Mavzu: Menig kutubxonam - tengi yo‘q.
Reja:
Kirish:
Asosiy qism:
1. Kutubxonamiz tarixi.
2. Ishxonamiz biz uchun ... .
3. Mening tasavvurimdagi kutubxona .
Xulosa:
Bu joy xalqimiz , ayniqsa yoshlarimiz qalbiga adabiyotni , u orqali, ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatni olib kiradigan tabarruk dargoh bo‘lishi lozim.
Shavkat Mirziyoyev.
Insoniyat yaratgan moʻjizalardan biri bu kitob hisoblanadi. Kitob insoniyat ijodiyotining eng sara mahsuli, ajdodlardan qolgan bebaho merosdir . Odamzotni olamning oliy mavjudodi desak, odamni ulug‘lagan, uni insonga aylantigan kitobdir. Kitob o‘kimay qo‘ygan inson yana orqaga qaytadi, ma’naviy tanazzulga uchraydi.
Shunday ekan , kutubxonamizni, ziyo maskanimizni ajdodlarimizdan bizga qolgan ma’naviy hazinalarini avlodlarimizga meros qilib koldirish biz uchun ham sharafli ham ma’suliyatli vazifadir.
Kitob nafaqat ziyo maskanlarini yorituvchi nur , balki insonlarni kamolot sari yetaklovchi muxim ma’naviy xazina hamdir. Kitob insonga ma’naviy ozuqa beribgina qolmay, uning tafakkurini teranlashtirib, sog‘lom mulohaza yuritishga o‘rgatadi, kelajakka aniq maqsadlar bilan odimlashga mustaxkam pillapoya vazifasini bajaradi.
Kutubxonamiz tarixida kutubxona nomi bo‘libdiki avallo kolxoz – savxozlarga biriktirilgan bo‘lsa , 1974 yillarda tuman madaniyat bo‘limiga, 2006 yillarda kollej va akademik liseylar tasarrufiga biriktirilgan bo‘lsa, 2019 yil 7iyundagi PQ – 4354 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “ O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot – kutubxona xizmati kursatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarori biz soha xodimlarini kutubxonaga , ish faoliyatimizda ham sharaf, ham ma’suliyat ham ko‘tarinkilik bahsh etdi.
Ish faoliyatimizda kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish natijasida , ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ma’naviy va ma’rifiy muhitni yanada barqarorlashtirish , shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi zamonda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini milliy g‘urur va iftihor tuyg‘ularini yosh avlod qalbi va ongiga kitob o‘qish madaniyatini shakllantirishdan iborat.
Milliy qadriyat va an’analarimiz, urf – odatlarimizni keng targ‘ib qilish bilan mahallalarda oilaviy kitobxonlar orasida badiiy asarlar o‘qish targ‘iboti orqali vatanparvarlik, insoniylik va o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.
An’anaga aylanib qolgan har yili aprel oyida o‘tkaziladigan “Kitobxonlik haftaligi “ bolalar va o‘smirlarning haqiqiy kitob va kitobxonlik bayramini yuqori saviyada ko‘tarinkilik ruhida o‘tkazishga erishmoqdamiz.
Kutubxona ham bir mehmonxona, kutubxonachilar esa shu mehmonxonaning mezbonlaridir. Jamiyatda insonparvarlik jarayonlarining kengayib borishi, kutubxonalardan kitobxonlarning umummadaniy saviyasini oshirishga ko‘proq e’tibor berishni talab etadi.
Uchko‘prik AKM axborot-bibliografiya xizmati bo‘limi boshlig‘i: Z.Abduraxmonova
Do'stlaringiz bilan baham: |