Shu bilan birgalikda 70 ta patent va mualliflik guvohnomalari, 33 ta darslik,
70 ta o‘quv qo‘llanmalar, 57 ta o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, 60 ta monografiyalar
chop etildi.
Xalqaro hamkorlik. TIQXMMI Buxoro filialida Qishloq va suv xo‘jaligi
vazirligining 2017 yil 7 avgustdagi 220-sonli buyrug‘iga asosan Xalqaro aloqalar
bo‘limi tashkil etildi. Qisqa davr mobaynida filial dunyoning 10 dan ortiq
rivojlangan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan
hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Bir qator nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari
bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Hozirda
koreys tiliga yoshlarning
qiziqishi katta bo‘lganligi sababli Janubiy Koreyaning Koika markazi ham filialda
faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek O‘zaro hamkorlik shartnomalariga asosan 2019
yilda filialga Rossiya federatsiyasining I.I.Ivanov nomidagi Kursk davlat qishloq
xo‘jaligi akademiyasidan professor-o‘qituvchilar va talabalarining tashrifi amalga
oshirildi. Rossiyaning Kurs davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasining taklifiga
binoan 2019 yilning 19 may sanasida filialning professor-o‘qituvchilari, magistr va
talabalar tashrifi amalga oshirildi. Bundab tashqari dunyoning nufuzli oliy ta’lim
muassasalariga filial professor-o‘qituvchilari hamda chet el oliy ta’lim
muassasalarining professor-o‘qituvchilari tashrifi kundan kunga rivojlanmoqda.
Hozirgi kunda filialdagi 400 o‘rinli
madaniyat saroyi, 1 ta yopiq sport
majmuasi, 3 ta ilmiy loboratoriya, 1 ta o‘quv ilmiy markaz, yangidan qad rostlagan
texnopark, axborot resurs markazi, axborot texnologiyalari markazi,
labaratoriya
majmuasi, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti ma’naviy – ma’rifiy ishlarning
samaradorligi va bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat
qilmoqda. Dars jarayonlarini bevosita kuzatib borish maqsadida filialning barcha
o‘quv xonalarida videokuzatuv tizimlari yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv
xonalariga
zamonaviy videopraektorlar o‘rnatilgan bo‘lib, dars mashg‘ulotlarining
samaradorligini oshirishga erishilmoqda.
Fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorliklar
yo‘lga qo‘yilgan, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar mavjudligi,
tarkibida ko‘p yillik tajribaga ega ilm maktabining mavjudligi,
xalqimizning har
tamonlama yuksalishiga, respublikamizning qishloq va suv xo‘jaligi
tarmoqlarining rivojlanishiga 10 yildan buyon hissa qo‘shib kelayotgan Toshkent
irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro
filiali istiqboli ham yuksak ekanligidan dalolat beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 dekabrdagi «Iqtisodiyot
tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va
raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ
42 sonli qarori qabul qilindi. Qaror quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: