Ko'z kataraktasi (diplostomatoz) 67-rasmda ko'rsatilgan.
Kasallik
qo'zg'atuvchisi unchalik katta bo'lmagan (0,5 mm) yumaloq shakldagi
harakatchan lichinka. So'rg'ichli bo‘lib, so‘rg‘ichlari og'iz va qorin so-
halarida joylashgan. So‘rg‘ichlarda yopishish uchun maxsus bezlar bor.
Asosan baliq ko‘zida parazitlik qiladi (ko'z gavhari qobig'ida va shishasi-
mon tanada). Quyidagi baliq turlariga: karp, do'ngpeshana va boshqa
baliqlarga ziyon yetkazadi. Lining zarari yosh baliqlarga ko'proq ta’sir
qiladi. Baliq ko'zi kuchli zararlanadi, ko'z kattalashadi,
gavhar xirala-
shadi, baliq ko'r bo'ladi. Parazitning rivojlanish sikli ancha murakkab
bo'lib, ikkita oraliq xo'jayin ishtirokida o'tadi (akam-tukam molluskasi
va baliq) va bitta oxirgi xo'jayin (chayka va boshqa baliqxo'r qushlar).
Parazitlarning voyaga yetgan zotlari baliqxo'r qushlarning ichagida
yashaydi. Parazit tuxumlari qushlarning axlati bilan tashqariga, suvga
chiqadi. Bu tuxumlardan suvda lichinka (miritsidiy) chiqadi. Miritsidiy-
ning rivojlanishi uchun u avval molluskaga o'tishi kerak, molluskaning
ichida rivojlanadi (birinchi oraliq xo'jayin). Molluskaning ichida mi
ritsidiy serkariyaga aylanadi. Serkariya esa
molluska ichidan chiqadi va
suvda suzadi, keyinchalik u baliq tomonidan yutiladi (ikkinchi oraliq
xo'jayin). Serkariya baliq ichiga kirgandan keyin qon oqimi bilan baliq
ko'ziga kelib joylashib oladi va kasallikni qo'zg'atadi.
Profilaktik choralar.
Qarshi kurashganda eng avval birinchi oraliq
xo'jayin mollyuskalarni yo'qotish yo'lini qidirish kerak. Buning uchun
birinchidan hovuz suvini quritish va hovuzni so'ndirilmagan ohak bi
lan ohaklash kerak. Suv havzalarini 20% li xlorli ohak bilan ishlash va
boshqa choralar ko'rilishi lozim. Suv havzasi
xlorli ohak bilan dezinfek-
siya кiliUgandan so'ng, hovuz toza suv bilan bir necha marotaba, xlorli
ohak qolmaguncha yuviladi.
Ligulyoz. Bu kasallikning qo'zg'atuvchisi tasmasimon chuvalchang hi-
soblanadi. Parazit uzunligi 3 metrgacha boradi. Tana yassi, ko'ndalang
chiz.iqqa ega. Rangi oqimtiryoki sarg'ish, rivojlanishi xo'jayin almashini-
shi bilan o'tadi. Voyaga yetgan parazitlar oxirgi xo'jayinning ichagida ya
shaydi. Oxirgi xo'jayin qushlar (chayka, o'rdak,baklan) bo'lib hisoblanadi.
Ligulyozlarning qo'yilgan tuxumlari baliqxo'r
qushlarning axlati orqali
suvga tushadi. Suvda tuxumdan lichinka chiqadi. Lichinka suvda suzib,
tuban qisqichbaqa, kurakoyoqlilar (siklop) turiga rnansub lichinkalarda
rivojlanadi (birinchi oraliq xo'jayin). Lichinkali siklopni baliq yegandan
keyin parazit baliqning ichiga o'tadi (baliq ikkinchi oraliq xo'jayin) va
tana bo'shlig'ida joylashib oladi. Parazit baliq ichagida 3 yil yashaydi,
ammo voyaga yetmaydi. Parazitning to'liq yetilishi va voyaga yetishi oxirgi
2 7 3
xo‘jayin — zararlangan baliqni vegan baliqxo'r qush hisoblanadi.
Invaziya-
ga eng ko‘p uchraydigan tur bu karpsimonlardir. Ligulyoz bilan zararlan
gan baliqning qorni shishgan bo'ladi (lesh, turkiston mo'ylovdori, samar-
qand xramulyasi). Yuqoridagi baliqlarda ko‘proq uchraydi. Kasai baliqlar
o‘smay qoladi. Nihoyatda ozg'in, parazit rivojlanib, baliq ichki organlarini
qisadi, ichki organlar faoliyati buziladi. Parazit xo'jayinning tana shi-
rasi bilan oziqlanadi va organizm intoksikatsiyasiga sabab boiadi.
Kurash
chorasi hovuzlarni so‘ndirilmagan ohak bilan dezinfeksiya qilishdan ibo-
rat. Tasmasimon parazitning tashqi ko'rinishi 69-rasmda ko'rsatilgan.
69-rasm. Ligulyoz (tasmasimon parazit) bilan zararlangan karas
Do'stlaringiz bilan baham: