44
Kutikula terining ustki qismi bo‘lib, gipodermaning mahsuloti hisoblanadi va u
hujayraviy tuzilshiga ega emas. Kutikula hasharotning tashqi skeletini hosil qiladi.
Muskullarning yopishish joyi bo‘lib, uni mexanik va kimyoviy ta’sirlardan himoya
qiladi. Kutikula murakkab gistologik tuzilishga
ega va u tashqi hamda ichki
qatlamlarga bo‘linadi.
Tashqi qatlam yoki epikutikula juda yupqa (1-4 mikrondan oshmaydi) bo‘ladi.
U strukturasiz bo‘lib, kutikulin-murakkab moddadan iborat. Bu modda har xil turdagi
hasharotlardagina emas, balki bitta turga kiruvchi hasharotning o‘zida ham
rivojlanishining turli bosqichlarida va tanasining turli qismlarida bir xil bo‘lmaydi.
Kutikulin yuqori molekulyar yog‘lar va mumsimon birikmalar aralashmasidan iborat
bo‘lib, qahrabo sariq rangli.
Epikutikula suv yuqtirmaydi va o‘tkazmaydi. Bunga gigrofob xususiyat deb
ataladi. Kuchli sulfat va xlorid kislotalarda erimaydi, ammo o‘yuvchi
ishqor
eritmalarida eriydi.
Epikutikula mexanik jihatdan anchagina puxta, ammo ba’zi hasharotlarning
epikutikula qavati yumshoq, tez yeyiladigan bo‘ladi, bu qavat zararlansa teri qoplami
zararkunandalarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan
zaharli moddalarni yaxshi
o‘tkazadigan bo‘lib qoladi. Yog‘simon va mumsimon moddalarning barqarorligi va
saqlanish xususiyati yuqori haroratda ancha pasayadi. Hasharotlarning zararlangan
epikutikulasi teri bezlarining sekretor faoliyati natijasida tiklanadi.
Prokutikula-ichki qatlam, u epikutikula ostida yotgan eng qalin qatlam bo‘lib,
o‘z navbatida ekzokutikula va endokutikulaga bo‘linadi.
Ekzokutikula-hasharot tanasining qoplamiga qattiqlik
xususiyat beradigan
asosiy qavat hisoblanadi: bu qavat kutikulin, melanin va xitinidan iborat.
Xitin-prokutikulaning 25-60% bioximik asosini tashkil etib, yuqori molekulyar
polimer, azotli polisaxarid bo‘lib, uning tarkibi har xil hasharotlarda, hatto bitta
hasharot tanasining turli qismlarida va hayotining har xil davrlarida turlicha bo‘ladi.
Hasharot qoplamining mexanik jihatdan puxta va qattiq bo‘lishi xitinning miqdoriga
bog‘liq degan fikrlar bor.
Xitin elastik modda, qoplamning qattiqligi xitin bilan
boshqa moddalar aralashmasidan vujudga keladi va asosan kutikulinning miqdoriga
bog‘liq bo‘ladi.
Xitin rangsiz modda, ammo melanin bo‘lishi tufayli ekzokutikula -
qoramtir rangga kiradi. Ekzokutikula puxta va qattiq bo‘lganligi tufayli hasharotni
mexanik va kimyoviy ta’sirlardan saqlaydi. Ekzokutikula
gomogen va strukturasiz
moddadir.
Endokutikula-asosan teri qoplamining ostidagi qavat gipodermadan ishlanib
chiqadigan xitindan iborat. Endokutikula tolasimon tuzilishga ega. Tolalar qavati
ko‘pincha gorizontal holatda joylashgan.
Odatda,
kutikula, xususan ekzokutikula bo‘g‘imlar o‘rtasida ancha yupqa
bo‘ladi, bu esa tananing ayrim qismlarini harakatchan bo‘lishini ta’minlaydi.
45
Gipoderma bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, teri epiteliysini hosil qiladi va
kutikulaning ostida joylashgan hujayralar silindrik shaklda yoki ostki tomoni
o‘simtali bo‘ladi; hujayralar ichidagi yadro yumaloq yoki oval shaklga ega.
Gipodermaning yosh hujayralari ustki tomonda cho‘zilib
protoplazmatik iplarga
aylanadi, ulardan keyinchalik kutikula qavati hosil bo‘ladi. Bundan tashqari,
gipoderma lichinka suyuqligini ajratadi. Bu suyuqlik hasharotning po‘st tashlashdan
oldin eski endokutikulasini eritadi.
Bazal membrana yoki asosiy parda gipodermaning ostiga yopishgan bo‘lib,
juda yupqa, hujayraviy tuzilishga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: