A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Туляганова Н.У. Афганский фактор в современных международных



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

98 
Туляганова Н.У. Афганский фактор в современных международных
отношениях в Центральной Азии. - Т.: Фан, 2004. - С. 46.


Shuningdek, Afg‘onistondagi boshboshdoqlik Eron uchun ham 
muayyan darajada foydali edi. Chunki bu holat shia oqimiga e’ti- 
qod qiluvchi hazoriylar tomonidan tashkil etilgan eronparast tashki- 
lotlaming muxtoriyatini ta’minlardi. Bu holat Afg‘onistondagi vazi- 
yatga rasmiy Tehronning ta’sirini saqlab qolish va “islom inqilobi”ni 
eksport qilishga imkoniyat yaratar edi. Xususan, Afg‘onistonda 
eronparast “Afg‘oniston islomiy birlik partiyasi” (Hezb-e vahdat-e 
eslomi-ye Afg‘oneston) qisqacha “Hezb-e Vahdat” partiyasiga man- 
sub hazoriylar 1992-yildan boshlab tog‘li Bomiyon viloyatini va 
mamlakat poytaxti Kobul hududining muayyan bir qismini nazorat 
qilib kelayotgan edi.
Bu davrga kelib, rasmiy Islomobod Afg‘oniston orqali 
mintaqada yetakchilikni qo‘lga kiritishga astoydil harakat qila 
boshladi va bu yo‘lda har qanday qulay sharoitdan foydalanishga 
intildi.
XX asr 90-yillari boshida Pokiston uchun Afg‘onistondagi 
fuqarolar urushi uning geosiyosiy ahvolining barcha ijobiy jihatla- 
rini yo‘qqa chiqardi. Pokiston G ‘arb davlatlarining Afg‘onistonni 
Sovetlar tomonidan bosib olinishiga qarshi tayanchi sifatida barcha 
afzalliklaridan foydalanib keldi. Ya’ni afg‘on mujohidlariga ko‘mak 
berish bahonasida Pokiston armiyasiga ham iqtisodiy va zamonaviy 
harbiy texnikaning yetkazib berilganligi va qo‘llab-quwatlanganligi 
Pokiston taraqqiyotida muhim omil bo‘ldi. Shuningdek, mujohid- 
larga va millionlab afg‘on qochoqlariga harbiy hamda moddiy yor- 
damning taqsimlanishi Islomobod nazoratida bo‘lganligi Pokiston 
uchun katta daromad manbayi edi. Pokiston Afg‘onistondagi urush 
davrida AQSHning strategik ittifoqchisi sifatidagi maqomi sababli 
o‘zining mintaqadagi azaliy dushmani - Hindiston bilan mavqei va 
harbiy qudratini tenglashtirib olgan edi.
XX asr 90-yillari boshlaridan boshlab, Pokiston oldida mam­
lakat yaxlitligini saqlab qolish masalasi ham ko‘ndalang bo‘lib 
qoldi. Ma’lumki, 1893-yil Afg‘oniston va Buyuk Britaniya Hindis- 
toni o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, pushtunlar istiqomat 
qilib kelgan hududlar - “Dyurand chizig‘i” bilan ikki qismga bo‘lib


qo'yilgan edi. Natijada Pokistonda pushtunlar Afg‘onistonga qara- 
ganda ko‘pchilikni tashkil etib qolgandi. Pushtunlar yashaydigan bu­
tun hududga da’vogar Afg‘oniston hukumati “Dyurand chizig‘i”ni 
liech qachon tan olmagan va shu sababli Pokiston doimo pushtun- 
larning birlashuviga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilib keldi.
Shuningdek, Pokiston mujohidlaming Afg‘onistonni b o iib oli- 
shiga ham qarshi edi. Buning asosiy sababi esa Sovet Ittifoqi par- 
chalangach, Pokistonning Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar 
bilan iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatining yaratil- 
ganidadir. Bu davrda Markaziy Osiyoning mustaqil davlatlari o‘z 
yoqilg‘i-energetika resurslarini import qilish uchun yangi transport 
yo‘laklariga muhtojligi vaziyatida Pokiston ularga Hind okeani va 
Arabiston dengiziga chiqish imkoniyatini yaratishga tayyorligini 
ma’lum qildi. Buning uchun rasmiy Islomobod tomonidan Pokis­
ton va Markaziy Osiyo temir yo‘li tarmog‘ini yaratish rejasi hamda 
Pokistonga turkman nefti hamda gazini yetkazib berish uchun quvur 
o‘tkazish loyihasi qo‘llab-quvvatlana boshlandi".
Mazkur rejalar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, rasmiy Islo­
mobod iqtisodiy va siyosiy jihatdan katta manfaat topishi muqarrar 
edi, chunki Hind okeaniga chiquvchi transport kommunikatsiyala- 
rining barchasi Pokiston hududidan o‘tganligi sababli rasmiy Is­
lomobod Markaziy Osiyoning barcha asosiy transport yo‘laklarining 
to‘liq “egasi”ga aylanardi. Shu bois, XX asr 90-yillarining birinchi 
yarmida parokanda holatga kelib qolgan Afg‘oniston “Pokiston or- 
zusi” yo‘lidagi yagona jiddiy to‘siq bo‘lib turardi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish