Tadqiqotning manbaviy asosi
tarixchi, huquqshunos olimlarning inson
huquqlari nazariyasi va inson huquqlari va erkinliklari himoya qilish sohasiga oid
qonunlar, normativ hujjatlar va ilmiy asarlar, monografiyalar, nomzodlik
dissertatsiyalari, risolalar, darsliklar hamda inson huquqlari va erkinliklarini
himoya qilishga doir dolzarb muammolarga bag’ishlangan ilmiy maqolalar tashkil
qiladi.
Ishning amaliy ahamiyati
: Bitiruv malakaviy ishining natijalaridan ilk
bakalvriatura bitiruv malakaviy ishlarini, shuningdek О‘zbekiston tarixi, Huquq
darslarida ma’ruzalar tayyorlashda, seminar mashg‘ulotlarini о‘tkazishda, kurs
ishlari yozishda, mustaqil ta’limga tayyorgarlik ishlarida foydalanish mumkin.
Ishning tuzilishi
: Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy bobni tashkil qiluvchi
uchta bob va oltita paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va manbalar
rо‘yxati,tadqiqot jarayonida qо‘llanilgan izohli sо‘zlar lug‘ati hamda ilovalardan
tarkib topgan.
9
I BOB. INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI – OLIY
QADRIYAT
1.1. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati
Inson huquqlari va erkinliklari – oliy qadriyat Inson huquqlari insoniyat
mavjudligining va birgalikda yashashining asosidir. Inson huquqlari barcha uchun
umumiy, ajralmas va o’zaro bog’liqdir. Aynan inson huquqlari bizni odam qiladi.
Inson huquqlari mavjud barcha dinlar va madaniyatlarga xos bo’lgan va tinchlik va
taraqqiyot
asos
bo’lgan
o’zaro
kelishuvchanlik
an’anasini
o’zida
mujassamlashtirgandir. Inson huquqlari hech bir madaniyat uchun begona emas va
barcha xalqlar uchun tabiiydir. Kelishuvchanlik va bag’rikenglik doimo davlat
boshqaruvi va inson axloqining intilish tamoyillari bo’lib kelgan. Inson huquqlari
xususida gap borganida, har qanday huquq nazarda tutilavermaydi. Zotan, har bir
kishi ko’ngli tusagan taomni iste’mol qilish yoki o’zi kiyimni kiyish kabi
huquqlarga ham ega. Lekin bunday huquqlar normativ jihatdan tartibga
solinmaydi. Bunga hojat ham yo’q. Chunki bular jamiyatning milliy-madaniy va
ma’naviy qoidalari, an’analari, odat normalari bilan tartibga solinadi. Hozirgi
kunda ana shu tamoyillar inson huquqlari deb atalmoqda. Inson huquqlari
tushunchasi xususida shuni ta’kidlash joizki, bu ibora ob’ektiv va sub’ektiv
ma’noda qo’llaniladi.
Ob’ektiv ma’noda, inson huquqlari bu shaxsning huquqiy maqomini
belgilovchi, jamiyatda davlat va shaxs o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning tartibga
soluvchi xalqaro va milliy huquqiy normalar tizimidir.
Sub’ektiv ma’noda, esa inson huquqlari bu huquqiy normalarda
mustahkamlangan, muayyan shaxsga tegishli bo’lgan va davlat tomonidan himoya
qilinadigan yurish-turish va hatti-harakatlar imkoniyati yoki vakolatlar tizimidir
1
.
Inson huquqlari tushunchasi va unga bo’lgan e’tibor B. Spinoza va T.Gobbs
asarlarida, ularning o’sha davrga xos siyosiy falsafasida chuqur iz qoldirgan. Bu
J.Lokk, Sh.L.Monteske, J.J.Russo va G.V.Gegel asarlarida
1
yanada rivojlantirildi.
1
Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press, 2012. - 24-б.
