Funktsional xizmat xodimlari, yordamchilar, referentlar rahbarga eng zarur axborotlarni tekshirib
berishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
2.Kommunikatsiya jarayoni va boshqaruv samaradorligi.
Boshqaruv jarayoni tahlil qilishda ko’rsatilishicha kommunikatsiya
va qaror qabul qilish
bog’lovchi jarayonlardir, chunki ular rejalashtirish, tashkil etish, motivlashtirish
va nazorat qilish
kabi funktsiyalarni bog’laydi. Kommunikatsiya rahbar qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan
ma’lumotlarni oladigan, almashadigan jarayondir. Agar kommunikatsiya yaxshi yo’lga qo’yilmasa,
qarorlar xato bo’lishi mumkin, rahbariyat rejasini odamlar to’g’ri tushunmasligi yoki shaxslararo
munosabatlar buzilishi mumkin. Kommunikatsiyalarni samaradorligi asosan qarorlar sifatini
aniqlaydi, hatto ularni tatbiq etishi ham mumkin.
Boshqaruv kommunikatsiyalarni ahamiyatini baholash qiyindir. Tashkilot maqsadiga
erishishni tashkil etishni yengillashtirish uchun ma’lumotlarni samarali almashtirish talab qilinadi.
Agar odamlar ma’lumotlar
almashishni bilmasa, ular birga ishlay olmaydilar, maqsadni tuza
olmaydilar va unga yetisha olmaydilar. Ammo, kommunikatsiya murakkab jarayon bo’lib, bir-
biriga bog’liq bosqichlardan iboratdir. Fikrimizni ikkinchi bir odamga yetkazish uchun bu punktga
amal qilmaslik ma’no yo’qoladi.
Rahbar tashkilotni maqsadini tuzish va unga erishish uchun o’zining uchta vazifasini bajarib,
to’rtta asosiy funktsiyasini amalga oshiradi, shuning uchun ma’lumot
almashuv jarayoni
maqsadlarni amalga oshirish darajasi ta’sir ko’rsatadi. Bu esa individlarni va tashkilotlarni
muvaffaqiyati uchun samarali kommunikatsiyalar katta ahamiyatga egadir, ammo so’rovlar
natijasida 73% ameralik, 63% ingliz, 25% yapon rahbarlari kommunikatsiyalarni
tashkilot
samarasiga erishish asosiy to’siqlardan hisoblashadi. Yana bir so’rovda 2000 ta turli
kompaniyalardan olingan 250 ming xizmatchilar ma’lumot almashish jarayoni tashkilotning
murakkab muammolaridan hisoblashishlarini aytishdi. Bu so’rovlar samarasiz kommunikatsiyalar
muammolarni yuzaga kelishining asosiy sohalari ekanligini ko’rsatadi. Yaxshi,
samarali menejer
bo’lish uchun biz samarasiz kommunikatsiya xodisalarini kamaytirishni o’rganishimiz, shaxs va
tashkilot darajasida kommunikatsiyalarni yaxshi bilishimiz zarurdir. Kim kommunikatsiyalarda
samarali bo’lsa, bular samarali ishlovchi rahbarlardir. Ular kommunikatsiya jarayonini ma’nosini
biladilar, og’zaki va yozma muomila san’atini yaxshi egallangan bo’ladilar, muhitni ma’lumot
almashishga ta’sirini biladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: