1
Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. - Т.: Адолат, 2013.- 279-280-б.
25
II BOB. INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINI KAFOLATLASHDA
MUSTAQILLIK OMILI
2.1 Inson huquqlari boyicha O’zbekiston Respublikasida amalga
oshirilgan ishlar
O’zbekiston davlatining o’z oldiga qoygan muhim vazifalaridan biri o’z
fuqarolarining huquq va erkinliklarini kafolatlash, ta’minlash va qo’riqlashdir. Bu
vazifaning huquqiy ifodasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining X
bobida aks ettirilgan. Huquqiy demokratik davlat qurish yo’lidan borayotgan
O’zbekiston Respublikasi yashovchi har bir inson, fuqaro o’z huquq va erkinliklari
qonunlar bilan kafolatlanganligini bilish shart
1
. “Demokratiyaning eng muhim
prinspi – odamlarning saylov huquqi, o’z xohish-irodasini erkin ifodalash, o’z
manfaatlarini royobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun
haqiqiy shart-sharoit, huquqiy zamin yaratib berilishi lozim”
2
,- deb ta’kidlagan edi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.
O’zbekiston Respublikasida insonlar asrlar osha orzu qilib kelgan demokratik
huquq va erkinliklar kafolatlanmoqda. O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Bu
mustaqil, huquqiy, demokratik davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan
millati, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’it nazar fuqarolarning huquq va
erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir
3
.
Hozirgi kunda inson huquqlari nazariyasi yangi mazmun kasb etib, yanada
dolzarb mavqeyga ko’tarilib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi “Mustaqillik
deklaratsiyasi” (1990-yil 20-iyun) va ‘Davlat mustaqilligining asoslari
to’g’risida”gi (1991-yil 31-avgust) qonundayoq inson huquqlarining zamonaviy
falsafasiga asoslanadi: ya’ni “Inson huquqlari” davlat hokimyatining mezoni
ekanligi anglab yetildi va unga sodiqlikni bayon etdi. Ana shunday adolatli
g’oyalarni o’ziga singdirgan Konstitutsiya ham yaratildi (1992-yil 8-dekabr).
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson va fuqaroning huquqiy
1
Ўзбекистон Республикаси Кониституцияси.–Т.: Ўзбекистон, 2012.
2
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоқда. – Т.: Ўзбекистон, 1999.- 17-б.
3
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. – Т.: Ўзбекистон, 1992.-15-16-б.
26
holatini belgilashda inson huquqlari ustuvorligi, davlat bilan fuqaroning o’zaro
siyosiy-huquqiy aloqadorligi hamda mas’ulligi prinsiplariga asoslanuvchi
tamomila yangi konsepsiyaga tayangan
1
.
O’zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga
doir keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasida inson
huquqlarini himoya qilish va unga rioya etishning amaldagi mexanizmini vujudga
keltirishda quyidagilar ustuvor etib belgilangan:
1.
Respublikada inson huquqlarini himoya qilish va unga amal qilishning
huquqiy bazasini shakllantirish va takomillashtirish;
2.
Inson huquqlarini ta’minlash sohasida sud hokimiyati va ijro hokimiyati
idoralari faoliyatining samaradorligini oshirish va inson huquqlari boyicha
qo’shimcha milliy tuzilmalar yaratish;
3.
Inson huquqlariga amal qilish va uni hurmat qilishning zarurligini
tushunishga erishish sohasida fuqarolarni aniq maqsadga qaratilgan va bosqichma-
bosqich huquqiy tarbiyalash hamda mansabdor shaxslarni huquqiy savodxonligini
kuchaytirish yo’li bilan jamoatchilik ongini oshirishga ko’maklashish;
4.
Inson huquqlari masalalari boyicha monitoring sohasida nodavlat
tashkilotlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida fuqarolarning
jamoatchilik tuzilmalari bilan yanada yaqinroq hamkorlikni o’rnatish;
5.
Inson huquqlarini himoya qilish va unga amal qilishni huquqiy va tashkiliy
ta’minlash sohasida xalqaro tajribani o’rganish va qo’llash hamda O’zbekistonning
tarixiy an’ana va madaniy udumlarini hisobga olish
2
.
Dastavval bu ishlarning huquqiy tizimi yaratildi, ya’ni O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari mustahkamlandi.
O’zbekistonning 1992-yilgi Asosiy qonunida jamiyatimizda, iqtisodiyot, siyosat va
mafkurada yuz bergan tub o’zgarishlarni aks ettiradi. Saidov A va Tadjixanov U
1
Одилқориев Х.Т. Фуқароларнинг кониституциявий ҳуқуқ ва эркинликлари // Хотин-қизлар ва болаларнинг
ҳуқуқларига оид қонун кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон. 2000. -7-б.
2
Рашидова С. Инсон ва жамият фаровонлигини таъминлаш – қонунийлик принципининг мақсадидир //
Конституция ва қонунларнинг устунлиги Ўзбекистон тарраққиётининг кафолати. – Т.: Адолат, 2000.-13-б.
27
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada mustahkamlangan inson huquqlariga oid
qoidalarni quyidagicha tizimga solishni taklif etadilar:
Birinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini tan olish va himoya qilish –
davlat majburiyatidir;
Ikkinchidan, inson huquqlari va erkinliklari royxati xalqaro huquqiy
standartlarga mos kelishi va bu sohada xalqaro huquqning ustuvorligi;
Uchinchidan, inson huquq va erkinliklari unga tug’ilganidan boshlab
taaluqlidir, ya’ni tabiiy huquq g’oyasi, nazariyasining e’tirof etilishi;
To’rtinchidan, inson huquqlari va erkinliklarining hammaga va har bir kishiga
teng va barobar taalluqliligi;
Beshinchidan, inson huquqlari va erkinliklari davlat idoralari faoliyatining
mazmunini tashkil etadi;
Oltinchidan, fuqarolarning kafolatlangan sud himoyasi bilan ta’minlanishi;
Yettinchidan, inson huquq va erkinliklarini amalga oshirish boshqa
shaxslarning huquqlarini buzmasligi zarurligi
1
.
Bundan ko’rinib turibdiki respublikada inson huquqlari va erkinliklarini
himoya qilish ham nazariy ham amaliy jihatdan amalga oshirilmoqda.
Sobiq Ittifoq tarqab kеtgandan kеyin hozirgi MDH davlatlarida, shu
jumladan, O`zbеkistonda ham inson huquqlari va ularni himoya qilishga katta
e'tibor bеrilmoqda. Xalqaro huquq normalari talabiga muvofiq, O`zbеkistonda
nafaqat inson huquqlari va erkinliklarini konstitutsiyaviy huquqiy himoyalash
asoslari va kafolatlari shakllandi, shu bilar birga uni rag`batlantirish, himoya qilish
yuzasidan tashkiliy mеxanizm hamda tеgishli milliy infrastruktura ham vujudga
kеltiriddi. Ma'lumki, 1995-2005 yillarni kurramizda inson huquqlari o`n yilligi dеb
e'lon qilib BMT insoniyat tarixida vaqtning yangi hisobini boshladi.
O`zbеkiston Rеspublikasi inson huquqlari xususida jamoatchilikni xabardor
qilish Umumjahon kompaniyasini o`tkazishga qaratilgan umumjahon dеmokratik
tashabbuslarning faol qatnashchisi bo`lib, jahonda inson huquqlari o`n yilligini
ta'sis qilishga qaratilgan faoliyat rеjasiga o`z hissasini qo`shmoqda.
1
Саидов А., Таджиханов У. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Т.2. –Т.: Адолат, 2001.- 446-447-б.
28
O`zbеkiston Rеspublikasida 1997-yil – Inson mаnfaatlari yili, 1998-yil – Oila
yili, 1999-yil – Ayollar yili, 2000-yil – Sog‘lom avlod yili, 2001-yil – Onalar va
bolalar yili, 2002-yil – Qariyalarni qadrlash yili, 2003-yil – Obod mahalla yili,
2004-yil – Mehr va muruvvat yili, 2005-yil – Sihat-salomatlik yili deb
nomlanganligi va bu yillar uchun mo’ljallangan Davlat Dasturlari doirasida amalga
oshirilgan ishlar buning tasdig’idir.
O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga oid islohotlar bosqichma-
bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bu islohotlarning yorqin misoli 1997 –
yilning Prezident I.Karimov tomonidan “Inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi
va bu bilan O`zbеkistonda huquqiy dеmokratik davlat va adolatli fuqarolik
jamiyati qurish stratеgiyasini bеlgilab bеrdi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-
fevraldagi 91-sonli qarori bilan tasdiqlangan Inson manfaatlarini ta’minlash
borasida 1997-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi va
shu dastur asosida mamlakat boylab keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Dasturga ko’ra, Har bir oila, har bir insonning hayoti va farobonligini yaxshilash,
shaxs o’z fikrini ifoda etishi, fuqaro iste’dodlari va imkoniyatlarini royobga
chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, davlat yordamiga muhtoj oilalar va
kishilarga e’tiborni kuchaytirish,onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodni
har tomonlama uyg’un kamol toptirish, keksa avlod, pensionerlar to’g’risidagi
g’amxo’rlikni kuchaytirish, shaxs manfaatlari muhofazasining huquqiy asoslarini
takomillashtirish, shaxs manfaatlari muhofazasini ta’minlashning tashkiliy-
huquqiy vositalari, sud-huquq islohotini chuqurlashtirish, odil sudlov tizimini
demokratlashtirish, fuqarolarning huquqiy tarbiyasini takomillashtirish
1
yuzasidan
turli xil ishlar amalga oshirildi.
Insoniy o`lchovlar iqtisodiy islohotlarning yadrosiga aylanib bormoqda,
ularni umuminsoniy qadriyatlar mazmuni bilan to`ldirmoqda, 2010-yilda
mustaqilligimizning 19 yillik tantanalarini “Bu muqaddas vatanda – azizdir inson”
1
Инсон манфаатларини таъминлаш борасида 1997-йилда амалга ошириладиган чора-тадбирлар дастури.- Т.:
Ўзбекистон, 1997. -36-б.
29
shiori ostida katta ko’tarinkilik bilan o’tkazilganligi, O’zbekistonda inson
huquqlari boyicha milliy institutlar tizimining tashkil etilganligidir
1
.
Inson huquqlarini Konstitutsiya asosida har tomonlama himoya qiladigan va
huquqiy meyorlar qabul qilish davrini boshladi. Shuning uchun ham
I. A. Karimov qabul qilingan yangi Konstitutsiya nuqtai nazaridan qonunchilikni
ko’rib chiqish lozim, degan talabni ilgari surdi. Prezident tomonidan talablarni
hayotga joriy etish mamlakatimizda turli sohalar boyicha kodekslar, va huquqiy
meyorlar tayyorlashga jadal kirishildi. Bu hujjatlar xo’jalik yuritishni
takomillashtirish, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi va jinoyat jarayoni, fuqarolik
kodeksi va boshqa kodekslarning asosiy demokratik tamoyillari, inson erki va
huquqlarini himoya qiladi va ular izchillik bilan tatbiq etilmoqda.
O’zbekistonda o‘tgan besh yil mobaynida qabul qilingan 58 ta qonunga
muvofiq, sud-huquq nizimidagi islohotlar yanada chuqurlashtirildi
2
.
Bundan tashqari Respublikada sud-huquq tizimida ham inson huquq va
erkinliklariga oid bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Inson huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq masalalar yuzasidan fuqarolar
tegishli huquq-tartibotni muhofaza etuvchi idoralarga murojaat etganida,
mansabdor
shaxslarning
xatti-harakatlari
tufayli
fuqaroning
huquqlarini
kamsitadigan hollar mavjudligi amaliyotdan ma’lum. Islom Karimov O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining qator sessiyalarida bunday salbiy holatlarni bartaraf
etish zarurligini qayd etib o’tgan.
Konstitutsiyaga asosan har bir shaxs o’zining huquq va erkinliklarini sud
orqali himoya qilishda davlat organlari, mansabdor shaxslar, ham jamoat
birlashmalarining g’ayriqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish
huquqi kafolatlanishi maxsus huquqiy meyorlarda o’z ifodasini topgan. Davlatning
biron bir idorasi nizoli ishlarni, sud kabi odilona mexanizm orqali hal eta
olmasligiga qaramasdan, aksariyat fuqarolar shikoyat va arizalar bilan sudlarga
1
www.uza.uz
2
Каримов И.А. Жаҳон инқирозининг оқибатларини енгиш, мамлакатимизни модернизация қилиш ва
тараққий топган давлатлар даражасига кўтарилиш сари. Т.18. – Т.: Ўзбекистон, 2010. -129-б.
30
murojaat etmasdan, bosh idoralarga murojaat qilishga odatlanib qolganligi
amaliyotdan ma’lum.
Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlardan biri 1995-yilning
30-avgustida Oliy Majlisning uchinchi sessiyasida qabul qilingan “Fuqarolarning
huquq va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga
shikoyat qilish to’g’risida”gi qonundir. Bu qonunga ko’ra, endilikda fuqarolarning
poymol qilingan huquqni himoya qilishga qaratilgan sud idoralarining vakolati bir
muncha kengaytirildi
1
.
O’zbekiston Respublikasida jinoiy jazo tizimini liberallashtirish, amalda sud
hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash jarayonlariga katta e’tibor berildi.
Amaldagi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 13 ta moddasida o`lim jazosi
qoldirildi, xolos. Bu holat endigina mustaqil bo`lgan va o`z xavfsizligini
ta`minlashga harakat qilayotgan respublikaning ehtiyojlariga mos kelar edi,
albatta.
O`tgan o`n yildan ortiqroq vaqt mobaynida o`lim jazosi qo`llanilishi mumkin
bo`lgan jinoyatlar tarkibi 33 tadan 2 tagacha qisqartirildi, ya`ni faqat terrorchilik va
og`irlashtiruvchi vaziyatlarda qasddan odam o`ldirganlik uchungina o`lim jazosi
berilishi ko`zda tutilgan edi. 2008-yil 1-yanvardan bu 2 ta jinoyat uchun o`lim
jazosi bekor qilindi va uning o`rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan
mahrum qilish jazosi belgilandi
2
. Vaholanki, yaqin o`tmishda O`zbekistonda o`lim
jazosi nafaqat bir qancha davlatga qarshi va harbiy jinoyatlar, shaxsga qarshi o`ta
og`ir jinoyatlar uchun, balki davlat va jamoat mol-mulkini juda ko`p miqdorda
talon-toroj qilganlik, mas`ul mansabdor shaxsning pora olishi yoki juda ko`p
miqdorda pora olish, shuningdek, ayrim boshqa jinoyatlar uchun ham nazarda
tutilgan edi. 2008-yil 1-yanvardan boshlab o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida,
shuningdek, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuraturadan
sudlarga o’tkazish to’g’risida 2007-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi
qonunlari butun dunyoda ulkan qiziqish va e’tibor uyg’otdi.
1
www.lex.uz
2
www.parlament.uz
31
O‘zbekistonda esa umrbod ozodlikdan mahrum qilish mamlakatimizda xotin-
qizlarga, jinoyat sodir etgan paytda 18 yoshga yetmagan shaxslarga va yoshi 60
dan oshgan erkaklarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
2008-yilning yanvaridan buyon sudlar tomonidan dastlabki tergov organlariga
700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingan.
Sud amaliyotiga 2001-yildan boshlab yarashuv instituti kiritildi va u samarali
faoliyat ko‘rsatmoqda. 53 ta jinoyat tarkibi bo‘yicha yarashuv institutini qo‘llash
imkoniyati nazarda tutilgan. Yarashuv institutining joriy etilishi natijasida o‘tgan
davr mobaynida 100 ming nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
2001-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga
muvofiq fuqarolar prokuror nazorati obektlari qatoridan chiqarildi
1
.
O’zbekiston Respublikasi bu qilinayotgan faol harakatlar orqali umuminsoniy
va
milliy
qadriyatlarga
qanchalik
sodiqligini
isbotlab
kelinmoqda.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarning hammasi insonlar uchundir.
Inson huquqlari tizimida bola huquqlarining himoyalanishiga ham katta e’tibor
berib kelinmoqda. Har qanday demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida,
birinchi navbatda inson va fuqarolar huquqlarini ta`minlashga alohida e`tibor
qaratiladi. Aytib o`tish kerakki, aksariyat hollarda inson huquqlari, fuqarolar
huquqlari deyilganda katta yoshdagi aholi nazarda tutiladi-yu, bolalar esa
e`tibordan chetda qoladi. O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar huquqiy
munosabatlarning
subektlari
hisoblanadilar.
Bizga
ma`lumki,
huquqiy
munosabatlar subekti deganda, qonun bilan belgilangan huquq va majburiyatlarga
ega bo`lgan shaxslar tushuniladi. Davlat aholi boshqa tabaqalarining qonuniy
huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda, voyaga yetmaganlar
huquqlarini himoyalash va ta`minlashga ham alohida e`tibor qaratadi. Har bir
bolaning yashashi, kamol topishi uchun asosiy makon oila hisoblanadi. Shuning
uchun ham O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksiga muvofiq, ota-ona
1
Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини
ривожлантириш концепцияси // Ўзбекистон овози. 2010-йил. 13-ноябрь.
32
zimmasiga bolaning farovon hayot kechirishi va kamolga yetishi haqida
g`amxo`rlik qilish, uning huquq va manfaatlarini himoyalash vazifasi yuklatilgan
1
.
Bunga Prezident Islom Karimovning quyidagi so’zlarini keltirish mumkin:
“Bugun qaysi sohani olmaylik – bu paxta yoki g’alla yetishtirish bo’ladimi,
ijtimoiy hayotimiz yoki yangi-yangi qurilishlar, shahar va qishloqlarimizni
obodonlashtirish bo’ladimi – nimaiki ish qilmasak, ularning hammasi oxir-
oqibatda inson uchun, shu yurtda yashayotgan odamlar uchun qilinayotganini
ko’rish qiyin emas”
2
.
Inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishda va ularni himoya qilishda
huquqiy madaniyatning roli beqiyosdir
3
. Huquqiy madaniyatni shakllantirish
yuzasidan ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilib, turli dasturlar, Prezidentning
maxsus farmonlari va Hukumat qarorlari e’lon qilindi. Jumladan, 1997 yil 25
iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyat darajasini
yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish,
jamoatchilik fikrini o’rganish ishini yaxshilash haqida”gi farmon
4
, 1997 yil 10
iyulda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida
fuqarolarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini ko’rib
chiqish boshqarmasini tuzish to’g’risida”gi, 1997 yil 21 iyuldagi “O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi yuristlar malakasini oshirish markazini
tashkil etish to’g’risida”gi, 1997 yil 22 iyuldagi “Huquqiy ma’rifat targ’iboti
markazini tashkil etish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetkazib berishni yo’lga
qoyish to’g’risida”gi qarorlarni aytib o’tish lozim
5
.
Yuqoridagilardan tashqari inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ham o’rni beqiyosdir. Zero,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, mahalla
1
Ўзбекистон Республикаси Оила Кодекси. 1998.2-модда.
2
Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий қадрият. –Т.:
Ўзбекистон, 2006.- Б. 63-64.
3
Таджиханов Б.У. Ўзбекистон Республикасида Инсон ҳуқуқларини амалга ошириш: назария ва амалий
муаммолари. Юридик фанлар номз…дисс. –Т., 2003. -107-б.
4
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси, 1997, №7, 179-модда.
5
O’sha manba. 109-b.
33
jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo’lib xizmat qilishi lozim
1
.
Shu o’rinda, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining amaliy faoliyatiga
e’tibor qaratiladigan bo’lsa, aynan mazkur institut tomonidan huquqlardagi
aholining huquqlarini himoya qilinishi natijasida oilaviy ajrimlar miqdorini qariyb
50 foizga kamaytirishga erishilganligini kuzatish mumkin. Shuningdek, notinch
oilalar 30 foizga, ayollar o’rtasida jinoyatchilik va giyohvandlik holatlari 25
foizga, voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar miqdori 40 foizga, o’z joniga
qasd qilish 20 foizgacha kamaygan hamda ikki mingga yaqin xonadon kam
ta’minlangan oilalar royxatidan chiqarildi
2
. Bundan ko’rinib turibdiki,
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining inson huquq va erkinliklarini
ta’minlash sohasidagi vakolatlarini huquqiy jihatdan maqbul tarzda tartibga solish
ularning ijtimoiy munosabatlarga, birinchi navbatda, tegishli hududda istiqomat
qiluvchi aholining farovonligi oshishiga ta’sir ko’rsatishda muhim ahamiyatga
egadir.
Respublikada inson huquqlari himoyasi sohasida qilinayotgan ishlardan yana
biri bu jazoni o’tab qaytgan shaxslarni huquqlarini himoya qilish ishlaridir. Bu
borada, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jazoni o’tash
joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashda
yordam ko’rsatish boyicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va
hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, “Mahalla posboni” jamoat
tuzulmalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari huzuridagi
yarashtirish komissiyalari to’g’risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi Qarori
qabul qilindi
3
. Bu qaror asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu o’rinda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida bugungi kunda
mahalla posbonlarining 35 foizi – fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari,
25 foizi – jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, 10 foizi –
1
Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. –Т.: Ўзбекистон. 1996. -10-б.
2
Маҳалла –ҳаётимиз кўзгуси // Ўзбекистон “Маҳалла” хайрия жамғармасининг 2006-2011-йиллардаги
ҳисобот-сайлов даврига оид маълумотлар. – Т.: 2001. -11-12-б.
3
Рузиев З.Р. Инсон ҳуқуқларини ҳимоялшда фуқаролар ўзини ўзи бошқариш ўганларининг ўрни (назарий ва
ҳуқуқий масалалар). Юридик фанлар номз...дисс. –Т., 2012. -77-б.
34
tergov xizmatlariga ularning vazifalarini bajarish jarayonida ko’maklashib
kelmoqdalar
1
.
Yana shuni ta’kidlash kerakki, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlarining roli yildan yilga oshib bormoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini
himoya qilishga oid ishlarning ko’lami mustaqillikning sharofati bilan kengayib
bormoqda. Buni yuqoridagi qilingan ishlardan ham bilish qiyin emas. Yana shuni
ham ta’kidlab o’tish kerakki, bu qilinayotgan ishlar o’zining samarasini berib
kelmoqda va O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatida o’z o’rnini
topishida muhim ahamiyat kasb etmoda.
Do'stlaringiz bilan baham: |