10
Qadimgi yunon faylasufi Arastuning “inson – ijtimoiy mavjudot” degan fikri
inson huquqlari nuqtai nazaridan o’ziga xos ahamiyatga ega. Inson ijtimoiy
mavjudod sifatida o’z mohiyatini jamiyat tarkibida namoyon qilishi mumkin. “Har
qanday huquq, shu jumladan inson huquqlari kishining biologik mohiyati bilan
emas, balki uning ijtimoiy mohiyati, muayyan jamiyat a’zosi ekanligidan kelib
chiqadi. Demak, jamiyatdan tashqarida, boshqa kishilar bilan biron-bir ijtimoiy
munosabatlarga kirishmaydigan odamning huquq va erkinliklari to’g’risida
gapirishning o’zi o’rinsizdir.
Inson huquqlari falsafasining asosi – bu shaxs qadr-qimmatidir. Tabiiy huquq
ta’limoti asoschilaridan biri, frаnsuz mutafakkiri J.J.Russoning fikricha, inson
qadr-qimmati uning mohiyatidir, o’z erkinligidan voz kechish-insonning o’z qadr -
qimmatidan, huquqlaridan, majburiyatlaridan voz kechish demakdir. Bu inson
tabiatiga ziddir
2
.
Inson qadr-qimmati uning huquq va erkinliklari hamda majburiyatlarining
manbai hisoblanadi. Holbuki, yetarli huquq va erkinliklarga hamda muayyan
majburiyatlarga ega bo’libgina inson shaxs sifatida o’z imkoniyatlarini namoyon
qila oladi. Bu o’z navbatida insoniyat taraqqiyotiga yo’l ochib beradi.
Inson huquqlari – moddiy va ma’naviy ne’mat, shart-sharoitlar tizimidir,
bularsiz inson normal hayotiy faoliyatini yo’lga qo’yishi, fazilat va xususiyatlari
rivojlanishiga erishish, “fuqarolik manfaatlari”ni amalga oshirish mumkin emas.
Fuqarolik manfaatlari, deb men hayot, erkinlik, sog’liqni va jismoniy azob-
uqubatlarning yo’qligi hamda pul, yer, turar-joy, uy anjomlari va boshqa moddiy
ne’matlarga ega bo’lishni tushunaman, - deb yozgan edi J.Lokk
3
.
“Inson huquqlar” – quloqqa hush yoqadigan bu ibora XX asrning so’nggi
choragida dunyo xalqlarining so’z qutisida eng iste’molbop kalomga aylandi va
butun siyosatchilar va arboblarning tili uchida turadi. Salohiyatli davlat arbobining
tilida bu so’zlar odamlarning qutlug’ niyatlarini ifoda etsa, o’zini “oppozitsiya”
ataydigan siyosatbozlar ularni notoza siyosiy “qimorbozlik”larida “ko’pzo’r”
1
Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press, 2012. - 20-б.
2
O’sha manba. 21-b.
3
Локк Дж. Сочинения.В 3т.//Пер.с англ и лат. – М.: Мысль, 1988. Т.З. – C.94.
11
(“kozir”) qartaga aylantirib olmoqchi bo’ladilar
1
. AQSH, Rossiya kabi ulkan
davlatlarning ayrim arboblari esa yangi mustaqil davlatlarning irodali rahbarlarini
o’z yo’rig’lariga yurgizish maqsadida “Inson huquqlari”ni zohiriy va botiniy
intilishlariga niqob qilib kiydirishmoqchi bo’ladilar. “Inson huquqlarini poymol
qilgan”likda, “rusiyzabon aholini kamsitish”da ayblayotib, ular faqat insonning
siyosiy huquqlarini nazarda tutadilar, holbuki insonning yashash, nasl qoldirish,
mehnat qilish kabi odamiy, ijtimoiy-iqtisodiy, fuqaroviy, madaniy huquqlari ham
bor
2
.
Har bir inson millati, irqi, ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar, boshqa insonga
teng ekani kabi boyligi, harbiy qudrati, aholisi-hududiy kengligidan qat’iy nazar,
jahon hamjamiyati qoshida har bir mamlakat boshqa mamlakat bilan teng
huquqlidir. Ulkan davlatlar huquqi ko’p bo’lishi mumkin emas, mas’uliyati esa
ko’p bo’lmog’i kerak.
“Inson
huquqlariga
haqiqiy
kuch
bag’ishlovchi
narsa
ularning
umumiyligidir. U har qanday chegaralarni kesib o’tadi, har qanday to’siqlarni
bartaraf etadi, har qanday kuchni mavh etadi. Inson huquqlari uchun kurash
hamma vaqt va hamma yerda yakkahokimlik va adolatsizlikning barcha
shakllariga: qullik, mustamlakachilik, aparteidaga qarshi kurash bo’lib kelgan.
Bugungi kunda uning dolzarbligi kamaygan yoki mohiyati o’zgargan emas”
3
.
Inson huquqlarini himoya qilish zarurati shunday vaqtda yuzaga keldiki inson,
uning qadr-qimmati, shani, or-nomusi, g’ururi va eng muhimi uning hayoti hech
qanday ahamiyat kasb etmay qolgan davr edi. Misol tariqasida shuni aytish
mumkinki, Buyuk Britaniya, Chor Rossiyasi, Fransiya va boshqa davlatlarning
mustamlakachilik siyosati yoki butun dunyo ommasini larzaga solgan ikki bir-
biridan katta jahon urushlari. Ana shu davrda insonning qadri bir chaqalik
qiymatga ega emas edi. Birgina ikkinchi jahon urushi davrini misol qilib olaylik,
fashistlar germaniyasi tomonidan qanchadan-qancha odamlar turli xil juda jirkanch
yo’llar orqali shavqatsizlik bilan o’ldirib yuborildi. Ular ustida turli xil tajribalar
1
Баҳриев К. Демократия ва инсон ҳуқуқлари. - T.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси нашриёти, 1997. -154-б.
2
O’sha manba. 154-b.
3
Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон деларацияси.– T., 1998.
12
o’tkazildi, vaholanki, bunday jirkanch ishlarni inson bolasi qilganligiga ishonish
qiyindir. Inson huquqlari himoyasi tarixan katta yo’lni bosib o’tdi. Inson huquqlari
va erkinliklari tizimi o’z yaralish ibtidosi va rivojlanish mantiqiga ega.
Insonning o’z erkinlaiklari, huquqlari va manfaatlari uchun davom etgan uzoq
kurashi umuminsoniy ahamiyat darajasiga ko’tarilgan quyidagi me’yoriy-huquqiy
hujjatlarda o’zining moddiy ifodasini topgan:
Erkinlikning buyuk xaritiyasi (1215 y.);
Huquq to’g’risidagi petitsiya (1628 y);
„Habea Corpus AKT“ (1679 y.);
Inson huquqlar to’g’risidagi bill (1689 y.);
Amerika Virginiyasi huquqlari Deklaratsiyasi (1776 y.);
Amerika Qo’shma Shtatlarining mustaqillik Deklaratsiyasi (1776 y.);
Fransuz inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi (1789 y.);
Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948 y.);
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida xalqaro Pakt (1996 y) va
boshqalar.
Bundan tashqari inson huquqlarining jahon miqyosida rivojlanishini ham
o’ziga xos tarixi bor. U o’z navbatida uch katta davrni o’z ichiga oladi. Bular
quyidagilar:
Birinchi bosqich 1789-yilgi Inson va fuqaro huquqlari to’g’risidagi fransuz
deklaratsiyasidan XX asrning boshlari – Birinchi jahon urushigacha bo’lgan davrni
o’z ichiga oladi. Bu bosqichda insonning shaxsiy va siyosiy huquqlari to’g’risida
qonunchilik rivojlangan.
Ikkinchi bosqich XX asrning birinchi yarmiga (1914-1950-yillar) to’g’ri
keladi. Bu bosqich ostida insonning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlari
sotsialistik g’oyalar ta’siri rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
Uchinchi bosqich XX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi kunlargacha bo’lgan
davrni o’z ichiga oladi. Ushbu bosqichda ba’zan “jamoa huquqlari” deb ham
yuritiladigan inson huquqlarining yangi toifasi ham vujudga keldi
1
.
1
Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press, 2012. -20-б.
13
Inson huquqlari – bu insoniyat tarixiy taraqqiyotining umumiy yutug’i
bo’lishi bilan birga, hozirgi kunda jahon hamjamiyatining dolzarb muammolaridan
biriga aylangandi. Chunki, xalqlar va millatlarning erkin taraqqiyoti hamda inson
huquqlari totalitar tuzumlarining mavjudligi va urush ofatlari tufayli poymol etilib
kelinmoqda. Shuning uchun ham, inson huquqlarining xalqaro miqyosda hurmat
qilinishini ta’minlash BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda davlatlar
faoliyatlarining asosiy maqsadlariga aylandi. Bu maqsad BMT Nizomi va Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi kabi xalqaro hujjatlarda o’z ifodasini topib,
inson huquqlari rivojlanishining yangi bir davrini boshlab berdi. Bu hujjatlar Inson
huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, 1965-yilgi Irqiy kamsitishning barcha
shakllarini tugatish to’g’risidagi xalqaro konvensiya, 1979-yilgi Xotin-qizlarni
kamsitishning barcha turlarini tugatish to’g’risidagi xalqaro konvensiya, 1984-yilgi
Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki
qadr-qimmatni turlariga qarshi konvensiya, 1953-yilgi Xotin-qizlarning siyosiy
huquqlari to’g’risidagi konvensiya, 1986-yilgi Xalqalarning tinchlikka bo’lgan
huquqlari to’g’risidagi deklaratsiya, 1986-yilgi Rivojlanish huquqi to’g’risidagi
dekloratsiya, 1981-yilgi Din yoki e’tiqodlar zamiridagi murosasizlik va
kamsitishlarning barcha shakllarini bartaraf etish to’g’risidagi dekloratsiya, 1979-
yilgi Huquq-tartibotni saqlash bo’yicha mansabdor shaxslarning axloq kodeksi,
1985-yilgi Sud organlari mustaqilligining asosiy tamoyillari, YuNESKO xalqaro-
huquqiy hujjatlari
1
inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar hisoblanadi.
Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining qabul qilinishi, inson
huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda o’ziga xos ahamiyat kasb etdi. Ana shu
vaqtdan tom ma’noda keng e’tibor berila boshlandi. 1948-yil 10-dekabrda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi to’liq matnida Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasini tasdiqladi va e’lon qildi. Ushbu tarixiy
ahamiyatga ega bo’lgan qarorni qabul qilar ekan, Bosh Assambleya Tashkilotning
barcha a’zo davlatlarini Dekloratsiya matnini ommaviy chop etishga va
“mamlakatlar va hududlarning siyosiy maqomlaridan qat’iy nazar asosan
1
Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлариi. - T.: Адолат, 2013. -194-б.
14
maktablarda va boshqa o’quv maskanlarida tarqatishga, e’lon qilishga va
tushuntirishga” chaqirdi
1
.
Demokratik Fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilib qo’ygan har qanday
davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarini ko’rsatuvchi shartlaridan biri –
insonning huquq va erkinliklarining qonunlarda to’liq belgilanishi hamda ularning
ta’minlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. O’zbekiston
Respublikasining demokratik huquqiy davlatni qurishdan asosiy maqsadi – ushbu
davlatda yashovchi har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini to’la ta’minlashdan
iborat
2
.
Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, inson huquq va erkinliklarini faqatgina
qonunlarda belgilab qo’yilishi masalani hal qila olmaydi. Ma’lumki totalitar tuzum
hukumronlik qilgan sobiq ittifoq qonunlarida ham fuqarolarning ko’plab huquq,
erkinliklar belgilanar, biroq ular amalga oshmay ketar edi.
Komunistik mafkura ko’p jihatdan sinflar, xalqlar to’g’risida, ularning
hayoti, turmushi haqida qayg’urib “inson”ni esdan chiqargan edi.
Inson huquqlari va erkinliklari keng ko’lamli masaladir. Shunga ko’ra inson
huquqlari bilan bog’liq barcha voqea-xodisalar, barcha ijtimoiy munosabatlar xatto
ayrim tabiiy fanlarning ham o’rganish mavzui hisoblanadi. Bunday umumiylikka
har bir ijtimoiy fan insonning mohiyati, uning xilma-xil faoliyati qirralarini
o’rganish bilan shug’illanishi sababchidir. Insonni, uning hayoti va faoliyatining
muhim tomonlarini chuqurroq o’rganishda bunday alohidalik muhim ma’no va
ahamiyat kasb etadi.
Bizga ma'lumki, inson huquqi, ularning tеngligi masalasi ko`hna tarix kabi
qadimiydir. Jamiyat taraqqiyotida insonlarning haq-huquqlari va ularning tеngligi
masalasi ilg`or fikrli kishilarni muttasil jalb etib kеlgan. Tarix sahifalari o`zida
inson huquqlari masalasiga doir ko`plab e'tiborli voqеa va faktlarni, xalqning
intilish va harakatlarini muhrlagani hammaga ayon. Insoniyat taraqqiyoti tarixi
1
Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон деларацияси.– T., 1998. -3-б.
2
Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press, 2012. -24-б.
15
shunday guvohlik bеradiki, qayerda dеmokratiya ildiz otsa, o`sha joyda inson
huquqlari, fuqarolarning tеngligi masalasi alohida dolzarblik kasb etadi.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, inson huquqlari g’oyalarining rivojlanishi
xususida so’z borganda asosan G’arb olimlari, mutafakkirlari tomonidan yaratilgan
asarlar, ularning ta’limoti tilga olinadi. Boshqacha aytganda g’arbona yondashuv
(“yevrosentrizm”) ga ko’p e’tibor beriladi. Inson huquqlarining paydo bo’lishi va
rivojlanishi bo’yicha yevropasentrik (ya’ni, bu sohada Yevropa dastlab markaz
bo’lgan va u yerdan tarqalgan) va osiyosentrik (ya’ni, bu sohadagi g’oyalar
dastlab Osiyoda paydo bo’lgan va bu g’oyalarning keng tarqalishiga katta hissa
qo’shgan) qarashlar o’rtasidagi baxs-munozara hali-hamon davom etib keladi.
1
Yunon-Makedoniya, Rim, Vizantiya va Usmoniylar imperiyalarida
yevropaliklar, osiyolik va afrikaliklar ham yashagani bois, ular o’rtasida madaniy
almashinuv jarayoni uzluksiz kechgan. Chunonchi, “g’arbiy” Rim huquqi
“sharqiy” yahudiylar huquqiga, qolaversa, “g’arbiy” nasroniylar huquqiga ta’sir
etgan, ana shu nasroniy huquq esa, mustamlaka bosqinlari davrida ko’pgina
“sharqiy” huquqiy an’analarga o’z ta’sirini o’tkazgan. Shu sababli ham, inson
huquqlari sharqda qanday shakllanganligini tahlil etmay turib, inson huquqlari
bo’yicha xalqaro huquqning kelgusi rivojini anglab olish qiyin
2
.
Vaholanki, inson huquqlari g’oyalarining rivojlanishi Sharqda kurtak yoya
boshlagan, qadimgi Sharqda inson huquqlari to’g’risida fikr yuritilganda, birinchi
o’rinda Zardushtiylik dini va uning muqaddas kitob “Avesto”ga to’xtalib o’tish
maqsadga muvofiqdir.
Zardushtiylikda markaziy o’rinlardan birini qonun, shartnoma va tanlash
katigoriyalari egallaydi. Zardushtiylikning muqaddas kitobining uchdan bir qismini
qonunlar tashkil etib, ularning maqsadi mukammal, barcha munosabatlarda
uyg’unlashgan, gullab-yashnaydigan jamiyatni qurishdir
3
.
1
Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлариi. - T.: Адолат, 2013. -74-б.
2
Саидов А.Х., Жузжоний А.Ш. Шарқ свилизацияси: Инсон ва ҳуқуқ.. – T.:Адолат, 2005. -78-б.
3
O’sha manba. 75-b.
16
Bu kitobda insonni ulug’lash, unga hurmat bilan muomalada bo’lish, odamlar
bir-biriga g’amho’rlik qilishlari kerakligi, yaqinlariga yaxshilik qilishlari haqida
ko’plab ma’lumotlar keltirilgan.
Huquqshunos N. Safo-Isfihoninyning ta’kidlashicha, “qonun tushunchasi
zardushtiylikning ilk bosqichlaridanoq uning muhim tarkibiy qismi bo’lgan.
Zardushtiylikka xos muqaddas kitobning uchdan bir qismi turli bosqich va
sohadagi qonunga taaluqli edi”, zardushtlarning “amaliy qonunlar”ni o’zida
mujassam etgan muqaddas kitobi – “Avesto”ning maqsadi esa, “har jihatdan va
hamma munosabatlarda uyg’unlikka erishiladigan, uyushgan, gullab-yashnayotgan
jamiyat barpo etish”
1
dan iborat bo’lgan. Zardushtiylik huquqining diniy
xususiyatiga qaramay, etnik mansubligi, dini, yoshi, jinsi va qaysi tabaqa
mansubligidan qat’iy nazar, shaxs huquqlari unda Rim huquqidan ham bo’lmagan
darajada shakllangan va qaror topgan. Shu bois, tadqiqotchilar zardushtiylik
qonunlari “odamlarning xohish-irodasi erkinligiga e’tibor beradi”
2
, deb
ta’kidlashlari bejis emas.
Bundan tashqari bu sohaga sharq mutafakkirlarining qo’shgan hissasi ham
katta bo’lgan. Jumladan, Abu Nosir Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur,
Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur
kabi buyuk allomalar insonni tabiatning buyuk ne’mati hisoblab, uni ulug’lab
kelganlar.
Jumladan, Abu Nasr Farobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” degan asarining
“Fozillar shahri hokimining fazilatlari” bo’limida inson huquqlari, insoniylik,
odillikka ahamiyat qaratgan. Yana bir sharq renessansining namoyandasi Abu Ali
ibn Sino bo’lib, u jamiyatdagi tengsizlik va adolatsizliklarni qoralaydi, norozilik
bildiradi. U hukumdorlar, amir va beklarni insof va adolatga chaqirar ekan,
birinchi o’ringa insonni, uning huquq va erkinliklarini qo’yadi. Alloh oldida
1
Safa-Isfehani N. Rivayat-I Hemat-I Asawahistan: A Study in Zoroastrian Law (Harvard Iranian Ser). – Cambridge,
1980. Vol. 2. – P.I.// Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. Дарслик. – T.: Konsauditinform-
Nashr, 2006. - 34-б.
2
Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. Дарслик. – T.: Konsauditinform-Nashr, 2006. - 36-б.
17
barchaning teng ekanligini ta’kidlab, u har qanday jamiyat, davlat adolatni himoya
etuvchi huquqiy qonunlar asosida idora etilishini talab qiladi.
1
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki inson huquqlari keng ko’lamli tushuncha
hisoblanadi, uni himoya qilish esa har bir erkin fuqarolik jamiyatini qurayotgan
davlatning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Inson huquqlarini himoya qilish
zaruratini paydo bo’lishini hayotning o’zi taqazo etdi. Chunki, XX asr birinchi
yarmida butun dunyoda inson huquq va erkinliklari poymol qilinayotgan davr edi.
Ana shu davrga kelib inson huquq va erkinliklarini himoya qilish butun dunyo
ommasining muhim vazifasiga aylanib ulgurdi va bu sohada ko’plab ishlar amalga
oshirildi va hozirgi kunda ham amalga oshirilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |