140
3-bob. Old tarixning manbashunosligi va tarixnavisligi
3.1.
Old tarix manbashunosligi.
Ilmiy manbalari va ularning turlari.
Ma'lumki
kishilik jamiyati
tarixining boshlang‘ich davri uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Tarix bir-biridan
farq qiluvchi turli ijtimoiy tuzum va tarixiy davrlarga bo‘linadi. bashariyat
tarixini o‘rganish esa nihoyat darajada
murakkab, ayni vaqtda sharafli vazifadir.
Bashariyat tarixining har bir davri mazkur davr uchun xos bo‘lgan ilmiy
manbalarga asoslanib o‘rganiladi va qayta tiklanadi.
Insoniyat tarixining juda katta ibtidoiy va qadimiy davri moddiy
buyumlarga asoslanib o‘rganilsa, keyingi davrlari tarixi esa asosan yozma
manbalarga va arxeologik ashyolarga asoslanib o‘rganiladi.
Ma'lumki, kishilikning old tarixi juda katta tarixiy davrni 4,5-4
million
yilni o‘z ichiga olar ekan, kishilik jamiyati tarixining 1800 qismi yozma tarix
asosida, 799 800 qismi esa arxeologik-moddiy manbalarga asoslanib o‘rganiladi.
Uzoq davom etgan mazkur tarixiy davrda tabiatning turli-tuman xodisalari
girdobida yashagan ibtidoiy kishilar yer sharining katta
qismida tarqalib turli
geografik muhitlarda xayot kechirib tirikchilik o‘tkazganlar. Shunday ekan,
ibtidoiy davr kishilari tirikchilikning asosiy manbai ularni o‘rab turgan
geografik muxitning turli shart-sharoitlariga muvofiq dastlab o‘zlashtiruvchi
xo‘jalik-ovchilik,
termachilik va baliqchilik, keyinchalik esa ishlab chiqarish
xo‘jaligi-dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikdan keladigan
maxsulotlar bo‘lganligi shubxasizdir. Ibtidoiy kishilar yashash sharoiti o‘z
tirikchilik vositalariga muvofiq keladigan qurol-yarog‘, asbob-uskuna. Turar-joy
va boshqa
turli narsalarni yaratganlaki, ular yaratgan barcha buyumlarning
qoldiqlari, shuningdek o‘sha davr kishilarining ustixonlari,
kalla suyaklari va
ularning qoldiqlari yer ostida saqlanib keladi. Bu vositalar kishilikning ibtidoiy
davrini o‘rganish va qayta tiklanishning asosiy manbalari bo‘lib hizmat qiladi.
Shuni ta'kidlamoq kerakki, ibtidoiy tarixni o‘rganish, bilish va qayta
tiklanishning asosiy manbalari va ularning turlari haqida olimlar orasida qizg‘in
141
bahs boradi.
Kishilikning keyingi davr tarixini o‘rganishda olimlar asosan yozma
manbalarga suyanadilar.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yozuv va yozma manbalar bo‘lmagan. Shu
tufayli yozuv va yozma manbalar ibtidoiy davr tarixini qayta tiklashning asosiy
manbai bo‘laolmaydi. lekin ibtidoiy
davrning shunday ajoyib, nodir manbalari
borki, ular yer yuzida insoniyatning vujudga kelishi,
rivojlanish bosqichlari,
xo‘jaligi, ijtimoiy munosabatlari va ma'naviy madaniyat haqida yetarlicha
ma'lumot berishi mumkin.
Ibtidoiy jamiyat tarixini qayta tiklash va o‘rganish ilmiy manbalari xilma-
xildir. Ular arxeologiya,
etnografiya, tarixiy antropologiya, geologiya,
arxeozoologiya, arxeobotanika, tilshunoslik, informatika, xalq og‘zaki ijodiyoti
va qisman yozma manbalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: