40
– bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari talablari qondi-
rilganidan so‘ng
qondirilishi;
– aksiya egasining tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy bank
ruxsatisiz to‘lanishi mumkin emas;
– bankning har qanday zararlarini qoplashi va bankni to‘lovga qobiliyat-
siz deb e’lon qilish huquqini bermasligi;
– agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan bo‘lsa, emitent xo-
hishiga ko‘ra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash
to‘g‘risida qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividend larni
to‘lash muddati kechiktirilishi mumkinligi;
a)
Subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, bank
kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‘ng I darajali kapitalning
50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz
to‘lash muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga
kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz
quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– garov ta’minotiga ega bo‘lmaslik;
– bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar depozitor-
lar talablari qondirilganidan so‘ng amalga oshirilishi;
– boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan ortiq bo‘lishi lozim.
Bank kapitalining bosh maqsadi – riskni kamaytirish, «himoya devori»
sifatida
zararlarni qoplab, bank to‘lovga qobilligini saqlash imkonini berish-
dir. Shu bilan birga kapital bankni likvidlik muommasidan himoya qiladi va
moliyaviy resurslar bozoriga kirish imkonini ta’minlaydi.
Zero, yirik kapital bankka barqaror obro‘, omonatchilar ishonchini beradi.
Bank kapitali mijozlarning bankka ishonchini mustahkamlaydi va kreditor-
larni uning moliyaviy kuchiga ishontiradi. Bank kapitali bankning har qanday
holatda mijozlarning kreditga bo‘lgan talabini qondira olishiga ishontirish
uchun yetarlicha katta bo‘lishi kerak.
Tijorat banklari kapital miqdori (Markaziy bank talabidan oshgan qismi)
ularning o‘zi tomonidan mustaqil belgilansada, u ko‘p omillarga bog‘liq:
Birinchidan, bank uchun zarur bo‘lgan kapital miqdori uning mijozlari
xususiyatlariga bog‘liq. Ya’ni mijozlar ichida yirik
kreditga muhtoj korxona-
lar ko‘p bo‘lishi bank kapitali miqdorining ko‘p bo‘lishini talab qiladi.
Ikkinchidan, tijorat banki kapitali miqdori uning aktiv operatsiyalariga
bog‘liq. Bank operatsiyalari ko‘proq yuqori tavakkalchilik operatsiyalariga
bog‘liq bo‘lsa, u holda bankning kapitali ham ko‘p bo‘lishi kerak.
Uchinchidan, bank kapitali miqdori Markaziy bank yuritayotgan pul-
kredit siyosati va kredit resurslari bozori rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
41
Bank kapitali bankning uzoq vaqt samarali va barqaror faoliyat ko‘r-
satishining asosiy omili hisoblanadi. Chunki:
Birinchidan, bank kapitali «Qora kun» uchun asosiy resurs hisoblanadi,
bank joriy yo‘qotishlarni kapital hisobidan qoplash yo‘li bilan yuzaga kelgan
muammolarni hal qilish, bankni bankrotlikdan saqlab qolishi mumkin.
Ikkinchidan, bank kapital bank o‘z faoliyatini keng qamrovli olib borib
mablag‘larni
jalb qilish, resurs bazasini tashkil qilguncha uning faoliyatini
asosiy manbasi hisoblanadi.
Uchinchidan, bank kapitali bank faoliyatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib,
bankning obro‘sini oshirib, mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchini mustah-
kamlaydi.
To‘rtinchidan, kapital bankning tashkiliy jihatdan o‘sishiga, yangi xiz-
matlar ko‘rsatishga imkon beruvchi manba shaklida namoyon bo‘ladi.
Bank kapitali bankning uzoq muddatdagi kelajagini, hayotiyligini va
o‘sishini bir maromga keltirib turuvchi regulyator hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, bank kapitali – bu bank tijorat faoliyatining asosi
bo‘lib, uning mustaqilligini ta’minlaydi va moliyaviy
barqarorligini kafolat-
laydi hamda bank risklarining salbiy oqibatlarini yengillashtiradi.
Bank kapitali bank balansining passivida joylashgan bo‘lib, bank bankrot
holatiga tushganda da’volarni qoplashning muhim qoplash (zaxira) fondi
hamda bank operatsiyalarini rivojlanishi uchun moliyalashtirish manbasi
bo‘lib hisoblanadi.
Bank barqarorligini ta’minlash, xavf-xatarli qo‘yilmalarni sug‘urtalash
hamda aktiv va passiv operatsiyalar orasidagi chegaralarni aniqlashda bank
kapitali muhim asos hisoblanadi.
Bank kapitali likvidlikning kafolatlangan manbasi bo‘lib, u maksimal
jalb qilish mumkin bo‘lgan resurslarni aniqlaydi va kredit operatsiyalarini
bajarishda maksimum qo‘yish mumkin bo‘lgan xatarni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: