Asalarisimonlar - Apidae oilasi. 48(47). Orqa panjasining birinchi bo‘g‘imi silindrik shaklda va qilchasimon
tukchalarsiz. Tanasi kam tukli yoki yalang‘och.
49(50). Oldingi yelkasi kalta, ko‘ndalang g‘o‘lasimon, orqasi ustqanot
yaproqchasiga yetmaydi. Tanasi yalang‘och
yoki deyarli yalang‘och.
Kovlovchi arilar - Sphecidae oilasi. 50(49). Oldingi yelkasining orqa tomoni yonlari qanot yaproqchasiga yetadi.
51(52). Oldingi qanotlari tinch holatda, tanasi bo‘ylab taxlanadi. Birinchi
medial tomiri (M
1
) (M
2
) ga nisbatan juda ham uzun (107, 3-rasm). Mo‘ylovlari
tirsaksimon.
Taxlanuvchi qanotli arilar - Vespidae oilasi. 52(51). Oldingi qanotlari tanasi bo‘ylab taxlanmaydi. M
1
M
2
ga nisbatan uzun
emas.
53(56). Orqa qanotlari 1-2 ta tutashgan katakchali (100, A-15-rasm). Birinchi
qorin bo‘g‘imi ikkinchisidan past tomonidan chuqur egatcha orqali ajralgan. Qorni
yaltiroq, ba’zan po‘pakli.
Skoliodlar - Scolioidea bosh oilasi. 54(55). Oldingi qanotlari noaniq pterostigmali. Erkagining oxirgi ko‘rinuvchi
qorin sterniti 3 ta tikanchali, cho‘zilgan. Ko‘zlari kurtaksimon. Urg‘ochilari doimo
qanotli.
Skoliy arilar - Scoliidae oilasi. 55(54). Oldingi qanotlari aniq pterostigmali. Urg‘ochilari ba’zan qanotsiz.