Ma’ruza №2 Mavzu: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va uning Buxoro filialidagi Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish


Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini



Download 350,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana20.04.2022
Hajmi350,52 Kb.
#565437
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 ma\'ruza

Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini 
innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 


Keyingi yillarda cheklangan suv zaxiralaridan samarali foydalanish, qishloq 
xo‘jaligi erlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni 
qayta foydalanishga kiritish, ekotizimlar biologik xilma-xilligini saqlab qolish, 
“yashil energetika” va agrotexnologiyalar kabi muhim yo‘nalishlarda ta’lim, ilmiy 
tadqiqot va ishlanmalar transferini samarali yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda. 
Bunday dolzarb global muammolarni echish uchun investitsiyalar va ilmiy 
tadqiqotlarni kengaytirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ilmiy 
salohiyatni yangi bosqichga ko‘tarish hamda ishlanmalarni amaliyotda qo‘llashga 
qodir bo‘lgan muhandislarni tayyorlash masalalari ustuvor ahamiyat kasb etadi. 
Respublikada innovatsion ta’lim va texnologiyalar transferini qo‘llab-
quvvatlash tizimini yaratish, ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash, oliy ta’lim 
muassasalari faoliyat yo‘nalishlarini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro 
nufuzini oshirish, samarali boshqaruv tizimini tashkil etish, shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son 
farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil 
ta’minlash maqsadida: 
1. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari 
instituti “Toshkent 
irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash 
muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti (keyingi o‘rinlarda – 
Universitet) deb qayta nomlansin. 
2. Quyidagilar Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: 
gidroenergetika, irrigatsiya tizimlarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlari 
qurilishi, kadastr va geoinformatika, “yashil iqtisodiyot”, “yashil energetika”, 
ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, raqamli 
texnologiyalar tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli muhandis kadrlarni tayyorlash; 
sug‘orish 
tizimlari 
samaradorligini 
oshirish, tejamkor 
sug‘orish 
texnologiyalarini yaratish, “raqamli qishloq xo‘jaligi” va geoaxborot tizimlari 
asosida erlarning meliorativ holatini baholashni yo‘lga qo‘yish hamda tuproq 
unumdorligini oshirishning takomillashgan usullarini ishlab chiqish; 
zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilg‘or 
texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga 
qaratilgan ilmiy-innovatsion 
tadqiqotlarni 
kengaytirish 
va 
ularning 
transferi bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish; 
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar 
natijadorligini oshirish, suv resurslarini hisobga olish va boshqarish tizimini 
takomillashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va foydalanishni 
raqamlashtirish borasida ilmiy echimlarni ishlab chiqish; 


ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini yaratish; 
etakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va 
ilmiy loyihalarni joriy etish, Universitet professor-o‘qituvchilarining malakasini 
oshirish, bitiruvchilarning respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida (ilmiy 
markazlarda) magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha tahsil olishlarini 
tashkil etish; 
o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy 
fikrlash va amaliy, jumladan, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga 
yo‘naltirish; 
o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, ta’lim va tadqiqotni 
uyg‘unlashtirish orqali iqtisodiyot tarmoqlari uchun eng ilg‘or innovatsion 
texnologiyalarni ishlab chiqish; 
tasarrufidagi 
ixtisoslashtirilgan 
ta’lim 
muassasalari 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. 
Belgilansinki, Universitet gidroenergetika, irrigatsiya, melioratsiya, qishloq 
xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar, suv tejovchi sug‘orish 
texnologiyalari, 
qayta 
tiklanuvchi 
energiya 
manbalari, 
geodeziya 
va 
geoinformatika, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishlarida kadrlar 
tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 
3. Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi 
(keyingi o‘rinlarda – Boshqaruv kengashi) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
Boshqaruv kengashiga (S.U.Umurzakov): 
a) quyidagi vazifalar yuklatilsin: 
Universitetning moliyaviy yil uchun mo‘ljallangan biznes-rejasini, uzoq va 
o‘rta 
muddatli 
strategik 
rivojlantirish 
dasturini, daromad va 
xarajatlar 
parametrlarini tasdiqlash hamda ularning ijrosini muhokama qilish; 
Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari 
bilan hamkorlikda ilmiy maktablarni rivojlantirish; 
qishloq va suv xo‘jaligi texnologiyalari yo‘nalishida ta’lim, ilmiy tadqiqot 
va ishlanmalar transferi jarayonlarini rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqot va 
innovatsion 
ishlanmalar 
bo‘yicha 
buyurtmachilar 
bilan 
manfaatli 
hamkorlikni o‘rnatish; 
ilmiy mahsulotlarni tijoratlashtirish, startap va akselerator faoliyatlarini yo‘lga 
qo‘yish; 
ta’lim va tadqiqot jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish, etakchi xorijiy oliy 
ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali aloqalarni o‘rnatish; 
b) quyidagi vakolatlar berilsin: 


iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat 
ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish, shuningdek, to‘lov-
kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini belgilash; 
o‘quv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq 
to‘lash miqdorlarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib belgilash; 
Universitet va uning tasarrufidagi ta’lim tashkilotlari tuzilmalarini tasdiqlash; 
Universitetning tashkiliy tuzilmasiga byudjetdan tashqari mablag‘lar 
hisobidan moliyalashtiriladigan yangi lavozim va tarkibiy bo‘linmalar hamda 
qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish. 
4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish 
vazirligining Universitetda Transformatsiya ofisini tashkil etish to‘g‘risidagi 
taklifiga rozilik berilsin. 
Transformatsiya ofisi quyidagilar uchun mas’ul etib belgilansin: 
Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini 
amalga oshirish hamda 2025 yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy 
ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish; 
Universitetni tanitish bo‘yicha milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, 
Internet tarmog‘i va boshqa vositalar orqali targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va 
reklama qilish; 
Universitetdagi turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni 
tayyorlashda qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va o‘quv jarayonlari, 
kutubxona va hujjatlar aylanmasini raqamlashtiruvchi “Raqamli Universitet” 
platformasiga to‘liq o‘tishini ta’minlash. 
Belgilansinki, Transformatsiya ofisi rahbari lavozimi, mehnatga haq to‘lash 
shartlari va miqdorlari bo‘yicha Universitet prorektoriga tenglashtiriladi. 
5. Universitetga 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab quyidagi vakolatlar 
berilsin: 
a) akademik mustaqillik sohasida: 
o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, malaka talablarini kasbiy standartlar 
asosida tasdiqlash, ta’lim tilini hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari 
xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim olish shaklini belgilash; 
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va ularning tarkibini 
tasdiqlash; 
tegishli ixtisosliklarda ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish hamda 
respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan ilmiy unvon va 
ilmiy 
darajalarni 
tan 
olish, 
shuningdek, 
doktorant 
va 
mustaqil 
izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash; 
ta’lim 
yo‘nalishlari 
va 
mutaxassisliklar 
uchun ta’lim davomiyligi 
muddatlarini belgilash; 


doktoranturada to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatini belgilash, byudjetdan 
tashqari mablag‘lar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida 
kvotaga qo‘shimcha ravishda talabgorlarni qabul qilish; 
magistratura bosqichida ta’limning sirtqi, masofaviy va kechki shakllarini 
joriy etish, shuningdek, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘sh 
malakalar hamda kasbiy malakalar berish tizimini joriy qilish; 
o‘zaro kelishuvlar asosida oliy ta’lim muassasalari bilan ichki akademik 
mobillikni amalga oshirish; 
Universitet va uning tasarrufidagi ta’lim muassasalari uchun o‘z grifi 
asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr 
etish; 
ta’lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish
b) tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida: 
faoliyatining asosiy yo‘nalishi ta’lim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish 
hamda tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tarkibiy tuzilmalar, tijorat va notijorat 
tashkilotlarni tashkil etish; 
pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki 
rotatsiyasiga oid tartibni belgilash; 
xorijiy davlat fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish 
va masofaviy ta’lim olish shaklida o‘qitishni tashkil etish. 
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan vakolatlar Universitet 
tomonidan mustaqil ravishda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining 
Universitetni 2022 yil 1 yanvardan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga 
o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 
Bunda, Universitetga o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy 
ta’lim muassasalari uchun berilgan barcha vakolat va huquqlar tatbiq etiladi. 
7. Quyidagilar: 
2025 yilga qadar “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini 
mexanizatsiyalash 
muhandislari 
instituti” 
milliy 
tadqiqot 
universitetini transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturi 2-ilovaga 
muvofiq; 
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari 
instituti” milliy tadqiqot universitetining xalqaro nufuzini oshirish bo‘yicha 
maqsadli ko‘rsatkichlar 3-ilovaga muvofiq; 
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari 
instituti” milliy tadqiqot universiteti mutaxassislik kafedralarini ilmiy-tadqiqot 


muassasalari, tarmoq korxonalari, tashkilotlari va muassasalarga biriktirish 
jadvali 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish 
vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin: 
Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga ega Fundamental va amaliy 
tadqiqotlar institutini tashkil etish; 
Universitetning Buxoro filiali negizida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish 
institutini tashkil etish; 
Universitetning 
Qarshi 
filiali 
negizida Qarshi 
irrigatsiya va 
agrotexnologiyalar institutini tashkil etish. 
9. Belgilansinki: 
Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining joriy faoliyati, bino va 
inshootlardan foydalanish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash (ilmiy xodimlardan 
tashqari) bo‘yicha xarajatlarini moliyalashtirish Davlat byudjeti mablag‘lari 
hisobidan amalga oshiriladi; 
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hamda Qarshi irrigatsiya va 
agrotexnologiyalar instituti Universitet huzurida faoliyat yuritadi; 
Universitetning Buxoro va Qarshi filiallari talabalari tahsil olayotgan 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishni 
mos ravishda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hamda Qarshi 
irrigatsiya 
va agrotexnologiyalar institutida davom ettiradi; 
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hamda Qarshi irrigatsiya va 
agrotexnologiyalar instituti taalluqliligi bo‘yicha Universitetning Buxoro va Qarshi 
filiallarining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi 
hamda filiallarning mol-mulki va boshqa asosiy vositalari tegishli ravishda yangi 
tashkil etilayotgan institutlarga o‘tkaziladi. 
10. Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq 
tasdiqlansin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: 
mintaqada mavjud suv resurslarini inobatga olgan holda hududlar 
kesimida suvdan foydalanish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan 
tadqiqotlar o‘tkazish; 
geoaxborot texnologiyalari asosida erlarning meliorativ holatini baholash 
tizimini yo‘lga qo‘yish, tuproq unumdorligini oshirishning yangi usullarini 
yaratish; 
sun’iy intellekt va “aqlli texnologiyalar” bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib 
borish, mahalliy tuproq, ekin va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlariga 
moslashtirilgan agrotexnologiyalar yaratish; 


o‘simliklar va ularning yashash muhitini, o‘simliklar tarkibidagi ozuqa 
moddalarining optimal darajasini, tuproqning makro va mikro elementlarini fizik-
kimyoviy tahlil usullari asosida tadqiq etish; 
“yashil 
iqtisodiyot”, 
qayta 
tiklanuvchi 
energiya 
manbalari 
hamda resurstejamkor 
texnologiyalar bo‘yicha tadqiqotlarni rivojlantirish va 
ishlanmalarni yaratish; 
elektronika, mexatronika va robototexnika yo‘nalishidagi amaliy tadqiqotlarni 
rivojlantirish, kosmik apparatlar ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilish; 
fizika 
yo‘nalishlari 
bo‘yicha 
fundamental 
muammolarni 
o‘rganish, eksperimental ma’lumotlarni qayta ishlashning yangi modellari va 
usullarini ishlab chiqish. 
11. Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti Toshkent shahar Mirzo 
Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, “A” binoga joylashtirilsin. 
Belgilansinki, Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti binosini joriy 
ta’mirlash, unga tutash hududni obodonlashtirish, xizmat xonalarini mebel, 
kompyuter, tashkiliy texnika va inventar bilan jihozlash Vazirlar Mahkamasining 
zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Suv xo‘jaligi vazirligini ma’muriy bino 
bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 
12. Universitet faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin va uning 
moliyaviy manbalari etib quyidagilar belgilansin: 
irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish 
loyihalarini tuziladigan shartnomalar asosida ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash 
uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning 5 foizigacha bo‘lgan qismi; 
iqtisodiyot tarmoqlarida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya 
tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha o‘zaro kelishuv 
asosida ta’lim, kadrlar tayyorlash, tadqiqot va texnologiyalar transferini 
rivojlantirish komponentlari mablag‘lari; 
xorijiy investorlar bilan investitsiya kelishuvlarida nazarda tutilgan ilmiy 
tadqiqotlar, kadrlar tayyorlash va loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladigan 
mablag‘lar; 
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, qishloq, suv xo‘jaligi va boshqa 
yo‘nalishlarda jalb etiladigan donor tashkilotlarning grant mablag‘lari; 
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonunchilik 
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
Boshqaruv kengashiga Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va foydalanish 
tartibini belgilash vakolati berilsin. 
13. Boshqaruv kengashi (S.U.Umurzakov): 
a) ikki oy muddatda: 


Boshqaruv kengashi faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; 
Transformatsiya ofisi rahbari lavozimiga etakchi xorijiy oliy ta’lim 
muassasalarida rahbarlik ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassisni jalb etsin; 
Universitet 
kafedralarining 
ilmiy 
faoliyatini 
soha 
va 
tarmoqlar 
muammolarining 
echimiga 
yo‘naltirish 
maqsadida 
zamonaviy 
ta’lim 
yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, ularni qaytadan tashkil etsin; 
Universitetning ixtisoslashgan fakultet va kafedralarining mos yo‘nalishlari 
bo‘yicha yirik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘ysin; 
Universitet rahbariyati, kafedralari va tarkibiy bo‘linmalari faoliyati 
samaradorligini baholash mezonlarini hamda yuqori natijadorlikka erishganlarni 
rag‘batlantirib borish tizimini joriy qilsin; 
b) Universitetni xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari 
reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha maqsadli parametrlarga 
erishilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin; 
v) o‘quv jarayoniga xorijiy professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida jalb qilish 
hamda Universitet professor-o‘qituvchilarining malakasini xorijiy oliy ta’lim va 
ilmiy-tadqiqot muassasalarida oshirish choralarini ko‘rsin; 
g) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab suv xo‘jaligi ob’ektlari qurilishi, 
gidroenergetika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va geoinformatika kabi 
yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy davlatlarning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlikda 
qo‘shma ta’lim dasturlarini hamda keng ko‘lamli fundamental, amaliy va 
innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish chorasini ko‘rsin; 
d) 2023/2024 o‘quv yiliga qadar Universitet huzurida yangi sinov 
laboratoriyasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi texnoparkini tashkil etsin va ularning 
samarali faoliyat yuritishini ta’minlasin. 
14. Quyidagilar: 
2022-2023 yillarda Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti ilmiy 
laboratoriyalari moddiy-texnika bazasini yaratish dasturi 6-ilovaga muvofiq; 
2022-2024 
yillarda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini 
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida amalga 
oshiriladigan qurilish hamda o‘quv-laboratoriyalar moddiy-texnika bazasini 
modernizatsiya qilish dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
15. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki 
oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy 
javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari 
S.U.Umurzakov belgilansin. 


Prezident qaroriga muvofiq Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga ega 
Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutini, Universitetning Buxoro filiali 
negizida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutini, Universitetning Qarshi 
filiali negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutini tashkil etildi.

Download 350,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish