2.2. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari boyicha tashkilotlar
faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-chaqiriq Oliy Majlis
VIII sessiyasidagi nutqida davlatning barqarorligida tartib, qonunchilik va
uyg’unlikni ta’minlash katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlagan edi
2
.
Bu borada esa davlat organlari va huquqni muhofaza qilush organlari bilan
birga inson huquqlarini himoya qiluvchi demokratik institutlarning ham o’ziga xos
o’rni bor.
Ma’lumki, BMT ning inson huquqlariga bag’ishlangan ikkinchi umumjahon
anjumanining tavsiyalariga ko’ra, jahondagi barcha davlatlarga inson huquqlari
boyicha demokratik institutlar tizimini yaratish tavsiya etildi.
Kеyingi yillarda jahondagi ko`plab ilg`or mamlakatlar kabi mamlakatimizda
ham inson huquqlari masalalari bilan shug`ullanuvchi milliy institutlar tashkil
topdi. Turli mamlakatlarda inson huquqlari boyicha milliy institutlarning
1
Рузиев З.Р. Инсон ҳуқуқларини ҳимоялшда фуқаролар ўзини ўзи бошқариш ўганларининг ўрни (назарий ва
ҳуқуқий масалалар). Юридик фанлар номз...дисc. –Т., 2012. -78-б.
2
Саттаров А.Х. инсон ҳуқуқлари назарияси ва ички ишлар органлари фаолиятида инсон ҳуқуқларини ҳимоя
қилишнинг долзарб муаммолари. Юридик фанлари докт...дисс. –Т., 2003. -82-б.
35
nomlanishi, huquqiy tizimlarda faoliyat yuritishi xilma-xilligini hisobga olib,
mazkur institutlarning quyidagi asosiy modellarini ajratib ko’rsatish mumkin:
• inson huquqlari boyicha komissiya (Gretsiya, Hindiston, Indoneziya,
Qozog'iston, Koreya Respublikasi, Meksika, Mongoliya Tailand, Kamerun,
Nigeriya, Uganda, JAR va boshqalar);
• inson huquqlari boyicha maslahat komissiyasi (kengoshi) (Fransiya,
Marokash, Rossiya, Lyuksemburg va boshqalar);
• kamsitishlarga qarshi kurash komissiyasi (Avstraliya, Yangi Zelandiya,
Kanada);
• inson huquqlari boyicha institut (markaz) (Germaniya, Daniya, Norvegiya,
Iordaniya, O’zbekiston);
• ombudsman, inson huquqlari boyicha vakil, xalq himoyachisi, mediator,
parlament kamissari, parlament advakati singari nomlar (Avstriya, Argentina,
Ozarbayjon, Belgiya, Gruziya, Ispaniya, Polsha, Moldova, Peru, Sloveniya,
Ukraina, O’zbekiston, Shvetsiya va boshqalar) bilan ham yuritiladi
1
.
Inson huquqlari bo`yicha Oliy Majlis Vakili (Ombudsman), Inson huquqlari
Milliy Markazi va O`zbеkiston Rеspublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun
hujjatlari Monitoringi instituti shular jumlasidandir. Ularni barchasining vazifasi
inson huquq va erkinliklarini himoyalashga qaratilgan. Bu institutlarning tashkil
topishida Prеzidеnt I.A.Karimovning xizmatlari kattadir.
O’zbekiston Respublikasi Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy
markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari
monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va boshqa bir
qator tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan institutlar
inson huquqlari boyicha xalqaro andozalar va ilg’or horijiy tajriba asosida tashkil
etilgan bo’lib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.shunday ekan ularning
huquqiy maqomi va faoliyatiga to’xtalish maqsadga muvofiq bo’lsa kerak.
Inson huquqlari bo`yicha milliy institutlar faoliyatining eng muhim
tomonlaridan yana biri, institut eshiklarining murojaat qilayotgan har bir shaxs
1
Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – Т.: Baktria Press. 2012. -159-б.
36
uchun doimo ochiq bo`lishidir. Bunday institutlar xalqqa davlat idoralaridan ham
yaqinroq bo`lishi, odamlarning imkoniyatlari, arizalarini sinchiklab o`rganishi va
eng muhimi ularga yordam bеrishi lozim.
Avvalo, O`zbеkiston Rеspublikasidagi barcha inson huquqlarini himoya
qiluvchi milliy institularning maqsadlari - bu qonunchilikni asosan inson huquqlari
bo`yicha rivojlantirish va takomillashtirish, uni umuminsoniy hamda xalqaro
mе'yorlarga yaqinlashtirishdan iboratdir.
I.A.Karimovning
birinchi
chaqiriq
O’zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining 1995-yil 23-fevralda bo’lgan birinchi majlisida qilgan ma'ruzasida,
Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari masalasi bilan shug’ullanuvchi (hozirgi
kunda amaliy faoliyat olib borayotgan) institut tashkil etishning zarurligi va
ahamiyatini xalq deputatlari e'tiboriga havola qilgan edi: “Parlamentimiz Oliy
Majlisning inson huquqlari va erkinligini himoya qilish, uni amalga oshirish, unga
kafolat berish borasidagi ta'siri hususida so’z yuritar ekanmiz, qator demokratik
mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari
masalasi bilan shug’ullanuvchi vakillik tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo’lar
edi, deb oylayman. Bu oliy qonunchilik organimiz maqomiga mos keladi, muhimi,
u jamiyatimizda inson huquqlari muammosini hal etishni sifatini yangi jihatdan
darajaga ko’tarishga xizmat qiladi”
1
.
Parlament huzuridagi Inson huquqlari boyicha vakil instituti O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Oliy Majlisning birinchi sessiyasida
tashkil etildi. Uning inson huquqlari borasidagi vazifalarni namunali amalga
oshirishiga ko’maklashish uchun, 1995-yil 6-mayda, Oliy Majlis qaroriga binoan
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi
komissiyasi tashkil etildi. Vakil va Komissiya faoliyati mamlakat parlamentining
1995- yil 29- avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Oliy Majlisning Inson huquqlari
boyicha vakili to’g’risidagi nizom bilan tartibga solinadigan bo’ldi.
1
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиёсий- ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари.- Т.:
Ўзбекистон, 1995. – 24-б.
37
Inson huquqlari boyicha vakil (ombudsman) haqidagi qonun loyihasi umum
xalq muhokamasi uchun «Xalq so’zi» va «Народное слово» gazetalarida 1997-yil
14-fevralda e’lon qilindi. 1997-yil 24-aprelida esa O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi sakkizinchi sessiyada «Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili
(ombudsman) to’g’risida»gi qonun qabul qildi. O’zbekistonda parlament
islohotlari o’tkazilib, bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o’tilgach,
ushbu qonun 2004-yil 27-avgustda yangi tahriri qabul qilindi. Bu yangi qonun 22
moddadan iborat
1
, yangi tahrirdagi qonunning har bir qoidasi inson huquqlari
himoyasi uchun xizmat qiladi.
Qonunda Inson huquqlari boyicha vakilning huquqiy holati, faoliyat sohasi va
prinsiplari, shuningdek lavozimga saylanish va ishdan bo’shatilish tartibi,
fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko’rib chiqishdagi vakolatlari hamda
fuqarolarning
huquqlari
va erkinliklarini
himoyalashdagi
huquqlari
va
majburiyatlari belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili
(ombudsman)
2
faoliyat olib borishda uning faoliyatini tartibga soluvchi
qonungagina emas, balki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga ham asoslanadi.
Bunday hujjatlar qatoriga Ombudsman Kotibiyati faoliyati to’g’risidagi nizom,
Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boyicha Vakil huzuridagi komissiya
reglamenti kabilar kiradi, ularda Vakil faoliyatining barcha yo’nalishlarini batafsil
belgilab berilgan.
Vakil o’z vazifalarini bajarishda, shuningdek «Fuqarolarning murojaatlari
to’g’risida»gi, «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan harakatlar va
qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi
qonunlari, mamlakatimiz boshqa qonun hujjatlari hamda inson huquqlari boyicha
xalqaro konvensiyalarga amal qiladi
3
.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilini
saylash tartibi O’zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi “O’z bekiston
1
Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. –Т.: Адолат, 2013. – 465-б.
2
Keyingi o’rinlarda vakil deb yuritiladi.
3
Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press, 2012. -159-б.
38
Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Reglamenti to’g’risida”gi
qonunining 23-moddasida hamda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatining Reglamenti to’g’risida» gi qonunning 19-moddasida belgilangan
1
.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha
vakilining nomzodi Qonunchilik palatasida ko’rib chiqish uchun O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
Qonunchilik palatasining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson
huquqlari boyicha vakilini saylash masalasi yuzasidan qarori Senatga yuboriladi.
Ana shu qaror kelib tushganidan keyin Senat o’z majlisida O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilini saylash haqidagi
masalani ko’rib chiqadi, uning mazkur masala hususidagi qarori qonunchilik
palatasiga yuboriladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari
boyicha vakili nomzodi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
majlislarida ko’rib chiqilganidan keyin ushbu masala yuzasidan qabul qilingan
uzil-kesil qaror qonunda belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi
Prezidentiga yuboriladi
2
.
Parlament huzuridagi Inson huquqlari boyicha vakil (ombudsman) instituti
Respublika Prezidenti tashabbusi bilan Oliy Majlisning birinchi sessiyasida tashkil
etildi
3
. Milliy institutlar o`zlarining mustahkam ishlangan huquqiy asoslariga ega
bo`lishlari kеrak. Yuridik mе'yor va ularning nizomlarida inson huquqlari bo`yicha
milliy institutlarning faoliyatiga tеgishli huquq va burchlar aniq bеlgilab qo`yilgan
bo`lishi kеrak. Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, ular jismoniy va yuridik
shaxslarning arizalarini qabul qilish va shu arizalar asosida tushuntirish ishlarini
olib borish huquqlaridan foydalanadilar.
Bu qabul qilingan qonunda Inson huquqlari boyicha vakilning huquqiy holati,
faoliyat sohasi va prinsplari, shuningdek lavozimga saylanish va ishdan
bo’shatilish tartibi, fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko’rib chiqishdagi
1
Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press. 2012. -159-б.
2
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси қонунчилик палатасин Регламенти тўғрисида”ги қонун. 23-
модда. 2003.
3
O’sha manba. 157-b.
39
vakolatlari hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoyalashdagi
huquqlari va majburiyatlari belgilab berildi.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman)ning faoliyati
quyidagi to`rt asosiy yo`nalishdan iborat:
Birinchidan, Vakil zimmasiga tarbiyaviy va ma'rifiy funksiyalar yuklatilgan:
u inson huquqlari bo`yicha boshqa milliy tizimlar qatori inson huquqlarini himoya
qilish va ularga rioya etish zaruriyatini yalpi tan oldirish va tushuntirishga kеng
ko`lamda ko`maklashadi, jamiyatga O`zbеkiston qonunlari va xalqaro huquq
normalarida mustahkamlab qo`yilgan inson huquqlari kafolatlari va burchlari
haqida atroflicha axborot bеradi;
Ikkinchidan, Vakil fuqarolar huquqlarining bеg`araz va insonparvar
himoyachisidir: u inson huquqlari buzilganligi to`g`risidagi shikoyatlarni ko`rib
chiqadi va tеkshiradi, ayrim tashkilotlar va mansabdor shaxslar yo`l qo`ygan
xatoliklarni tutatish yuzasidan tadbirlar tavsiya qiladi, fuqarolar huquqlari
tiklanishiga yordamlashib, inson huquqlarining jiddiy buzilishiga sababchi
shaxslarni qonunga binoan javobgarlikka tortish to`g`risida tavsiya qilishga ham
haqlidir.
Uchinchidan, Vakil faoliyati chuqur analitik ish bilan bog`liq: u mamlakatda
inson huquqlariga qanday rioya qilinayotganini o`rganishi va tahlil etishi, inson
huquqlari buzilishini kеltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashi, O`zbеkiston huquq
normalarining shu sohadagi xalqaro shartnomalariga qanchalar muvofiqligini
tеkshrishi, inson huquqlariga amal qilishni ta'minlaydigan dasturlar ishlab chiqishi
va boshqa tashkilotlar tayyorlagan analitik dasturlarning hayotga tadbiq etilishida
ishtirok etishi lozim.
Vakil faoliyatining to`rtinchi yo`nalishi inson huquqlari sohasidagi xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish, inson huquqlarini ta'minlash borasida mavjud chеt el
tajribasini o`rganish va shu bilan birga, jahon jamoatchiligini rеspublikamizdagi
inson huquqlarini ta'minlash va himoyalash ahvolidan xabardor qilib turishdir.
1
1
Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – Т.: Baktria Press, 2012. -160-б.
40
Shunday qilib, Vakil faoliyatining aytib o’tilgan to’rt asosiy yo’nalishi
O’zbekistonda inson huquqlari umumiy holatining yaxshilanishiga, inson va uning
huquqlari jamoatchilik tomonidan hurmat qilinishiga hissa qo’shadi, zero
mamlakatning muvaffaqiyatli demokratik taraqqiyotiga, siyosat, iqtisod, ekologiya
va madaniyat sohasidagi ravnaqiga jahon sivilizatsiyasi tomonidan tan olingan
inson huquqlari tantanasisiz erishib bo’lmaydi. Jamiyatgda inson huquqlariga rioya
qilish va ularni himoyalash muammosi qanchalik samarali hal etilsa,
demokratiyaga va fuqarolik jamiyati shakllanishiga shunchalik yaqinlashildi.
“Biz uchun, — deb yozadi Prezident Islom Karimov, — fuqarolik jamiyati —
ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol
toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning
huquq va erkinliklari to’la darajada royobga chiqishiga ko’maklashadi. Ayni
vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo’l qoyilmaydi.
Ya'ni erkinlik va qonunga boysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi, bir-birini
to’ldiradi va bir-birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari
inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha
odamlar qonunlarga so’zsiz rioya qilishlari shart”
1
.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman) o’z faoliyati
davomida jamiyat va fuqarolar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ana shu asosiy
prinsiplarini taraqqiy ettirish, ularning hayotga tatbiq etilishi uchun xizmat qiladi.
Ombudsman har yili o’zining faoliyati boyicha yillik hisobotini e'lon qiladi.
Ushbu hisobotda uning o’z faoliyati yo’nalishlarida olib borgan ishlari to’g’risida
batafsil ma'lumotlar beriladi. Fuqarolarning shikoyatlari bilan ishlash ombudsman
institutining asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Fuqarolarning turli davlat organlariga
murojaat qilishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda
Ombudsmanga yo’llayotgan shikoyatlari yildan-yilga ko’payib bormoqda. 2009-
yilda, masalan, Inson huquqlari boyicha vakiliga 10409 ta murojaat kelib tushdi,
1
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХИ асрга бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва
тараққиёт кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. -173-б.
41
shundan Ombudsmanning bosh ofisiga 7394 ta, mintaqaviy vakillarga 1294ta
shikoyat va arizalar kelib tushgan
1
.
Inson huquqlariga oid qonun hujjatlarini buzish hollarini aniqlash va fuqarolar
murojaatlarini xal qilish maqsadida Inson huquqlari boyicha vakil O’zbekiston
Respublikasining vakolatli davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning
o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Vakil
qonunga muvofiq, mansabdor shaxs yoki tashkilotdan fuqarolarning murojaatini
ko’rib chiqish yuzasidan kerakli axborotlarni so’rab olish huquqiga ega. 2009-
yilda, masalan Ombudsman tomonidan davlat organlariga 204 ta so’rov jo’natilib,
kerakli hujjatlarni taqdim qilish, so’ralganidan tashqari inson huquqlari buzilgan
holatlarda huquq buzilishini bartaraf etishga doir takliflar ham bildirildi.
O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari boyicha hozirgi kunda faol ish
olib borayotgan milliy institutlardan biri bu - Inson huquqlari boyicha O’zbekiston
Respublikasi Milliy markazidir. Davlat idoralararo tahlil, tushuntirish va
muvofiqlashtirish organi bo’lmish Inson huquqlari boyicha O’zbekiston
Respublikasi Milliy markazi inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari
faoliyatini muvofiqlashtirib bordi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini
ishlab chiqadi, O’zbekistonda inson huquqlari himoyasi boyicha milliy ma'ruzalar
tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida
axborot bazasini yaratadi, ularni o’qitadi, maslahatlar beradi va tashviqot ishlarini
olib boradi.
Markazning asosiy maqsadi ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo’li
bilan Inson huquqlari sohasidagi milliy faoliyat dasturini — huquq va erkinliklarni
himoya etishning ko’p qirrali tizimini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish bilan
bog’liq quyidagi vazifalarni amalga oshirishdan iborat:
1)
inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;
2)
huquqiy yordam ko’rsatish va inson huquqlarini sud yo’li bilan
himoya qilish;
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Инсон ҳуқуқлари бўйича вакилининг (омбудсманнинг) 2009-
йилдаги фаолияти тўғрисида ҳисобот. – Т., 2010. - 22-23-б.
42
3)
inson huquqlarini suddan tashqari himoya qilish tizimini yaratish;
4)
quyidagilar: aholining ijtimoiy kam ta'minlangan qatlamlari, ekologik
ofat mintaqalarida yashovchi aholi, dindorlar, turli din vakillari, ozodlikdan
mahrum etilgan shahslar va harbiy hizmatchilar huquqini himoya qilish
strategiyasini ishlab chiqish;
5)
huquqni himoya etish boyicha nohukumat tashkilotlari faoliyatlarining
samarali shakllarini rivojlantirish;
6)
inson huquqlariga rioya qilish kafolati sifatida axborot olish erkinlgini
ta'minlash;
7)
inson huquqlari sohasidagi ta'limning ko’p maqsadli tizimini —
alohida ixtisoslashgan kurslardan ommaviy ma'lumot berib tanishtirish yo’nag'
lishidagi dasturlarigacha bo’lgan tizimni tashkil etish;
8)
ijro hokimiyati doirasidagi vazirliklar, qo’mitalar, idoralar va
muassasalarning inson huquqlari sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
9)
xalqaro hamjamiyatga O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va
erkinliklari tizimini rivojlantirish asosida kirish yo’llarini shakllantirish.
Markaz faoliyat dasturining g’oyaviy asosi — Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasida
bayon
etilgan
huquqiy
madaniyatni
rivojlantirishning
umumbashariy prinsiplaridir
1
.
Markazning qo’shimcha tarkibiy bo’linmalari «Kichik ilmiy jamoa»
shaklidagi aniq masalalarni hal qilish uchun tuzilgan muvaqqat ijodiy guruhlardan
iborat. «Kichik ilmiy jamoa»ni yaratishning birinchi bosqichida Markaz: axborot-
tahliliy ma'lumotlar bilan ta'minlovchi guruh (axborotni yig’ish va qayta
ishlashning o’ziga hos dasturini ishlab chiqish); jamiyatdagi huquqiy islohotlarni
ijtimoiy-iqtisodiy tahlil guruhi (inson huquqlarini rivojlantirishni iqtisodiy
rag’batlantirish modelini yaratish); inson huquqlari sohasida ko’p maqsadli ta'lim
tizimini tashkil etish guruhi (BMT Taraqqiyot Dasturi faoliyati doirasida) tashkil
etadi. Markazning xalqaro hamkorlik imkoniyatlari. Xususan xalqaro aloqalar
vositalari orqali ma'lumotlar almashish; hamkorlikda nashrlar — monografiyalar,
1
Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. - Т.: Адолат, 2013.-477-б.
43
o’quv qo’llanmalari, maqolalar to’plami tayyorlash va chop etish; seminar,
konferensiya, simpoziumlar o’tkazish; teleko’rsatuvlar tayyorlash, o’quv va ilmiy-
ommabop filmlar yaratish; tezkor kspeditsiyalar, joylarga borib mamlakatning turli
yerlarida tadqiqotlar o’tkazish singari ishlar orqali namoyon bo’ladi. Markaz o’z
faoliyatini amalga oshirishda BMT, EXHT, YuNISEF, YUNESKO kabi qator
xalqaro tashkilotlar, AQSh, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi
davlatlarning elchixonalari, qator xalqaro nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik
qilmoqda. Bundan tashqari, Milliy markaz oliy o’quv yurtlarida inson huquqlari
boyicha darslar va seminarlar o’tkazilishini ma'ruzalar o’qilishini amalga
oshirmoqda
1
.
Markaz vazifalaridan biri fuqarolarga maslahat yordamini ko’rsatish
hisoblanadi. 2010- yili Markazga 1547 nafar fuqaro, ijtimoiy sohadagi huquqlari
buzilganligi munosabati bilan sudlov va huquqni muqofaza qilish organlari
xodimlarinnig qarorlari va harakatatlaridan noroziliklari to’g’risida, uy-joy
kommunal masalalari va shu kabi boshqa masalalar boyicha murojaat qilishgan
2
.
O’zbekiston qo’shilgan xalqaro hujjatlardagi normalarning bajarilishi
to’g’risida Milliy ma'ruzalarni tayyorlash Markaz faoliyatida alohida o’rin tutadi.
BMTning shartnomaviy organlariga o’tgan davr mobaynida inson huquqlari
boyicha 6 ta asosiy hujjatlarning qoidalari bajarilishi yuzasidan 30 dan ortiq milliy
ma'ruzalar taqdim etildi (milliy ma'ruzaning BMTning tegishli qo’mitasida ko’rib
chiqilishiga uchun o’rtacha 2-3 yil vaqt ketadi) Markaz vakillari BMTning Inson
huquqlari boyicha kengashi va shartnomaviy qo’mitalari majlislarida O’zbekiston
ma'ruzalarining ko’rib chiqilish jarayonida bevosita ishtirok etishdi.
Undan tashqari, Markaz BMT shartnomaviy organlari tavsiyalarining
bajarilishini muvofiqlashtiradi ham. Masalan, ushbu qo’mitalarning tavsiyalarini
bajarish maqsadida Milliy markaz tomonidan «Bola huquqlari kafolatlari
to’g’risida»gi,
«Nodavlat
notijorat
tashkilotlari
faoliyatining
kafolatlari
to’g’risida»gi, «Teng huquqlar va imkoniyatlar to’g’risida»gi, «Bola huquqlari
1
Саидов А. X., Бакаева Ф. X., Тиллабаев М. А. Национальнмй центр Республики Узбекистан по правам
человека в 2010 году. — Т.: НЦПЧ, 2011.
2
Национальньш центр по правам человека в 2010
году
//Демократизация и права человека. 2011, №1.
44
boyicha vakil (Bolalar ombudsmani) to’g’risida»gi, Halqaro mehnat tashkilotining
bola huquqlariga oid konvensiyalarini ratifikatsiya qilish to’g' risidagi qonun
loyihalari ishlab chiqilgan. Milliy markaz BMTning Inson huquqlari qo’mitasi
tomonidan tavsiya qilingan muvaqqat choralarga davlat organlarining e'tibori
amaliyotini o’rganib, shu asosda milliy qonunchilikka o’zgartishlar va
qo’shimchalar kiritish to’g’risida qonun loyihasi tayyorladi
1
.
Markaz tomonidan nashr qilinayotgan «Demokratlashtirish va inson
huquqlari» jurnalining ishi davlatimiz raqbarining «O’zbekiston Respublikasida
yuridik jurnallar tizimini
yanada rivojlantirish boyicha chora-tadbirlar
to’g’risida»gi 2005- yil 18-oktabrdagi qaroriga muvofiq yanada faollashganligini
alohida qayd etib o’tish mumkin. Milliy markaz «Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari»
jurnaliga ham muassislik qilmoqda; huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida
inson huquqlari masalalari boyicha 300 nomda kitoblar, darsliklar, qo’llanmalar,
to’plamlar, uslubiy qo’llanmalar chop etdi, shu jumladan, Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasini 500 ming nusxada nashr qildi, inson huquqlari
boyicha 120 ta xalqaro shartnoma matnini o’z ichiga olgan 10 ta to’plam chiqardi
2
.
O’zbekistondagi inson huquqlari boyicha milliy institutlar faoliyatining
muhim yo’nalishlaridan biri inson huquqlari va erkinliklari masalalari boyicha
huquqiy ma'rifiy ishlar bo’lib, ular: inson huquqlari boyicha tadbirlar tashkil etish
va ularda ishtirok etish; sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari hodimlari,
nodavlat tashkilotlari vakillarini inson huquqlari boyicha o’qitish; inson huquqlari
va erkinliklari masalalari boyicha bosma mahsulotlari chop etish; inson
huquqlariga rioya qilishva himoya qilishning dolzarb masalalari boyicha OAVda
chiqishlar qilish singari shakllarda amalga oshiriladi.
Inson huquqlarini ta'minlash masalalarini hal etishga milliy institutlar ham
faol jalb etilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman) va
Inson huquqlari boyicha milliy markazi bilan, masalan, inson huquqlariga rioya
1
Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – Т.: Baktria Press, 2012. -174-б.
2
O’sha manba. 174-b.
45
etishini monitoring qilishni amalga oshirish sohasida o’zaro hamkorlik qilib
kelmoqda.
Qayd etib o’tish lozimki, O’zbekistonda inson huquqlari boyicha milliy
institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash
jarayonlari doirasida, davlat va jamiyatning barcha sohalaridagi demokratik
islohotlar
sharoitida
kechdi.
Shu
ma'noda,
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining «Inson huquqlari umumjaqon deklaratsiyasi qabul qilinganligining
60 yilligiga bag’ishlangan chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi 2008- yil 1-
maydagi Farmoni O’zbekistonda inson huquqlari boyicha milliy institutlarning
huquqiy nazarda mustahkamlash yo’lida yana bir muhim qadam bo’ldi. Farmonda
inson huquqlarini himoya qilish tizimini tashkiliy-huquqiy jihatdan yanada
takomillashtirish, shuningdek inson huquqlari boyicha milliy institutlarni davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
Inson huquqlari boyicha vakil (ombudsman), Inson huquqlari boyicha Milliy
markaz va boshqa institutlar bo’linmalarining samarali ishlashi uchun zarur
sharoitlarni yaratish boyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish ko’zda
tutilgan bo’lib, 2008-yil 30-sentabrda Vazirlar Mahkamasi ushbu masalalar
yechimiga qaratilgan mahsus qaror qabul qildi
1
.
Farmon talablaridan kelib chiqib, inson huquqlari boyicha milliy institutlar
Fuqarolik jamiyatini o’rganish instituti (hozirgi Fuqarolik jamiyati shakllanishini
monitoring qilish mustaqil instituti) bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasidagi inson huquqlarini
himoya qilish boyicha bo’linmalar bilan hamkorlikdagi faoliyat samaradorligini
yanada oshirish boyicha chora-tadbirlar belgilab oldilar va amalga oshiradilar.
Inson huquqlari boyicha milliy institutlar faoliyatini qo’llab-quvvatlash
to’g’risida qabul qilingan me'yoriy hujjatlar, qolaversa bu sohaga oid milliy
hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida milliy institutlarning
qonunchilik va institutsional asoslarini takomillashtirish O’zbekistonning
1
Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. - Т.: Адолат, 2013. -481-б.
46
demokratik o’zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmoqda.
Mamlakatimiz inson huquqlari boyicha milliy institutlarning amaliy faoliyati
quyidagilarni alohida qayd etishga imkon bermoqda:
Birinchidan, bir necha milliy institutlarning tashkil etilganligi inson
huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish sohasidagi imkoniyatlarni
anchagina ko’paytirdi, chunki ular amaliy ishlari bilan huquqni qo’llash
amaliyotida inson huquqlarini amalga oshirishga, davlat organlari faoliyatida
qonun ustuvorligi prinsipining qaror topishiga, xalqaro huquq normalarini milliy
qonunchilikka implementatsiya qilishga, inson huquqlari borasidagi madaniyatni
rivojlantirishga faol ta'sir ko’rsatmoqda.
Ikkinchidan, inson huquqlari boyicha milliy institutlar respublikada inson
huquqlariga oid qonunchilikka rioya etishini tekshirishda faol hamkorlik qilmoqda,
inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari masalalari muntazam ravishda
seminarlar va konferensiyalar tashkil etmoqda.
Uchinchidan, ushbu institutlar mamlakatda inson huquqlariga rioya etish
masalalarini hal etishda, inson huquqlariga oid qonunchilikni takomillashtirishda
o’z faoliyatlarini nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish asosiga qurmoqda,
chunki xalqaro tajriba shuni roy-rost ko’rsatmoqdaki, plyuralistik fuqarolik
jamiyati paydo bo’lmaguncha, huquqiy va adolatli davlat qurib bo’lmaydi. Zotan
to’la huquqli fuqarogina davlat, uning organlari va mansabdor shaxslari uchun teng
hamkor bo’lishi mumkin.
To’rtinchidan, milliy institutlar inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy
hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro nazorat jarayonida, xalqaro
organlarga yakka tartibda (individual) murojaat qilishga bo’lgan huquqni amalga
oshirishda muhim rol oynaydi, shuningdek O’zbekistonning BMTning Inson
huquqlari boyicha kengashi va shartnomaviy organlari bilan hamkorlik qilishida
ham katta ahamiyat kasb etadi
1
.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki inson huquqlari boyicha institutlarning
faoliyati respublikada inson huquqlari sohasida olib borilayotgan ishlarning asosini
1
Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. - Т.: Адолат, 2013. -482-б.
47
tashkil etadi. Ularning faol ish olib borishi esa inson huquqlari va erkinliklari
kafolatlarining muhim asosi hisoblanadi.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |