A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Wahab, Sh.& Youngerman, B. A Brief History o f Afghanistan. - New



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

80 
Wahab, Sh.& Youngerman, B. A Brief History o f Afghanistan. - New
York: Facts On File, 2007. - P. 130.


boshlandi. Pokiston tomoni ushbu g‘alayonlarda rasmiy Kobul­
ning qo‘li borligini bildirib, A fg‘onistonni Pokiston ichki ishlariga 
aralashishda aybladi. Muhammad Dovud Pokistonning yuqoridagi 
kabi ayblovlariga keskin javob berib, Pokiston hududidagi Shimoliy- 
g‘arbiy chegara provinsiyasi aslida Afg‘onistonning tarixiy hududi 
ekanligini, inglizlar bosqini davrida afg‘on davlatiga majburan 
imzolatilgan noteng shartnoma (Dyurand bitimi) natijasida ush­
bu hududlar Pokiston davlatiga o ‘tib qolganligini ta’kidladi.
1976-yildan boshlab Afg‘oniston va Pokiston munosabatlarida bi- 
roz yumshash alomatlari ko‘zga tashlana boshladi. Bunda, albatta, 
vositachi sifatida rol o ‘ynagan Eron va Turkiyaning xizmatlari bor.
1976-yil iyunda Pokiston bosh vaziri Zulfiqor Ali Bxutto 
rasmiy tashrif bilan Kobulga keldi. Muzokaralar chog‘ida ikkala to- 
mon mavjud muammolami muzokaralar orqali bartaraf etishga keli- 
shib oldilar. 1976-yil avgustda Muhammad Dovud rasmiy tashrif 
bilan Pokistonga bordi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki oy avval 
Kobulda kelishilgan masalalarga rioya qilishlarini m a’lum qildilar.
1977-yil iyunida Pokiston bosh vaziri Zulfiqor Ali Bxutto yana 
A fg‘onistonda b o ‘ldi. 0 ‘z navbatida Muhammad Dovud 1978-yil- 
ning martida yana bir bor Pokistonga tashrif buyurdi.
1978-vil aprel inqilobi va A fg‘oniston Demokratik Res- 
publikasining vujudga kelishi. XX asming 70-yillari ikkinchi 
yarmiga kelib A fg‘onistonda turli ijtimoiy harakatlar va siyosiy 
guruhlaming faoliyati yana jonlana boshladi. Ushbu guruhlaming 
tashkillashtirilishi va moliyalashtirilishida Eron, Saudiya Arabistoni 
kabi Pokiston ham asosiy rol o ‘ynadi. Bu davrda A fg‘oniston siyosiy 
sahnasida yetakchi muxolifat tashkiloti sifatida shubhasiz AXDPni 
ko‘rsatib o ‘tish mumkin. Ikki oqimga bo ‘lingan partiya Muhammad 
Dovud hukmronligi davrida o ‘z imkoniyatlarini birlashtirish va 
umumiy ravishda mavjud tuzumga qarshi faol kurash olib borish 
yo‘lini tanladilar. Jumladan, AXDP yetakchilari sekin-asta afg‘on 
armiyasi saflariga kirib borib, o‘rta va quyi darajadagi zobitlami 
o‘z g‘oyalari bilan yaqindan tanishtira bordilar. Biroq, AXDPning 
ko‘plab sa’y-harakatlariga qaramasdan Muhammad Dovud rejimi


o ‘z muxoliflariga qarshi murosasiz bo‘lib keldi.
Afg‘onistonda Muhammad Dovud boshqaruviga barham ber- 
gan inqilobning boshlanish 
nuqtasi sifatida 1978-yil 17- 
aprelida AXDP faollaridan 
biri Mir Akbar Xaybaming 
noma’lum sabablarga ko‘ra 
o‘ldirilishi va 19-aprelda 
uni dafn etish marosimining 
katta norozilik chiqishiga 
aylanib ketganligini olish 
mumkin. 
Mazkur noro­
zilik 
harakatiga 
AXDP 
yetakchilari boshchilik qiladilar va bunday yirik xalq harakatidan 
cho‘chib ketgan Muhammad Dovud norozilik harakati yetakchilari 
AXDP rahbariyatini qamoqqa olishga buyruq berdi.
1978-yil 26-aprelida AXDPning yetti nafar yetakchi rahbarlari, 
shu jumladan, N.M.Tarakiy va B.Karmal qamoqqa olindi. Uy 
qamog‘ida saqlanishi lozim bo‘lgan partiyaning yana bir yetakchisi 
Hafizulla Amin o‘z o ‘g‘li orqali afg‘on armiyasidagi AXDPga 
sodiq zobitlarga qurolli qo‘zg‘olonni boshlash rejasini yetkazdi. 
Mazkur reja hukumat tomonidan partiya yetakchilariga qilinadigan 
har qanday tajovuzli (favqulodda) holatlarda harakat qilish 
uchun Hafizulla Amin tomonidan ishlab chiqilgan hamda partiya 
rahbariyati tomonidan m a’qullangan edi.
1978-yil 27-aprelida afg‘on armiyasining AXDPga sodiq 
zobitlari o ‘z harbiy qismlari bilan prezident saroyini shturm qilish- 
ni boshladi. Mazkur davlat to‘ntarishiga afg‘on armiyasi zobitlari
- podpolkovnik Abdul Qodir va kapitan Aslam Vatanjar bosh­
chilik qilishdi. Bu paytda Muhammad Dovud hukumat a ’zolari 
bilan yig‘ilish o ‘tkazayotgan edi va nima bo‘layotganligini anglab 
yetmaydi. Muhammad Dovud soqchilari bilan bo‘lgan qisqa 
to‘qnashuvdan keyin prezident saroyi egallandi va to ‘qnashuvda 
Muhammad Dovud hamda oila a ’zolari o ‘ldirildi. Shu kuni kechki


paytga qadar poytaxtning barcha strategik nuqtalari inqilobchilar 
qo‘liga o‘tdi hamda AXDP yetakchilari qamoqdan ozod etildi. 
Hukumat Nur Muhammad Tarakiy boshchiligidagi Inqilobiy 
Kengash qo‘liga o‘tdi. Uning o‘rinbosari sifatida Babrak Karmal, 
to‘ntarishning faol ishtirokchilari - Abdul Qodir 
mudofaa vaziri, 
Hafizulla Amin - tashqi ishlar vaziri, Aslam Vatanjar - aloqa vaziri 
lavozimlariga tayinlandi.
Shu tariqa 70-yillar davomida Afg‘oniston ichki siyosatidagi 
xatolar 1978-yili 27-aprel kuni navbatdagi davlat to‘ntarishining 
amalga oshirilishiga olib keldi. Mazkur to‘ntarish Afg‘oniston 
tarixida “Savr inqilobi” nomini oldi. “Savr” - A fg‘onistonda qabul 
qilingan hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha 22-apreldan 21-maygacha 
boMgan davmi o ‘z ichiga oladi va shu sabab oy nomiga bog‘liq 
holda mazkur harbiy to‘ntarish “Savr inqilobi” deyiladi. Sovet It­
tifoqi tomonidan “Aprel inqilobi” deb talqin etilgan mazkur qurolli 
to‘ntarishni Afg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi amalga oshirdi. 
Bu to‘ntarishdan keyin mamlakatning rasmiy nomi Afg‘oniston 
Demokratik Respublikasi (ADR) deb o ‘zgartirildi. Yangi hukumat 
mamlakatda Sovet Ittifoqi manfaatlariga mos boMgan sotsialistik 
jamiyat qurish dasturini eMon qildi. Sovet Ittifoqi Afg‘oniston yangi 
hukumatini 30-apreldayoq tan oldi. Afg‘on inqilobi haqida xabarlar 
tarqalganidan so‘ng, Farblik siyosatchilar ushbu to‘ntarishning 
tashabbuskori sifatida rasmiy Moskvani hisoblay boshlaydilar81. 
Ular Sovet Ittifoqini ushbu voqealami tayyorlashda va bevosita 
ishtirok etishda ayblashdi. 1978-yilning 9-mayida “Afg‘oniston 
Demokratik Respublikasi hukumatining asosiy inqilobiy vazifalari” 
deb ataluvchi mamlakat hayotini keskin o‘zgartirishga qaratilgan 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi qabul qilindi.
1978-yilning noyabridan boshlab yangi hukumat zudlik 
bilan butun Afg‘oniston bo‘ylab qishloq xo‘jaligida foydalanilib 
kelinayotgan yerlami musodara qilish va kambag‘al hamda 
yersizlarga boMib berish siyosatini boshlab yubordi. Butun mamlakat

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish