O`qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorligi asosida do’stona
muhit yaratish, dars samaradorligini oshirish, o’quvchilarda mustaqil fikrlash,
fikr – mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko’nikmasini shakllantirish
demakdir. Bu usulda o’quvchi o’zi faol ishtiroq etgan holda, yakka,
juftlikda, guruxlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi,
fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so’zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali
qo’yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o’quvchilarning
xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzu (axborot) ni o’zlashtirishda tanqidiy,
57
tahliliy yondosha oladi. O’qituvchi faqat fasilitator (yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi,
tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.
Ilg’or pedagogik texnologiyalarining juda ko’p usullari mavjud. Bu
usullardan o’quvchining yoshi, psihologik hususiyati bilim darajasiga qarab
foidalanish mumkin.
Aqliy hujum
“Aqliy hujum” – sinfdagi har bir o’quvchiga o’qituvchi qo’ygan
savol yoki muammo yuzasidan o’z fikrini bayon etishga imkon beruvchi
o’quv uslubidir. Uslub mohiyati “bir kalla – yaxshi, yigirmatasi undan a’lo”
printsipi bo’yicha o’quvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol
yuzasidan extimol tutiladigan hamma fikrlar variantlarini bir yerga jamlash
istisno tariqasida ta’lim oluvchilarning barcha fikrlarni, shu jumladan, aytarli
to’g’ri bo’lmaganlarini ham inobatga olishdan iborat.
Bunda yaxshi idrok etilishi uchun ana shu fikrlarning barchasini
doskaga yoki flipchart (mahsus yozuv qog’ozi)ga yozib boorish kerak. Bu
narsa bayon etilgan fikrlarning keyingi tahlilida o’quvchilarning qo’yilgan
savol yoki muammoni to’g’ri tushunishga undashga imkoniyat beradi.
“Aqliy hujum”ni o’tkazish uslubiyati uch guruxga bo’linadi:
1. O’qituvchi sinfga savol, topshiriq yoki muammo tashlaydi va
o’quvchilarga o’z fikrlarini aytishni taklif qiladi.
2. Istisno tariqasida barcha fikrlar (qancha ko’p bo’lsa shuncha
yaxshi) doskaga yoki flipchatga yozib boriladi.
3. Barcha fikrlar yozib olingandan keyin o’qituvchi o’quvchilar
bilan birga g’oyalarni silliqlashtiradi, aytilgan fikrlarga tuzatishlar kiritiladi,
keyinchalik ishdan foidalanish maqsadida ulardan eng muhimlari ajratib
ko’rsatiladi.
“Aqliy hujum”ni o’tkazish qoidalari to’rt guruxga bo’linadi.
1. “Aqliy hujum” o’tkazish uchun belgilangan vaqt reglamentiga
aniq rioya etish lozim.
58
2. Belgilangan vaqt doirasida barcha hoxlovchilarga o’z fikrini
bayon etish imkoniyatini berish kerak.
3. O’quvchilar tomonidan aytilgan fikrlar tanqid va muhokama
qilinmasligi yoki baholanmasligi lozim.
4. Zarur bo’lib qolgan taqdirda bayon etilgan fikrga tuzatishlar
kiritish kerakki, bu narsa g’oya yoki fikrni aniq va qisqacha ifodalash
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: