roqlaridan malirum bo'lgan bo'lib. u past к i halqum suyagiga aylanadi.
Halqum suyagida ba'zi bir baliqlarda halqum tishlari hosil bo'ladi. Bun-
day halqum tishlari karpsimonlarda ya.xshi rivojlanadi. 4-rasmda
baliq
skeleti tuzilishi ko'rsatilgan.
Baliqlarning nafas a’zosi
Baliqlar asosan suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ba'zi bir ba-
liqlar atmosfera havosidan ham kislorodni oladi (ilonbosh). Baliq nafas
olganda suvni jabra orqali tashqariga chiqaradi. Jabradagi qon kislorod-
ga boyivdi. Jabra yaproqlari tashqi tomondan mayda yaproqchalar bilan
qoplangan. Ay nan shu yaproqchalarda gazlar almashinuvi sodir bo'ladi.
Baliqlarning intensiv ravishda nafas olishi muhit faktorlarining
fizik-kimyoviy holatiga, baliqlarning turiga,
katta-kichikligiga va fi-
ziologik sharoitiga bog'liq.
Baliqlarning kislorodga bo'lgan qo'shimcha moslashuvi bu ularning
kislorod miqdorining o'zgarishiga chid a mliligi bo'lib hisoblanadi. Bu
moslashuv baliq tcrisi orqali amalga oshiriladi. Baliq terisi orqali ham suv
da origan kislorod foydalanishi mumkin (tori orqali nafas olish) va havo
pufagi, ichaklar va maxsus qo'shimcha a'zolar orqali atmosfera havosidan
kislorodni olishidir (havo orqali nafas olish). Ba’zi bir baliqlarda kislorod
yetishmaganda, suvda erigan kislorod kamayganda tori orqali nafas
olish ancha rivojlangan (karp, karas, laqqa, ilonbaliq). Lekin havo olish
miqdori unchalik katta etnas, nam atmosfera
havosida havodan kislorod
olishda nafaqat tana yuzasi, balki jabra ham ishtirok etadi.
Ko'pincha ho'l tcri paytida va jabra ham sernam bo'lganda ilonbaliq
bir necha kun suvsiz yashashi mumkin. Shu xususivat orqali ilonbaliq
quruqlik orqali bir suvlikdan ikkinchi suvlikga o'ta oladi.
Baliqlarni suvsiz holatda tashilgan paytda, kislorodga bo'lgan ta-
lab teri orqali amalga oshiriladi. Baliq jabra apparatining tuzilishi
to'g'risidagi ma'lumotlar 5-rasmda berilgan.
Havodagi kislorodni olish yoki nafas olish turli xil baliqda turlicha
bo'ladi. Laqqada ichak bilan nafas olish rivojlangan, og'iz
orqali olin-
g;tn havo ichak orqali o'tib — kislorodni beradi va ichak devorlaridan
ajraladigan karbonat angidridini qondan so'rib oladi. Gazlarni olish va
berish ichak devoridagi kapillarlarda sodir bo'ladi. Zamor (dimiqish)
paytida og'iz orqali olingan havo lining og'zidagi suvda aerotsivalanadi
va kislorodga boyigan suv jabra orqali o'tadi. Ba’zi bir baliqlarda max
sus qo'shimcha organlar bo'ladi, ilonbaliq suv harorati 30°C bo'lganda
isinib havo bilan nafas oladi. U havoni sayoz joyda jabra usti a’zolari
14
hilan oladi. Jabra usti organlari halqum devordagi bo‘shliqlardir. Uning
shilimshiq devorida ko'p kapillarlar joylashgan va shu kapillarlarda gaz
almashinuvi sodir bodadi.
Baliqlarning havodagi kisloroddan foydalanish ucluin havo yoki suz-
gich pufagi ham xizmat qiladi. Barcha baliqlarning embrionida havo
pufagi ichak bilan tutashgan va u avvaliga ichak orqali havodan todadi.
Havo pnfagining ichak bilan tutashganligiga
qarab voyaga yetgan ba-
liqlar — ochiq pufakli, bunday baliqlarda havo pufagining ichak bilan
aloqadorligi butun umr saqlanadi (osyortsimonlar, losossimonlar, karp-
simonlar va h.k.), va yopiq pufaklilar—havo pufagi bilan ichak bir-biridan
izolatsiyalashgan (sudak, okun) boiadi. Havo pufagidagi gazlar ochiq
pufaklilarda voyaga yetgan baliqlarda davriy ravishda havo olish orqali
boshqariladi, yopiq pufaklilarda bu ish havo pufagining devori faoliyati
orqali amalga oshiriladi.
Karp chavogdning havo pufagi uning uvildiriqdan chiqishdan 1—1,5
sutka o'tishi bilan havo bilan to'ladi. Bu davrda jabra faoliyat ko'rsatmaydi.
Noqulay
kislorodsiz sharoitda, kislorod yetishmaganda, yirtqich baliqlar
o'ljaga tashlanishi bilan, havo pufagi nafas olish organi bodib xizmat
qiladi. Karp va zog'orada atmosfera havosiga maxsus moslashish vosi-
tasi yo‘q, lckin suvdan tashqarida bodganda (masalan, tashish paytida),
ularning qoni kislorodga to'yinishi havo pufagi orqali amalga oshiriladi.
Baliqlarning embrioni va chavoqlarda jabra apparati shakllanmagan
paytda ham qon aylanish sistemasi funksiyalashgan bodadi. Bu paytda
nafas organi bodib sariqlik xaltasidagi kapellarlar turi,
suzgich hoshiyasi
va jabra qopqogd, hamda tashqi jabra xizmat qiladi. Bu vaqtinchalik
nafas olish organlari asta-sekinlik bilan yo'qoladi. Yosh baliqlarning
nafas olish sharoitining yomonlashuvi ularda qon aylanish sistemasi-
ning kuchli rivojlanishi yoki tashqi jabralar rivojlanishi bilan bogdiq.
Do'stlaringiz bilan baham: