1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari


O‘z Vatani va millatiga sadoqatli bo‘lish-yuksak ma’naviylik mezoni



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51
O‘z Vatani va millatiga sadoqatli bo‘lish-yuksak ma’naviylik mezoni 
O‘z millatiga sadoqatli bo‘lish millatparvarlik bilan hamohang tushunchadir. 
Millatparvalik bu har bir inson uchun yuksak burch va ma’naviy mezon sanaladi. O‘z 
millatini sevmagan inson o‘zini ham, vatanini, shu jumladan boshqa millatni ham seva 
olmaydi. Millatparvarlik o‘z millatini boshqa millatlardan ustun qo‘yish yoki kamsitish 
kabi (millatchilik va shovinizm) jirkanch harakatlardan tubdan farq qiluvchi tuyg‘udir. 
Millatparvarlik o‘z millatining birligini mustahkamlash, o‘z tili, urf-odatlari, an’analarini 
rivojlantirish, qadriyatlar va meroslarni ko‘z qorachig‘iday asrash, o‘z millatining kelajagi 
uchun xizmat qiluvchi aql-zakovat (intellektni), salohiyatni (potensial) rivojlantirish va 
milliy tarbiyani amalga oshirish yo‘lida fidoyi bo‘lishdir.
Milliy o‘zlikni anglashning muhim omili bo‘lgan millatparvarlik tuyg‘usini 
shakllantirishda yaqin o‘tmishda millatimiz manfaatlarini ko‘zlab millatparvarlikning 
yorqin namunasini ko‘rsatgan millatimizning sodiq farzandlari amalga oshirgan ishlarni 
tashviqot qilish katta ahamiyatga ega.
Mustamlakachilik va sho‘ro tuzumi davrlarida millat va vatanning tarixi va qadr-
qimmatini tiklash, milliy ongini o‘stirish, ma’naviyatini yuksaltirish uchun bel bog‘lab 
kurashgan Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori, Abdulla 
Qodiriy, Ibrohim Mo‘minov, Habib Abdullaev, Sharof Rashidov, Yax’yo G‘ulomov 
kabilarning nomlari vatanparvarlik va millatparvarlikni o‘zida yorqin mujassam 
etganligini yoshlarga tushuntirishimiz lozim. Ular vatan, millat tarixi va taqdiridagi eng 
og‘ir damlarda el, xalq, vatan ahvolini ko‘rib kuyib yonganlar, uning istiqbolini o‘ylab 
harakat qilganlar, ma’naviyat va ma’rifat ziyosini targ‘ib etib, xalqning milliy ongini 
ko‘targanlar, 
obro‘-e’tibori, 
or-nomusi, 
qadr-qimmati, 
manfaatini 
himoya 
qilganlar.Millatimiz mustaqilligi, Vatan ozodligi uchun jon fido etdilar. Ularning faoliyati, 
qoldirgan merosi elim deb, yurtim deb, uning istiqboli deb kuyib, yonib yashashning 
yorqin namunasidir.
Ulardan biri millatimiz sharafini himoya qilibgina qolmay, uni jahon uzra ko‘z-ko‘z 
qilishda o‘zlarini ayamadilar. Yana birlari esa ona zaminda millatimiz orasidan ulkan 
kadrlar yetishib chiqishiga jonbozlik ko‘rsatdi, boshqa birlari esa, yurtimizdan tashib 
ketilgan xomashyolar o‘rnini to‘lg‘izish uchun markazdan ko‘proq texnika, texnologiya, 
fan yutuqlarini, mablag‘larini olib kelish yo‘lida faollik ko‘rsatdi.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng sho‘ro davrida «millatchi” deb badnom etilib 
qatag‘on qilingan halqimizning millatparvar farzandlari tarixiy xotirasi qayta tiklandi. 
Prezidentimiz so‘zlari bilan aytganda: “El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo‘lgan tarixiy 
adolatni tiklash, halqimiz va millatimizning yaqin o‘tmishidagi yopiq sahifalarini to‘la 


ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni 
shakllantirish, begunoh qurbon bo‘lgan insonlar xotirasini


abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham farz edi.”1


1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 98-bet.
Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida Prezidentimiz Islom Karimov 
rahnamoligida 2000 yili poytaxtimizning Yunusobod tumanida qatag‘on yillarida 
xalqimizning minglab asl farzandlari qatl etilib, nom-nishonsiz ko‘mib tashlangan, necha 
yillar davomida qarovsiz qolib kelgan Bo‘zsuv kanali sohilidagi Alvasti ko‘prik deb nom 
olgan jarlik o‘rnida Shahidlar xotirasi hiyoboni va keyinchalik shu nomda muzey va 
jamg‘arma tashkil qilindi. 2001 yildan e’tiboran 31 avgust yurtimizda Qatag‘on 
qurbonlarini yod etish sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.
Amalga oshirilgan va oshirilayotgan bunday savobli ishlar halqimiz, ayniqsa unib-
o‘sib kelayotgan farzandlarimizning ongu shuurida tarixiy adolatga ishonch va insoniylik 
fazilatlarini qaror toptirish, ularning ma’naviy olamini kengaytirishda katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ega ekani bilan ayniqsa e’tiborlidir.
Bugun mustaqil O‘zbekistonning jahonda o‘z munosib o‘rnini topishi, millatimizning 
qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, ona zaminda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari 
bilan barqaror rivojlanish yo‘lida faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Islom Karimov nomi millatparvarlikning yorqin ifodasi sifatida xalqimiz 
qalbidan chuqur o‘rin olgan.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish