ahamiyatini saqlab 
qolgan.
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga 
tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda 
Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va 
boshqalarning falsafiy, tabiiy — ilmiy, ijtimoiy — ahloqiy ta’limotlari o’rganiladi.
Qadimgi Yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o’rin tutadi. Sofistlar 
antropologiya (inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to’g’risidagi fan) 
muammolari bilan shug’ullangan. Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, ya’ni 
o’qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan 
iborat bo’lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o’rnatishga xizmat qilgan. ularning 
ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan.
Aflotun 
«G’oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta’limotining asoschisidir. Uningcha, g’oya 
haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy 
o’zgarish va taraqqiyot g’oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa 
uning aksidir. G’oyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni 
biladigan zotlar nihoyatda kam uchraydi, ular ulkan aql egasi bo’ladi va tarixda 
chuqur nom qoldiradi. Aksariyat kishilar esa, soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. 
Shuning bilan g’arb falsafasi bilan sharq falsafasining farqli jixati g’arbda inson 
shani g’ururi uning erkinliklari birinchi o’ringa qo’yilgan bo’lsa sharqda milliychilik 
urf odatlarga va sharqona odob axloqqa borib taqalgan. 
3-yuqorida aytib o’tganimizdek shaxs kamoloti uning erkinligiga ko’proq g’arb 
falsafasida ko’proq urg’u berilgan.
Shaxs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri bilan 
uzviy bog’liq tushunchalardir. Mamlakatimizning taraqqiyot yo’lida paydo bo’lgan 
qiyinchilik va muammolar mohiyatini anglash shaxsni o’z bilimi va mahoratini 
oshirishga, yuksak g’oyalarga sodiq bo’lib yashash va ularni jadal amalga oshirishga 


undaydi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida inson qobiliyatlari to’laroq 
namoyon bo’ladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qashshoq 
guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy islohotlarning eng muhim xususiyati — aholining muayyan qismining 
ijtimoiy himoyalanishida, ko’p bolali oilalar, nafaqaxo’rlar, talabalar va 
nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror 
topishida yaqqol namoyon bo’lyapti. Kishilarning boqimandalik kayfiyati, tafakkur 
turg’unligidan ozod bo’lishlari, o’zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, 
o’z bilimi va mahoratini oshirishlari uchun g’amxo’rlik qilish iqtisodiy 
islohotlarning insonparvarlik yo’nalishga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy
islohotlar va bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholini kuchli ijtimoiy 
himoyalash tamoyili Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek 
modelining muhim jihatlaridan biridir. Inson mohiyatini falsafiy bilish ulkan 
tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Inson falsafasi har bir yangi tarixiy davrda inson 
mohiyati, uning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam 
beradi. Insonga xos xususiyat va fazilatlarni bilish orqali talaba o’zida shunday 
sifatlarni shakllantirishga intiladi. Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy 
fanlarni o’rganish va umuman, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy 
bilim va yuksak insoniy fazilatlarni egallash orqali O’zbekistonda ozod va obod 
jamiyat qurish vazifalari uyg’unligini ta’minlashga erishish butun ta’lim-tarbiya 
ishimizning bosh mezoni va uning oldida turgan muhim vazifadir. Qachonki shaxs 
erkin bo’la olar ekan o’shandagina uning erkinlikdan foydalanishga hayotdan 
zavqlanishga va yaxshi yashashga bo’lgan intilishi kuchayib boradi va oxir oqibatda 
u davlat jamiyat oldidagi o’z majburiyatlarini sidqi dildan bajaradi. 
4- Bu berilgan mustaqil o’qish uchun berilgan asarlarni deyarli barchasini o’qib 
chiqganman. Menga yoqgan asar bularning ichida Jorj Oruelning 1984 asari yoqdi, 
chunki bu asar sobiq sovet tuzumini qoralab yozilgan hisoblanadi. Bu asarda insonni 
shaxsiy erkinligidan maxrum qilish ularni boshqarish va ichki nazoratlar asosida 
ushlab turishlari bu esa oxir oqibatda insonlarni xayot kechirishdan xam to’ydirib 
yuborganligi batafsil bayyon etilgan. Oruelning molxona asari xam xuddi shu 
yo’nalishda yozilgan xisoblanadi unda xayvonlar misolida sobiq sovet tuzimini 
jirkanchligini ochib beradi. U yerda omi xisoblangan hayvonlarni bir cho’chqa 
tomonidan boshqarilgani aytib o’tiladi. Dast avval ular o’zlari orzu qilgan bir 
dunyoni qurishmoqchi bo’lgan bunga qo’shni ovuldagi xayvonlarni xam jalb etishni 
boshlaydi bu xuddi sovetlarning Leniniga o’xshaydi uni quvin yuborgan cho’chqa 
esa xalqni qiynagan Stalin msolida gavdalantiradi. Xullas bu asarlarni boshdan 
oxirigacha yozib chiqish xam mumkin lekin buncha narsani yozgandan ko’ra 
aytganim maqul. Ustoz bulardan tashqari sizga po’lat qurollar qilich va mikroblar 


nomli edi adashmasam asarni tavfsiya qilaman yaqindagina o’zbek tiliga tarjima 
qilindi agar manzur kelsa tashlayman. 

Download 276,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish