115 Каримов И.А. Асарлар т^плами. Хавфсизлик ва тинчлик учун
курашмок керак. 10-том. - Тошкент: Узбекистан, 2002. - Б. 141.
116 Fange, A. The Emergency Loya Jirga / Snapshots o f an Intervention. The
Unlearned Lessons o f Afghanistan’s Decade o f Assistance (2001-11). Martine
van Bijlert and Sari Kouvo (editors). - Kabul: Afghanistan Analysts Network
(AAN), 2 0 1 2 .- P . 14-17.
ko‘zga tashlanmoqda va bunday holat o‘z navbatida yangi afg‘on
davlatining keyingi rivojlanish yo‘li hamda tendensiyalarini belgilab
berishi mumkin.
AFG‘ONISTON ISLOM RESPUBLIKASIDAGI
IJTIMOIY-SIY OSIY JARAYONLAR
Afg‘onistonda konfliktdan keyingi davrda qonun ustuvorligini
ta’minlash maqsadida samarali huquq tizimining shakllantirilishi
dolzarb masalaga aylandi. Bu borada demokratik tamoyillar
hamda islom dini normalari asosida mamlakat yangi Konstitutsi-
yasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb
etdi. Afg‘oniston konstitutsiyaviy islohotlar doirasida o‘ziga xos
tajribaga egadir. Jumladan, mamlakatda birinchi konstitutsiya
1923-yilda qabul qilingan bo‘lsa, ikkinchisi 1931-yilda, uchinchisi
1964-yilda, to‘rtinchisi 1977-yilda va beshinchisi 1987-yilda qabul
qilingan edi.
MaTumki, mujohidlar hukmronligi davrida mamlakatda Konsti
tutsiya yo‘q edi. Mujohidlar o‘z boshqaruvida islom dini an’analari
va shariat ahkomlarini asos qilib olgan edilar.
Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga toliblar kelganda, dastlab
Konstitutsiya qabul qilish bo‘yicha rejalar mavjud bo‘lgan. Bu
borada toliblarga, hatto, bir qator ko‘zga ko‘ringan pokistonlik
dindorlar ham o‘z takliflarini berishgan edi. Lekin, keyinchalik
“Tolibon” harakati Afg‘oniston Islom Amirligi qonunchilik asosini
shariat qoidalari tashkil etishini, shuning uchun ular biror-bir
konstitutsiyaga muhtoj emasliklarini ma’lum qilishdi.
2001-yil so‘nggida Afg‘onistonda “Tolibon” hukumati bartaraf
etilgach, mamlakatning tarixda mavjud bo‘lgan konstitutsiyalari
orasida eng liberal va demokratik xarakterga egaligi bilan ajralib tu-
ruvchi 1964-yilgi konstitutsiya yangi konstitutsiya qabul qilinguniga
qadar vaqtincha amalda bo‘lib turdi.
2001-yil dekabr oyi oxiridan boshlab o‘z faoliyatini boshlagan
H.Karzay yetakchiligidagi muvaqqat hukumat ham aynan ush-
bu konstitutsiya normalariga tayangan holda ish yuritdi. Bi
roq, H.Karzayning muvaqqat hukumati o‘z faoliyatida 1964-yilgi
konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan monarxiya davlat boshqaruvi
shaklini o‘zida aks ettiruvchi normalarini istisno etgan holda
foydalanib keldi.
2002-yilning iyun oyida tashkil etilgan Afg‘onistonning o‘tish
hukumati oldiga yangi Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish va
uni qabul qilish vazifasi qo‘yildi. Mazkur majburiyat 2001-yil 5-
dekabrdagi Bonn kelishuvida o‘z aksini topgan “afg‘on xalqining
ijtimoiy adolatlilik, plyuralizm, demokratiya va islom tamoyillariga
asoslanuvchi o‘z siyosiy taqdirini o‘zi erkin hal qilish huquqi”ni
amalda namoyon bo‘lishini ko‘zda tutar edi.
2003-yil dekabr oyining o‘rtalaridan 2004-yilning yanvar oyi
boshlariga qadar Kobulda ish olib borgan navbatdagi Luye Jirgeda
Konstitutsiyani ishlab chiqish komissiyasi tomonidan yaratilgan
hamda xalq muhokamasidan o‘tkazilgan Afg‘oniston tarixidagi
yangi Konstitutsiya qabul qilindi.
Yangi Konstitutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida
quyidagi to‘rtta asosiy muammo - davlat tuzilish shakli (unitar yoki
federativ), davlat boshqaruv shakli (monarxiya yoki respublika),
jamiyat hayotida islomning o‘mi va ahamiyati hamda ayollar huquqi
masalalari doirasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi.
Yangi Konstitutsiya loyihasining muhokamasi jarayonida
xalqaro ekspertlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari tomonidan
ko‘plab ijobiy va salbiy fikr hamda mulohazalar bildirildi. Shuning
dek, Afg‘onistondagi yetakchi siyosiy kuchlar yangi konstitutsiya
loyihasini tanqid qilib, Asosiy Qonun inson huquqlarining tengligi-
ni ta’minlab bera olmasligini ta’kidlab o ‘tishgan edi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning oldida turgan eng o‘tkir
muammolardan biri bu Afg‘onistonning davlat boshqaruv shakli
borasidagi masala edi. Afg‘oniston kelgusida respublika yoki
monarxiya shaklidagi davlat sifatida mavjud bo‘lishi masalasi
qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi hamda ko‘pchilik
ekspertlar va mamlakatdagi siyosiy kuchlar monarxiya shaklidagi
dav lat
boshqaruv shaklini ilgari surishiga qaramasdan, H.Karzay
rahbarligidagi o‘tish hukumati tashqi kuchlar da’vati bilan
mamlakatda G‘arb madaniyatiga xos bo‘lgan, afg‘on xalqining
urf-odatlari va madaniyatiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan o‘ta
markazlashgan, mutlaqo ko‘p vakolatlami o‘z qo‘lida to‘plovchi
prezidentlik respublikasini joriy etish tarafdori edi.
H.Karzay qat’iy shartlami qo‘yib, agar Konstitutsiyada davlat
boshqaruvining prezidentlik shakli qayd etilmasa, 2004-yilgi prezi
dentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymasligini e ’lon qildi.
Afg‘onistonda kuchli prezidentlik boshqamvini joriy etish
g‘oyasi tarafdorlari mazkur davlat boshqaruvi shakli mamlakatda
kelgusida milliy birlikka erishish yo‘lida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan barcha muammo va to ‘siqlaming hal etilishida samarali
mexanizm bo‘lishligini ta’kidlab o‘tishdi.
Konstitutsiya qabul qilinishi arafasida afg‘on aholisining
ko‘pchilik qismi Afg‘onistonda prezidentlik respublikasi bosh
qaruvining joriy etilishi tarafdori edi. Lekin, mamlakat aholisining
yana bir qismi yangi shakllanayotgan hokimiyat tizimida davlat
boshqaruvining parlamentar respublika shaklini ham ma’qulladi.
Afg‘onistonda davlat boshqamvining parlamentar respublika
shaklini ma’qullovchi aholi asosan, Afg‘onistonning shimolidagi
tojiklar, o‘zbeklar, hazoriylar va turkmanlardan iborat bo‘lgan et-
nik kamchiliklaming vakillari bo‘lib, ular davlat boshqamvining
prezidentlik shakliga e’tiroz bildirishib, hududlaming avtonomligi,
parlamentda keng vakillikning mavjud bo‘lishi va o‘z tillarida ta’lim
olish kabi normalar yangi Konstitutsiyada o‘z aksini topishini talab
qilishdi.
Afg‘onistonda parlamentar davlat boshqamv shaklini joriy etish
g‘oyasining tarafdori Afg‘oniston Islom Jamiyati (AIJ) yetakchisi,
ilohiyot professori B.Rabboniy edi. AIJ a’zosi Sayyid Inoyatulla
Shadab juda ko‘p vakolatga ega prezidentlik davlat boshqamvi
shakli “mamlakat uchun xavfli” ekanligi haqida fikr bildirdi.
Afg‘oniston Islom Jamiyatining bir qator yetakchi siyosatchilari
ham “mamlakatdagi mavjud sharoitda bir shaxsga shunchalik ko‘p
vakolat berilishi diktaturaga olib kelishi mumkin”ligini ta’kidlab
o‘tishdi. AIJ faoli, mamlakatning sobiq mudofaa vaziri marshal
Muhammad Qosim Fahim ham shunday fikrda edi.
Konstitutsiyada prezidentning davlat boshqaruvida mutloq
vakolatlami egallashi ko‘zda tutilayotganligi Afg‘onistondagi
boshqa bir qator siyosatchilar tomonidan ham mamlakat kelajagi
uchun tahdid sifatida baholandi va ular mavjud sharoitda ho-
kimiyat bitta kuchli etnos vakili qo‘lida to‘planishi ehtimolini
yuzaga keltirishidan xavotirda ekanliklarini ma’lum qilishdi.
Ba’zi siyosatchilar mamlakatda prezident bilan hokimiyatni
bo‘lishgan holda boshqarishi lozim bo‘lgan hamda shu orqali davlat
boshqaruvida kuchlar muvozanatini ta’minlashi mumkin bo‘lgan
Bosh vazir lavozimining joriy etilishini ham talab qilishdi.
Konstitutsiya loyihasida Afg‘onistonning yangidan barpo
etilayotgan siyosiy tizimida islom dinining o‘mi va ahamiyati masalasi
ham keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Loyihada (2-modda) islom
“Afg‘oniston dini” sifatida belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, “biror-
bir qonun muqaddas islom diniga zid kelishi mumkin emas”ligi qat’iy
ko‘rsatib qo‘yildi. So‘ngra, ushbu normalar bir ovozdan qo‘llab-
quwatlandi va Konstitutsiyada o‘z aksini topdi.
Umuman olganda, 2004-yil 4-yanvarda uzoq tortishuv va
bahslardan so‘ng Afg‘onistonning yangi Konstitutsiyasi qabul
qilindi. Konstitutsiya 162 moddadan iborat bo‘lib, unga ko‘ra
davlatning rasmiy nomi
Do'stlaringiz bilan baham: |