A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


AFG‘ONISTON XX ASRNING 70-YILLARIDA



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

AFG‘ONISTON XX ASRNING 70-YILLARIDA
XX asr 70-yillari boshida A fg‘onistonda davlat hokimiyati 
tizimida chuqur inqiroz kuzatila boshlandi. Buni qonun chiqaruvchi 
va ijro etuvchi hokimiyatlar faoliyatidagi nomuvofiqliklar, bir-birining 
faoliyatini cheklashga urinishlar bilan izohlash mumkin. Bunday 
vaziyatda podshoh M.Zohirshoh davlat hokimiyati tarmoqlari 
o ‘rtasidagi kelishmovchiliklami bartaraf etish o ‘miga beparvolikka 
berildi va natijada mavjud inqirozli vaziyat yanada chuqurlashdi. 
Mamlakatda 
korrupsiya, 
poraxo‘rlik, 
davlat 
g ‘aznasidan 
mablag‘ o ‘zlashtirish, davlat amaldorlarining o ‘z vazifalariga 
m as’uliyatsizligi kabi salbiy illatlar nihoyatda kuchaydi.
Haqiqiy pushtun millatchisi bo ‘lgan sobiq bosh vazir 
Muhammad Dovud mamlakatdagi boshboshdoqlik vaziyatga jim
qarab tura olmas edi. U davlat to ‘ntarishini amalga oshirib, ho- 
kimiyatni o‘z qo‘liga olishni zimdan rejalashtirdi. Ushbu maqsadda 
Muhammad Dovud armiyadan foydalanishga qaror qiladi. Chunki 
u afg‘on armiyasiga o ‘z siyosiy faoliyatining tayanchi sifatida qarar 
edi. Bu davrda Muhammad Dovud garchi mamlakatda hech bir 
rasmiy lavozimni egallamagan bo‘lsa ham, afg‘on armiyasida uning 
ta ’siri nihoyatda kuchli edi. U mamlakat bosh vaziri va undan oldin 
mudofaa vaziri bo ‘lib ishlagan davrida armiya saflarida shaxsan 
o‘ziga sodiq hamda uning qarashlarini qo‘llab-quwatlaydigan 
kichik va o‘rta darajadagi zobitlar qatlamini shakllantirishga 
ulgurgan edi.
Mamlakat bosh vaziri lavozimidan iste’fo berganidan so‘ng 
ham Muhammad Dovud armiya bilan o ‘z munosabatlarini uzmadi 
va zimdan armiyadagi tarafdorlari bilan aloqa qilib turdi. 70-yillar 
boshida 90 ming nafar harbiylardan iborat afg‘on armiyasida 200 
nafardan ortiq oliy va yuqori lavozimdagi Muhammad Dovud 
tarafdorlari bor edi. 1973-yil 17-iyulida Afg‘onistonda ichki siyo­
siy keskinlik kuchayishi oqibatida mamlakat sobiq bosh vaziri Mu­
hammad Dovud rahbarligida armiya ofitserlari tomonidan amalga 
oshirilgan harbiy to‘ntarish mamlakatda monarxiyaga barham


berib, Afg‘onistonni Respublika deb e ’lon qilinishiga olib keldi78. 
Mazkur davlat to‘ntarishi vaqtida podshoh Muhammad Zohirshoh 
Italiyaga davolanishga ketgan edi. Davlat to ‘tarishi haqidagi xabami 
eshitgach, Muhammad Zohirshoh taxtdan voz kechganligini e ’lon 
qildi va Italiyada qolib o ‘z mamlakatiga qaytmaslikka qaror qildi.
Davlat to ‘ntarishi amalga oshirilgan kuniyoq Muhammad 
Dovud mamlakat radiosi orqali chiqish qildi va monarxiya tu- 
zumi mamlakatdagi har qanday islohotlar hamda o ‘zgarishlarga 
to‘g ‘anoq bo‘lib turganligini, endilikda haqiqiy islohotlami amalga 
oshirish vaqti yetganligini m a’lum qildi. 1973-yilning 23-avgustida 
Muhammad Dovud “Xalqqa murojaat” nomi bilan mashhur bo‘lgan 
mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid o ‘z harakat dasturini 
e ’lon qildi. Ilgarigi tuzumni keskin tanqid qilgan davlat rahbari 
afg‘on xalqi irodasiga muvofiq holda jamiyatni siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy jihatdan isloh qilishni ilgari surdi.
1973-yilgi davlat to ‘ntarishi natijasida mamlakat parlamenti 
tarqatib yuborildi va 1964-yilgi Konstitutsiyaning amal qilishi 
to ‘xtatildi. Muhammad Dovud A fg‘onistonning Birinchi Prezi- 
denti bo‘ldi. Davlat to ‘ntarishini afg‘on xalqi muayyan darajada 
bee’tibor, muayyan darajada esa ijobiy kutib oldi. Muhammad 
Dovud ham podshoh xonadoniga mansub bo‘lgani uchun afg‘on 
xalqi mazkur davlat to‘ntarishini bir podshohning ikkinchisi bilan 
almashinuvi sifatida qabul qildi. Davlat boshqamvining mutlaqo 
yangi tuzilmalari tashkil etildi. Respublika Markaziy Kengashi -
mamlakatda qonun chiqamvchi organ vazifasini bajardi va uning 
tarkibi saylovlar o ‘tkazish orqali emas, balki Muhammad Dovud 
tarafdorlarini bevosita tayinlash bilan to ‘ldirildi. Respublika 
Markaziy Kengashi rahbari lavozimini Muhammad Dovudning 
o‘zi egalladi. Muhammad Dovud yana mamlakat bosh vaziri, 
mudofaa vaziri, tashqi ishlar vaziri lavozimlami ham egalladi. 
Boshqamvdagi barcha muhim lavozimlami shaxsan o ‘z qo‘lida 
to ‘plashi orqali Muhammad Dovud mamlakatda amalda avtoritar 
boshqamv tartibotini o ‘matdi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish