7-mavzu. Boshqarishda axborot va kommunikatsiya. Reja: Axborotlar tizimi



Download 349,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/24
Sana20.04.2022
Hajmi349,42 Kb.
#568026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
7-mavzu. Boshqarishda axborot va kommunikatsiya. Reja Axborotla

Murakkab tizim. 
Bu
 
tizim ishlab chiqarish va boshqaruv tarkibining murakkabligi bilan 
bog’liq. Bu yerda dastlabki axborot yuzaga keladi. Ishlov berishda hisoblash texnikasidan keng 
foydalaniladi. 
Murakkab axborot tizimining har xil darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish turlari 
quyidagilardan iborat:

 
Axborotlarni to’la o’zlashtirish davri. 
Bunda axborot oddiy mexanizimlardan 
foydalanilgan holda butunlay qayta ishlanadi. 

 
Aralash axborot tizimi. 
Bunda axborotni mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan 
qurilmalari yordamida o’zgartirishlarga erishiladi. Bu tizim avtomatlashgan nazoratni ta’minlaydi, 
ba’zida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati ustidan oddiy boshqaruv jarayonini amalga oshiradi. 

 
Axborot-ma’lumot tizimi. 
Bunda ko’z bilan bajariladigan nazorat uchun ba’zi bir 
ma’lumotlarni berish bilan cheklanadi. 

 
Kuzatuv axborot tizimi. 
Bu tizim avtomatlashgan nazorat va boshqaruvni ta’minlaydi. 
Keyingi ikkala tizim asosan texnologik jarayonlar to’g’risidagi axborotlarni qayta ishlash uchun 
qo’llaniladi.
Axborotlar tnzimi 
— bu murakkab tizim bo’lib, o’z ichiga turli hujjatlarni, axborot 
oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar va avtomatik boshqaruv tizimlarini oladi. Butun axborotlar 
tizimi aniq va doimiy ishlashi lozim. 
Har bir rahbarning uslubi ko’p jihatdan qaror qabul qilish uchun zarur va yetarli axborotni 
olish va undan foydalanishda uning shaxsiy ishlash uslubi bilan belgilanadi. 
Ishlab chiqarishni boshqarish — 
bu ijodiy jarayon, o’ziga xos bir san’at. U rahbarning 
xilma-xil ish usullarida namoyon bo’ladi. Bu usullar esa rahbarga ushbu sohada oz omilkor 
kishilarning fikrini turli kanallar orqali aniqlash va bu ijobiy fikrlardan boshqarish jarayonida 
foydalanish imkoniyatini beradi. U o’z fikrlarini har bir kishining ongiga yetkazish uchun ham 
ma’lum xislatlarga ega bo’lishi kerak. 
Rahbar suhbatdoshini shunday tinglay bilishi lozimki, suhbat natijasida ish haqida eng ko’p 
darajada foydali axborot olishi kerak. Bunga esa boshqarishning, ayniqsa o’z qo’li ostidagilarning 
fikrlariga, so’zlariga, taklif va tanqidlariga e’tibor bilan munosabatda bo’lgandagina erishish 
mumkin. Bo’ysunuvchi kishi ma’lum ishini bevosita bajaradi va bu ishni boshqalardan ko’ra 
yaxshiroq biladi. 
Shuning uchun rahbar o’z qo’l ostidagilar bilan suhbat qilganida o’zi uchun ayniqsa qimmatli 
bo’lgan axborotni olishni mo’ljallashi kerak. Buning uchun ochiq gaplashish shartini yaratishi 
lozim. Begonalar bo’lmasligi lozim, telefon qo’ng’iroqlarini cheklash va hokazolar talab qilinadi. 

Download 349,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish