A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  The Constitution o f Republic Afghanistan. Year 1977 / The Europe Year



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

79 
The Constitution o f Republic Afghanistan. Year 1977 / The Europe Year
Book. A World Survey. - London, 1978.


0 ‘z boshqaruvi asoslarini mustahkamlash uchun Muhammad 
Dovud mamlakatda o ‘z qarash va g‘oyalariga zid bo ‘lgan siyosiy, 
ijtimoiy va diniy harakatlar, siyosiy partiyalar hamda tuzilmalarga 
qarshi keskin kurash olib bordi. Xususan 1975-yil noyabrida 
Muhammad Dovud Afg‘onistonda bir partiyaviylik tizimi 
o ‘matilganligini m a’lum qildi. Natijada bu kabi harakatlar kes­
kin qatag‘onga uchradilar va nolegal harakat olib borishga majbur 
bo ‘ldilar. Shular qatorida A fg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi 
ham Muhammad Dovud boshqaruvidan norozi holda o‘zining siyo­
siy kurashini kuchaytirdi.
Afg‘onistonning tashqi siyosat yo‘nalishida Dovud o ‘ziga 
xos ravishda yondashdi va boshqa davlatlar bilan tengma-teng 
hamda mamlakatining hech bir davlatdan kam bo ‘lmagan mavqega 
erishishiga intildi.
1974-yilda Muhammad Dovud Sovet Ittifoqiga rasmiy tashrif 
bilan keldi va ushbu davlat rahbari L.Brejnev (1964-1982) bilan 
muzokaralar olib bordi. Ushbu muzokaralar chog‘ ida Sovet hukumati 
Afg‘onistonning 100 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarzini to‘lash 
muddatini yana 10 yilga kechiktirganligini va afg‘on hukumatiga 
600 mln. AQSH dollari miqdorida kredit berishini m a’lum qildi.
1975-yil dekabrda Sovet Ittifoqi va Afg ‘ oniston o‘rtasida “Neytrall ik 
va o ‘zaro hujum qilmaslik to ‘g ‘risida”gi Shartnoma yana 10 yil 
muddatga uzaytirilgani imzolandi. Sovet Ittifoqi 1966-1976-yillar- 
da Afg‘onistonga 700 mln. AQSH dollari miqdorida katta mablag1 
sarflagan edi. XX asr 70-yillarning o‘rtalarida, A fg‘onistonda Sovet 
Ittifoqi ko‘magida 80 ga yaqin yangi ishlab chiqarish obyektlari 
ishga tushirildi. Mamlakat tovar aylanmasining deyarli 40%i Sovet 
Ittifoqi hissasiga to‘g ‘ri kelar edi.
Muhammad Dovud Afg‘oniston infratuzilmasini rivojlantirish 
uchun Sovet Ittifoqi tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamga qa- 
noat qilmay, Pokiston, Turkiya, Eron va Saudiya Arabistoni vosi- 
tachiligida G ‘arb davlatlaridan iqtisodiy ko‘mak ola boshladi. Shu 
bilan birga, Misr va Hindiston bilan keng ko‘lamli hamkorlik olib 
bora boshladi. Muhammad Dovudning bunday yondashuvi Sovet


Ittifoqi manfaatlariga zid keldi. 1974-yilning oktabr oyida Eron 
tomonidan Afg‘onistonga tog‘-kon sanoatini rivojlantirish uchun 
10 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish bo‘yicha va 
afg‘on iqtisodiyotini qayta tiklash uchun o‘n yil davomida 2 mlrd. 
AQSH dollari miqdorida kredit berish borasida kelishuv imzolandi80.
1975-yil Muhammad Dovud Eronga rasmiy tashrif bilan keldi. 
Eron shohi Rizoshoh afg‘on davlatiga 300 mln. AQSH dollari 
miqdorida kredit ajratishini m a’lum qildi. Shuningdek, 1975-yilda 
rasmiy Tehron va Kobul o ‘rtasida transafg‘on temir yo ‘lini qurish 
maqsadida Eron tomonidan Afg‘onistonga 1,5 mlrd. AQSH dollari 
qiymatida investitsiya kiritish to ‘g ‘risida bitim imzolandi. Lekin 
Eronning bunday yirik loyihalarini amalga oshirilishiga Eronga 
chet davlatlardan kelib tushadigan valuta hajmining qisqarib ke- 
tishi hamda 1978—1979-yillar davomida ikki davlatda yuz bergan 
siyosiy o ‘zgarishlar to‘sqinlik qildi.
Muhammad Dovudning Pokiston bilan munosabatlari yax­
shi kechmadi. Shu davrdan boshlab Pokiston o ‘z tashqi siyosatida 
A fg‘oniston muhim omil ekanligi va uning keyingi taraqqiyoti ushbu 
mamlakat orqali amalga oshiradigan maqsadlariga bevosita bog‘liq 
ekanligi namoyon bo‘la boshladi. Pokiston hukumati Afg'onistonda 
hokimiyatni Muhammad Dovud tomonidan qo‘lga kiritilishi- 
ni rasman tan olgan bo‘lsa-da, Dovud rejimini “musulmonlarga 
qarshi” va hatto “Pokistonga qarshi” deya hisobladi. Shu bilan bir 
qatorda, Pokiston tomoni Muhammad Dovudni bosh vazir bo ‘lgan 
davridagidek yana Pushtuniston masalasini ko‘tarishidan xavotirda 
edi. Chin m a’nodagi pushtun millatchisi hisoblangan Muhammad 
Dovud Pokiston hududida istiqomat qilib kelayotgan pushtun 
millatiga mansub aholi manfaatlarining himoyachisi sifatida 
may donga chiqdi.
1974-yilda Pokistonning pushtunlar istiqomat qiladigan 
Shimoliy-g‘arbiy chegara provinsiyasi (North-West Frontier Pro­
vince - NWFP)da va Belujistonda mahalliy aholining g ‘alayonlari

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish