hokimiyatni qo‘lga kiritgan B.Yelsin (1991-1999) boshchiligidagi
Rossiya Federatsiyasi hamda AQSH hukumati o‘rtasida 1991-yilning
sentabrida imzolangan shartnomaga ko‘ra, 1992-yil 1-yanvardan
boshlab Afg‘onistondagi Najibullo hukumatiga qurol-yarog‘ va
boshqa turli ko‘makning yetkazib berilishini to‘xtatishga keli-
shib olindi. Rossiya Federatsiyasi AQSH bilan tuzilgan mazkur
kelishuvga qat’iy amal qilgan bo‘lsa-da, rasmiy Vashington afg‘on
mujohidlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirdi.
Shu bilan birga, Pokiston, Saudiya Arabistoni va ba’zi davlatlar esa
mujohidlarga qurol-yarog1 yetkazib berishda davom etdilar.
Rasmiy Moskvaning Najibullo hukumatini qo‘llab-quvvat-
lashdan butkul voz kechishini mujohidlar katta xursandchilik bilan
kutib oldilar va Jalolobod, Xost, Qandahor, Kobulda hamda Salang
tunnelida keng ko‘lamli hujumga o‘tdilar. Hukumatning harbiy
harakatlarda
sustligi, muammoni kuch bilan hal qilishga bo‘lgan
ishonch, afg‘on armiyasi orasida muxolifatning buzg‘unchilik
faoliyatining oshib borishi, iqtisodiy holatning yaxshilanishiga
nisbatan umidning yo‘qolishi Najibullo hokimiyatining qulashiga
olib keldi.
1992-yilning bahoriga kelib BMT tomonidan afg‘on muammo-
sini bartaraf etish bo‘yicha reja ishlab chiqildi. Unga ko‘ra,
Afg‘oniston Respublikasi prezidenti va uning hukumati a’zolarining
iste’foga chiqishi, umumiy demokratik saylovlami tashkil etish va
o‘tkazish bo‘lgan muvaqqat betaraf hukumat
tuzilishi nazarda tu-
tilgan edi. 1992-yil 18-mart kuni Najibullo tuzilajak muvaqqat
hukumatga hokimiyatni topshirish taklifi bilan chiqdi va 16-aprel
kuni lavozimidan ketdi.
Aynan shu davrda Pokiston va Eronda uzoq yillardan beri
Afg‘onistondagi sho‘roparast hokimiyatga qarshi qurolli kurash olib
borgan - “Yettilar Ittifoqi” hamda “Shia sakkizligi”ga birlashgan
mujohidlar mamlakat siyosiy sahnasiga kirib kelishdi.
Mamlakatda
yangi siyosiy vaziyat yuzaga keldi. “Afg‘oniston mujohidlarining
islomiy ittifoqi” (“Yettilar Ittifoqi”) AQSH va Pokiston bosimi
ostida Peshovar shahrida o‘zining o‘tish hukumatini tuzdi va
bundan maqsad Kobulda hokimiyatni egallash edi. Mazkur o‘tish
hukumatiga sobiq qirol M.Zohirshoh yetakchiligida yangi hukumat
tuzish tarafdorlari ham, shia mazhabiga
mansub mujohidlaming
vakillari ham kiritilmadi. Bu kelgusida hokimiyatni egallash,
mujohidlar o‘rtasida bartaraf etib bo‘lmas kelishmovchiliklaming
vujudga kelishiga zamin yaratdi.
Shu tariqa 1991 -yil 16-aprel kuni Najibullo muvaqqat hukumat-
ga hokimiyatni topshirdi va shu yilning 28-aprel kuni Afg‘onistonni
qutqarish milliy fronti yetakchisi S.Mujaddadiy boshchiligidagi Pe-
shavarda shakllangan mujohidlaming muvaqqat Kengashi vakillari
Kobulga yetib keldilar. Ushbu Kengash mamlakat qonuniy huku
mati funksiyalarini o‘z zimmasiga oldi.
Mamlakat parlamenti tarqatib yuborildi, shariatga mos
kelmaydigan barcha qonunlar
bekor qilindi hamda davlat
boshqamvida islom qonun-qoidalari asos qilib olindi. Mamlakat
yangi rasmiy nom bilan -
Do'stlaringiz bilan baham: