4. Kserofitlar
– guruhiga kiruvchi o‘simliklar dasht, yarim
cho‘l va cho‘llarda tarqalgan. Ular qurg‘oqchilikka chidamli, ko‘p
yillik, dag‘al barglari kuchli reduksiyalashgan yoki tikanlarga,
Remove Watermark
Wondershare
PDFelement
104
tangachalarga aylangan, qalin kutikula qavati va yaxshi rivojlangan
mexanik to‘qimaga ega. Bu xildagi o‘simliklarga betaga, chalov,
shuvoq, saksovul, yantoq va boshqalar kiradi. Kserofitlar quyidagi
guruhlarga bo‘inadi:
a)
sukkulentlar ‒
tanasi sersuv, etli, poyasi yoki bargida suvni
g‘amlagan holda saqlaydigan ko‘p yillik o‘simliklardir. Ular qaysi
organida suv saqlashiga ko‘ra: poyasida va bargida suv saqlovchi
guruhlarga ajraladi. Poyasida suv saqlovchilarning barglari
tikanlarga yoki tangachalarga aylangan, bargning vazifasini yaxshi
rivojlangan, yashil, etdor poyalar (kaktuslar, ba’zi sutlamalar,
qorasho‘ra) bajaradi. Bargida suv saqlovchi sukkulentlarda esa
aksincha poyalar kuchsiz rivojlangan, barglari etli bo‘ladi;
b)
evkserofitlar
(haqiqiy kserofitlar) ga sedana va shuvoq mi-
sol bo‘ladi. Bu o‘simliklar hujayra sitoplazmasining qayishqoqlik va
yopishqoqlik xususiyati kuchli. Barg shapalog‘i zich tuk-
langanligidan transpiratsiya jarayoni sust o‘tadi;
d)
gemikserofitlar ‒
yarim kserofitlar sitoplazmasining yopish-
qoqligi va qayishqoqligi past. Bu o‘simliklar qurg‘oqchilikka
bardoshsiz. Ammo ularning ildizi juda yaxshi rivojlangan bo‘lib,
chuqur joylashgan sizot suvlargacha yetib boradi. Masalan, yantoq
ildizi 10 m, beda ildizi 18 m chuqurlikkacha o‘sadi;
e)
poykiloserofitlar
, kserofit o‘simliklarni anatomik, fiziologik
va morfologik xususiyatlaridan kelib chiqqan, ya’ni: 1) bu guruh
o‘simliklarining tanasidan bug‘lanishi juda ham chegaralangan;
2) ulardan tuproq namligi yetishmaydigan vaqtda ham namlikni to-
pish qobiliyati kuchayadi; 3) namlik yo‘q vaqtda ham ular tanasida
zaxira suv to‘planadi;
f)
psixrofitlar
– shimoliy kengliklarning namli, sovuq joylariga
moslashgan o‘simliklar bo‘lib, ular yuqori tog‘li tumanlarda ham
uchraydi;
g) kriofitlar – guruhiga kiruvchi o‘simliklar tundraning quruq
joylari, tosh to‘plamlari orasi, yuqori tog‘li sovuq cho‘llarda uchraydi.
O‘simliklarning yorug‘likka bo‘lgan munosabatiga ko‘ra
ekologik guruhlari.
O‘simliklar yorug‘likka nisbatan makonda turli ekologik gu-
ruhlar hosil qiladi. Yorug‘likka nisbatan o‘simliklar 3 ta guruhga
bo‘linadi:
Remove Watermark
Wondershare
PDFelement
105
1) yorug‘likni sevuvchi o‘simliklar (yoki galiofitlar). Bu gu-
ruhga kiruvchi o‘simliklarning optimal hayot faoliyati to‘la quyosh
nuri tushadigan muhitda o‘sadi;
2) soyaga chidamli o‘simliklar. Bu guruh o‘simliklar yorug‘lik
omiliga nisbatan keng moslashgan bo‘lib, ular ochiq yorug‘lik ko‘p
joylarda yaxshi o‘sadi va rivojlanadi, lekin har xil soyali, turli
yorug‘lik rejimli joylarga moslashib o‘sa oladi;
3) soyani sevuvchi (soyali) o‘simliklar yoki siofitlar faqat
soyali joylarda o‘sadi. Ular ochiq, quyosh nuri ko‘p joylarda mutlaq
o‘smaydi. Soyani sevuvchi o‘simliklarning morfologik va fiziolo-
gik-biokimyoviy xususiyatlari ko‘p suv bilan ta’minlanishiga bog‘-
liqdir.
O‘simliklar haroratga moslashishi bo‘yicha quyidagi guruh-
larga bo‘linadi:
1) termofil ‒ issiqni sevuvchi megaterm o‘simliklardir. Bu gu-
ruhga yuqori haroratli joy hamda tropik, subtropikaning quruq qu-
yoshli yerlarga moslashgan o‘t o‘simliklar, butalar, daraxtlar kiradi;
2) kriofil o‘simliklar ‒ bu guruhga sovuqqa chidamliligi
mikroterm harorati past joylarga moslashgan o‘simliklar kiradi.
Ularning optimal hayot faoliyatlari past haroratda o‘tadi. Bunday
guruh o‘simliklariga tundraning lishayniklari, mohlari, doim yashil
nina bargli butalar, yuqori tog‘li osimliklar, qor va muz ustida
rivojlanayotgan ayrim suvo‘tlar kiradi;
3) mezoterm o‘simliklar guruhining vakillari harorat o‘rtacha
bo‘lgan yerlarga moslashgan. Haroratning chidamlilik nuqtasiga
qarab, mezoterm o‘simliklar sovuqqa chidamli va issiqqa chidamli
guruhlarga bo‘linadi.
Issiqlik yetishmasligi bo‘yicha o‘simliklar quyidagi ekologik
guruhlarga bo‘linadi:
1) sovuqqa chidamsiz o‘simliklar harorat pasayib ketgan
vaqtda zararlanadi yoki nobud bo‘ladi. Sovuqqa chidamsiz o‘sim-
liklar guruhiga tropik o‘rmonlar, ularning o‘simliklari, issiq dengiz
suvo‘tlari va ayrim zamburug‘lar kiradi;
2) muzlashga chidamsiz o‘simliklar mutlaq past haroratda ham
chidamsiz bo‘lib, ular to‘qimalarda muz hosil bo‘lishi bilan nobud
bo‘ladi;
Remove Watermark
Wondershare
PDFelement
106
3) muzlashga chidamli o‘simliklar iqlimning fasllar bo‘yicha
o‘zgarishiga moslashgan. Juda yuqori darajada sovuq bo‘lganda
o‘simliklar (daraxt, butalarning) yer ustki qismi muzlasa ham
ularning hayotchanligi saqlanib qoladi.
O‘simliklar yuqori darajadagi issiqlikka nisbatan quyidagi
ekologik guruhlarga bo‘linadi:
1) issiqlikka chidamsiz turlar. Bu guruhga harorat 30-40
0
C
darajada bo‘lganda zararlanadigan o‘simliklar kiradi, ayrimlari 45
0
C
darajada shikastlanadi (ular suvo‘tlar va suvga botib o‘suvchi
o‘simliklar, lishayniklar, semiz tanali o‘simliklardir);
2) issiqqa chidamli eukariot turlar. Bu guruhga quyosh nuri
yaxshi tushadigan, cho‘l, dasht, savanna, quruq tropik yerlarda
osadigan o‘simliklar kirib, ular 50-60
0
C darajada qishlashga chiday-
di. Qizilqum va Qoraqum sharoitida yoz faslida qumning yuzasi 65-
70
0
C gacha qiziydi;
3) issiqlikka bardoshli turg‘un, prokariot turlar. Bularga ayrim
termofil bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar kiradi, ular 80-85-93
0
C
darajali issiq buloqlarda normal o‘sadi.
Ekologik omillar orasida eng muhimi tuproq va havo namligi
(suv) hamda yorug‘likdir. Albatta, bunda harorat va tuproqdagi oziq
moddalar va boshqa omillar ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |