Lekin, toliblaming poytaxt Kobulga
uyushtirgan dastlabki huju-
mi muvaffaqiyatsizligining boshqa sababi bor edi. U ham bo‘lsa,
Pokiston ko'rsatmasiga binoan toliblar Qandahor - Hirot yo'lini,
ya’ni Pokistonni Markaziy Osiyo bilan bog'lashi kerak bo'lgan
asosiy magistral yo‘lning Afg'onistonga qarashli qismini to‘liq
nazorat qilish maqsadida o'z harbiy harakatlarini shimoliy-g‘arbiy
yo‘nalishga qaratishgan edi. Qizig‘i shundaki, 1994-yil yozida Turk-
manistonning Kushka shahridan Pokistonning Chaman shahrigacha
temir yo'l qurilishi loyihasi ma’qullangan edi. Mazkur temir yo‘l
shoxobchasi Hirot orqali Afg'onistonning g‘arbiy viloyatlaridan
o‘tib Qandahorga borishi mo‘ljallangan edi. Ushbu loyiha e’lon
qilinishidan birmuncha vaqt o‘tgandan so‘ng bu yerda toliblar pay
do bo‘lishganligi bejiz emas edi.
Shuningdek, aynan shu davrda Turkmaniston hududidan
Pokistonga qadar qariyb 1500 km ga cho‘ziluvchi “transafg‘on
gaz quvuri”ni yotqizish rejasi ham yuzaga chiqdi.
Bunday yirik
loyihaning amalga oshirilishida Saudiya Arabistonining “Delta
Oyl” neft kompaniyasi va AQSHning “Unocal” (United Oil of Cali
fornia) kompaniyasi asosiy ishtirokchilar ekanligi “Tolibon” ha-
rakatini mazkur gaz quvuri o‘tadigan shimoliy-g‘arbiy hududlami
imkon boricha tezroq o'z nazoratiga olishga undar edi.
1995-yilga kelib toliblar Hirot shahrini bosib oldilar va
Afg‘ onistonning Turkmaniston bilan chegarasiga chiqdilar. Shunday
qilib, 1995-yildayoq Pokistondan Markaziy Osiyo mintaqasiga
transport yo‘lagini ochishdan iborat geosiyosiy vazifaning birinchi
bosqichi bajarildi.
1995-yilga kelib toliblar Afg‘oniston
markazi va shimolida
nisbatan qattiq qarshilikka duch keldilar. Bunda toliblar
etnik
jihatdan o‘zbek millatiga mansub jangchilami birlashtirgan general
Abdurashid Do‘stum boshchiligidagi “Jumbush-e Melli-ye Eslo-
mi-ye Afg'oneston” (Afg‘oniston milliy islomiy harakati), etnik
tojiklaming Burhoniddin Rabboniy va Ahmad Shoh Mas’ud bosh
chiligidagi “Afg'oniston Islom Jamiyati” va hazoriy shialarining
Muhammad Xaliliy rahbarligidagi “Hezb-e Vahdat” (Afg'oniston
islom birligi partiyasi) kabi siyosiy tashkilotlar qarshiligiga uchrab,
Afg‘oniston ichkarisiga kirib borishni vaqtincha to'xtatdi.
Shu tariqa, 90-yillar o‘rtalariga kelib, Afg‘oniston quyidagi
tartibda parokanda holga keltirilgan edi. “Tolibon”
harakati -
mamlakatning janubiy, janubi-g‘arbiy hamda shimoliy-g‘arbiy
viloyatlarini, shu jumladan Qandahor va Hirot shaharlarini,
hazoriy shialari - tog‘li Hazorajotdagi Bomiyon viloyatini, general
A.Do‘stum - mamlakat shimolidagi olti viloyatni, B.Rabboniyning
“Afg‘oniston islomiy hukumati” - mamlakat poytaxti Kobulni va
Tojikistonga yondosh shimoli-sharqiy
viloyatlami nazorat qilar
edi. Bundan tashqari, toliblarga muxolifatda bo‘lgan pushtun jan-
gari qo‘mondonlari Afg‘oniston janubidagi yirik Jalolobod shahrini
egallab turishardi.
1996-yil 26-sentabrda Kobul qo‘lga
kiritilgach esa, toliblar
xalqaro huquq shartlariga zid ravishda Kobuldagi BMT vakolat-
xonasiga bostirib kirdilar hamda u yerdan panoh topgan mamlakat
ning sobiq prezidenti Najibulloni qiynab o‘ldirdilar va uning jasadini
namoyishkorona qilib poytaxt markazida osib qo‘ydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: