A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Каримов И.А. Асарлар т^плами. Хавфсизлик ва тинчлик учун



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

115 Каримов И.А. Асарлар т^плами. Хавфсизлик ва тинчлик учун
курашмок керак. 10-том. - Тошкент: Узбекистан, 2002. - Б. 141.
116 Fange, A. The Emergency Loya Jirga / Snapshots o f an Intervention. The
Unlearned Lessons o f Afghanistan’s Decade o f Assistance (2001-11). Martine
van Bijlert and Sari Kouvo (editors). - Kabul: Afghanistan Analysts Network
(AAN), 2 0 1 2 .- P . 14-17.


ko‘zga tashlanmoqda va bunday holat o‘z navbatida yangi afg‘on 
davlatining keyingi rivojlanish yo‘li hamda tendensiyalarini belgilab 
berishi mumkin.
AFG‘ONISTON ISLOM RESPUBLIKASIDAGI
IJTIMOIY-SIY OSIY JARAYONLAR
Afg‘onistonda konfliktdan keyingi davrda qonun ustuvorligini 
ta’minlash maqsadida samarali huquq tizimining shakllantirilishi 
dolzarb masalaga aylandi. Bu borada demokratik tamoyillar 
hamda islom dini normalari asosida mamlakat yangi Konstitutsi- 
yasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb 
etdi. Afg‘oniston konstitutsiyaviy islohotlar doirasida o‘ziga xos 
tajribaga egadir. Jumladan, mamlakatda birinchi konstitutsiya 
1923-yilda qabul qilingan bo‘lsa, ikkinchisi 1931-yilda, uchinchisi 
1964-yilda, to‘rtinchisi 1977-yilda va beshinchisi 1987-yilda qabul 
qilingan edi.
MaTumki, mujohidlar hukmronligi davrida mamlakatda Konsti­
tutsiya yo‘q edi. Mujohidlar o‘z boshqaruvida islom dini an’analari 
va shariat ahkomlarini asos qilib olgan edilar.
Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga toliblar kelganda, dastlab 
Konstitutsiya qabul qilish bo‘yicha rejalar mavjud bo‘lgan. Bu 
borada toliblarga, hatto, bir qator ko‘zga ko‘ringan pokistonlik 
dindorlar ham o‘z takliflarini berishgan edi. Lekin, keyinchalik 
“Tolibon” harakati Afg‘oniston Islom Amirligi qonunchilik asosini 
shariat qoidalari tashkil etishini, shuning uchun ular biror-bir 
konstitutsiyaga muhtoj emasliklarini ma’lum qilishdi.
2001-yil so‘nggida Afg‘onistonda “Tolibon” hukumati bartaraf 
etilgach, mamlakatning tarixda mavjud bo‘lgan konstitutsiyalari 
orasida eng liberal va demokratik xarakterga egaligi bilan ajralib tu- 
ruvchi 1964-yilgi konstitutsiya yangi konstitutsiya qabul qilinguniga 
qadar vaqtincha amalda bo‘lib turdi.
2001-yil dekabr oyi oxiridan boshlab o‘z faoliyatini boshlagan 
H.Karzay yetakchiligidagi muvaqqat hukumat ham aynan ush-


bu konstitutsiya normalariga tayangan holda ish yuritdi. Bi­
roq, H.Karzayning muvaqqat hukumati o‘z faoliyatida 1964-yilgi 
konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan monarxiya davlat boshqaruvi 
shaklini o‘zida aks ettiruvchi normalarini istisno etgan holda 
foydalanib keldi.
2002-yilning iyun oyida tashkil etilgan Afg‘onistonning o‘tish 
hukumati oldiga yangi Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish va 
uni qabul qilish vazifasi qo‘yildi. Mazkur majburiyat 2001-yil 5- 
dekabrdagi Bonn kelishuvida o‘z aksini topgan “afg‘on xalqining 
ijtimoiy adolatlilik, plyuralizm, demokratiya va islom tamoyillariga 
asoslanuvchi o‘z siyosiy taqdirini o‘zi erkin hal qilish huquqi”ni 
amalda namoyon bo‘lishini ko‘zda tutar edi.
2003-yil dekabr oyining o‘rtalaridan 2004-yilning yanvar oyi 
boshlariga qadar Kobulda ish olib borgan navbatdagi Luye Jirgeda 
Konstitutsiyani ishlab chiqish komissiyasi tomonidan yaratilgan 
hamda xalq muhokamasidan o‘tkazilgan Afg‘oniston tarixidagi 
yangi Konstitutsiya qabul qilindi.
Yangi Konstitutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida 
quyidagi to‘rtta asosiy muammo - davlat tuzilish shakli (unitar yoki 
federativ), davlat boshqaruv shakli (monarxiya yoki respublika), 
jamiyat hayotida islomning o‘mi va ahamiyati hamda ayollar huquqi 
masalalari doirasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi.
Yangi Konstitutsiya loyihasining muhokamasi jarayonida 
xalqaro ekspertlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari tomonidan 
ko‘plab ijobiy va salbiy fikr hamda mulohazalar bildirildi. Shuning­
dek, Afg‘onistondagi yetakchi siyosiy kuchlar yangi konstitutsiya 
loyihasini tanqid qilib, Asosiy Qonun inson huquqlarining tengligi- 
ni ta’minlab bera olmasligini ta’kidlab o ‘tishgan edi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning oldida turgan eng o‘tkir 
muammolardan biri bu Afg‘onistonning davlat boshqaruv shakli 
borasidagi masala edi. Afg‘oniston kelgusida respublika yoki 
monarxiya shaklidagi davlat sifatida mavjud bo‘lishi masalasi 
qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi hamda ko‘pchilik 
ekspertlar va mamlakatdagi siyosiy kuchlar monarxiya shaklidagi


dav lat 
boshqaruv shaklini ilgari surishiga qaramasdan, H.Karzay 
rahbarligidagi o‘tish hukumati tashqi kuchlar da’vati bilan 
mamlakatda G‘arb madaniyatiga xos bo‘lgan, afg‘on xalqining 
urf-odatlari va madaniyatiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan o‘ta 
markazlashgan, mutlaqo ko‘p vakolatlami o‘z qo‘lida to‘plovchi 
prezidentlik respublikasini joriy etish tarafdori edi.
H.Karzay qat’iy shartlami qo‘yib, agar Konstitutsiyada davlat 
boshqaruvining prezidentlik shakli qayd etilmasa, 2004-yilgi prezi­
dentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymasligini e ’lon qildi.
Afg‘onistonda kuchli prezidentlik boshqamvini joriy etish 
g‘oyasi tarafdorlari mazkur davlat boshqaruvi shakli mamlakatda 
kelgusida milliy birlikka erishish yo‘lida yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan barcha muammo va to ‘siqlaming hal etilishida samarali 
mexanizm bo‘lishligini ta’kidlab o‘tishdi.
Konstitutsiya qabul qilinishi arafasida afg‘on aholisining 
ko‘pchilik qismi Afg‘onistonda prezidentlik respublikasi bosh­
qaruvining joriy etilishi tarafdori edi. Lekin, mamlakat aholisining 
yana bir qismi yangi shakllanayotgan hokimiyat tizimida davlat 
boshqaruvining parlamentar respublika shaklini ham ma’qulladi.
Afg‘onistonda davlat boshqamvining parlamentar respublika 
shaklini ma’qullovchi aholi asosan, Afg‘onistonning shimolidagi 
tojiklar, o‘zbeklar, hazoriylar va turkmanlardan iborat bo‘lgan et- 
nik kamchiliklaming vakillari bo‘lib, ular davlat boshqamvining 
prezidentlik shakliga e’tiroz bildirishib, hududlaming avtonomligi, 
parlamentda keng vakillikning mavjud bo‘lishi va o‘z tillarida ta’lim 
olish kabi normalar yangi Konstitutsiyada o‘z aksini topishini talab 
qilishdi.
Afg‘onistonda parlamentar davlat boshqamv shaklini joriy etish 
g‘oyasining tarafdori Afg‘oniston Islom Jamiyati (AIJ) yetakchisi, 
ilohiyot professori B.Rabboniy edi. AIJ a’zosi Sayyid Inoyatulla 
Shadab juda ko‘p vakolatga ega prezidentlik davlat boshqamvi 
shakli “mamlakat uchun xavfli” ekanligi haqida fikr bildirdi. 
Afg‘oniston Islom Jamiyatining bir qator yetakchi siyosatchilari 
ham “mamlakatdagi mavjud sharoitda bir shaxsga shunchalik ko‘p


vakolat berilishi diktaturaga olib kelishi mumkin”ligini ta’kidlab 
o‘tishdi. AIJ faoli, mamlakatning sobiq mudofaa vaziri marshal 
Muhammad Qosim Fahim ham shunday fikrda edi.
Konstitutsiyada prezidentning davlat boshqaruvida mutloq 
vakolatlami egallashi ko‘zda tutilayotganligi Afg‘onistondagi 
boshqa bir qator siyosatchilar tomonidan ham mamlakat kelajagi 
uchun tahdid sifatida baholandi va ular mavjud sharoitda ho- 
kimiyat bitta kuchli etnos vakili qo‘lida to‘planishi ehtimolini 
yuzaga keltirishidan xavotirda ekanliklarini ma’lum qilishdi. 
Ba’zi siyosatchilar mamlakatda prezident bilan hokimiyatni 
bo‘lishgan holda boshqarishi lozim bo‘lgan hamda shu orqali davlat 
boshqaruvida kuchlar muvozanatini ta’minlashi mumkin bo‘lgan 
Bosh vazir lavozimining joriy etilishini ham talab qilishdi.
Konstitutsiya loyihasida Afg‘onistonning yangidan barpo 
etilayotgan siyosiy tizimida islom dinining o‘mi va ahamiyati masalasi 
ham keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Loyihada (2-modda) islom 
“Afg‘oniston dini” sifatida belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, “biror- 
bir qonun muqaddas islom diniga zid kelishi mumkin emas”ligi qat’iy 
ko‘rsatib qo‘yildi. So‘ngra, ushbu normalar bir ovozdan qo‘llab- 
quwatlandi va Konstitutsiyada o‘z aksini topdi.
Umuman olganda, 2004-yil 4-yanvarda uzoq tortishuv va 
bahslardan so‘ng Afg‘onistonning yangi Konstitutsiyasi qabul 
qilindi. Konstitutsiya 162 moddadan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 
davlatning rasmiy nomi 

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish