Сборник научных трудов Международной научно- практической конференции«цифровизация в обучении гуманитарных дисциплин в медицинском высшем образовании»тгси, 5 марта 2022 года



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/240
Sana19.04.2022
Hajmi3,83 Mb.
#562946
TuriСборник
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   240
Bog'liq
27.марта ТГСИ .Цифровизация

Key words:
socialization, family, labor, education, professional development, 
difficulties, task, technical professions.
Oilada yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlashning amaliyotdagi holati 
o‘zbek oilalari tajribasida o‘rganilayotgan shart-sharoitlar nuqtayi nazaridan bir qator 
ziddiyatlarning mavjudligini ko‘rsatdi:


240 
1. Oilaviy ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi mutasaddilar, xususan, ota-onalar 
kasbiy ijtimoiylashuv tushunchasining mazmuni va mohiyatini to‘liq bilmasliklari 
hamda idrok etmasliklari, mazkur masala doirasida bilim, ko‘nikma va malakalarga 
ega emasliklari, pedagogik jarayonni samarali boshqarishga tayyor emasliklari ayon 
bo‘ldi.
2. Bu o‘rinda kasbiy ijtimoiylashuv masalalariga nisbatan bir oilada jamlangan 
turli avlodlar, ya’ni bir tomondan kattalar, ikkinchi tomondan, yoshlar o‘rtasida ham 
ma’lum ziddiyatlarning mavjudligi aniqlandi. Katta avlod ko‘proq an’anaviylik 
tarafida, yosh avlod esa ko‘proq innovatsion taraqqiyot tomonida ekanligi oydinlashdi.
3. O‘zbek oilalarida ota-onalarning ko‘pchiligi maxsus pedagogik bilim, 
ko‘nikma va malakalarga ega emas. Shu bois, ular oiladagi pedagogik jarayonni 
maqsadli emas, balki stixiyali tarzda boshqaradilar. Ammo oilada ta’lim-tarbiya 
jarayoni aniq pedagogik maqsadlarga bo‘ysunishi taqozo etilmoqda. Binobarin, o‘zbek 
oilalarida, eng avvalo, ota-onalarning o‘zini o‘qituvchi va murabbiy sifatida pedagogik 
jarayonga har tomonlama tayyorlash, ularni kasbiy ijtimoiylashuv borasidagi 
innovatsion bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish zarur. Mazkur 
faoliyatsiz, ya’ni ota-onalarning o‘qituvchi va murabbiy sifatida malakalarini 
ta’minlamasdan turib, ulardan oilada pedagogik jarayon samaradorligini talab etib 
bo‘lmasligi oydinlashdi.
4. Ota-ona oiladagi kasbiy ijtimoiylashuv jarayonini anglanmagan holda 
boshqaradi. Ular farzandini kasbiy tayyorlash va kasbga yo‘naltirishda oilaning tor 
ichki manfaatlari nuqtayi nazaridan fikr yuritishadi. Ammo kasbiy ijtimoiylashuvni 
ta’minlash aslida kasb tanlash va kasbga yo‘naltirishda, eng avvalo, jamiyat va uning 
istiqbol taraqqiyoti nuqtayi nazaridan kelib chiqadi. Demak, oilada kasbiy 
ijtimoiylashuvni ta’minlashda ota-onalar va yoshlarga mazkur ta’lim-tarbiya 
jarayonida jamiyat manfaatlari nimalarga teng kelishini tushuntirish darkorligi bilan 
belgilandi. Oilada yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlash amaliyotda 
ta’kidlangan ba’zi ziddiyatli holatlar bilan bir qatorda uning o‘ziga xos pedagogik va 
psixologik aspektlari, milliy-mental tomonlari, shuningdek, o‘ziga xos qiyinchiliklari 
ham mavjudligi aniqlandi. Ular: Birinchi qiyinchilik, eng avvalo, barcha oilalardagi 
ta’lim va tarbiya jarayoni uning o‘ziga xos betakror shart-sharoitlari bilan belgilanadi. 
Ya’ni oilaviy ta’lim-tarbiya jarayoni o‘ziga xos shakllar, vositalar va usullar orqali 
amalga oshiriladi. Ammo oilaviy tarbiya jarayonini boshqarayotgan ota-onalarning 
ko‘pchiligi mana shu shakl, vosita va usullarni ishlatayotganini ilmiy tarzda idrok 
etmaydi. Shu bilan birga, maktab ta’limi yoki oliy ta’lim tizimiga o‘xshash oilaviy 
ta’lim-tarbiya jarayonida dars tashkil qilish, o‘quv dasturlari yaratish, ularni oilaviy 
ta’lim-tarbiya tizimiga joriy etish, ma’ruza o‘qish orqali yoki davlat ta’lim standartlari 
yordamida tashkil qilib hamda boshqarib bo‘lmaydi. Agar aynan shunday shakllar, 


241 
vositalar va usullar ishlatilganda oilaviy ta’lim-tarbiya tizimi samaradorligini 
ta’minlash o‘rniga, uning darajasini keskin tushirib yuborgan bo‘lar edik.
Demak, oilada yoshlar kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlash, birinchidan, oilaviy 
tarbiyaga mos va uning talablariga to‘liq javob beradigan shakllar, vositalar va 
usullardan foydalanishni, ikkinchidan esa, mana shu innovatsion shakllar, vositalar va 
usullarni ota-onalarning o‘ziga erinmasdan, ularning yosh differensiatsiyasini nazarda 
tutgan holda, har tomonlama chuqur o‘rgatishni taqozo etadi. Ammo ota-onalar har 
doim ham o‘qishga, yangi bilimlarni egallashga rozi bo‘lmaydilar. Ularni ba’zan juda 
katta tushuntirish ishlari orqaligina mazkur jarayonga ongli ravishda olib kirish 
mumkin. Ikkinchi qiyinchilik, oilaviy ta’lim-tarbiya jarayonida ota-onalarning 
o‘qituvchi, ya’ni pedagog rolida faoliyat olib borishi bilan belgilanadi.
Mazkur qiyinchilik oilaviy ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qiluvchi va uni 
uyushtiruvchi, amalga oshirib, joriy etuvchi pedagog, ya’ni ota-ona shaxsiyati, uning 
imkoniyatlari va pedagogik faoliyatga tayyorligi, pedagogik bilim va ko‘nikmalarga 
egaligi bilan bog‘liq. Biz maktab ta’limi yoki oliy ta’lim tizimi haqida so‘z yuritganda 
juda ko‘p e’tiborni o‘qituvchi shaxsi va uning pedagogik mahorati masalalariga 
qaratamiz. O‘qituvchining o‘z pedagogik mahorati ustida ishlashi, uning pedagogik 
faoliyati samaradorligini ta’minlashi bo‘yicha layoqati, malaka oshirishini tabiiy 
ravishda talab etamiz. Mahorati yo‘q o‘qituvchi ta’lim tizimidan chiqarib yuboriladi. 
O‘qituvchi ma’lum mahoratga ega bo‘lishi uchun esa uni biz maxsus oliy o‘quv 
yurtlarida o‘qitamiz. O‘qituvchi mahorati eng zarur pedagogik shartlardan biri sifatida 
baholanadi. Ammo oilaviy ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur pedagogik jarayon 
samaradorligini amalga oshiruvchi shaxs, ya’ni mahoratli va bilimdon ota-onalarni 
tanlash imkoniyatidan hamda ularni pedagogik mahoratga o‘qitish tizimidan ham 
mahrummiz.
Ota-onalar esa, anglanmagan tarzda o‘zidan o‘zi ta’lim-tarbiya jarayoniga “bolali 
bo‘lib qolganligi uchun” stixiyali tarzda kirib keladi. Ota-onalar oilada ta’lim-tarbiya 
jarayonini boshqaradilar, ammo ular maxsus shakllantirilgan mahorat tugul, maxsus 
malakaga ham ega bo‘lmaydilar. Biz ularning pedagog sifatidagi malakasini oshirish 
faoliyatini ham tashkil qila olmaymiz, chunki biz ota-onalarni pedagog sifatida 
oiladagi ta’lim-tarbiya jarayoniga tayyorlab beradigan maxsus tuzilmalarga ham ega 
emasmiz. O‘zbekistonda ota-onalarni ota-ona sifatidagi bilim, malaka va 
ko‘nikmalarga o‘rgatuvchi tizim na davlat strukturalarida, na nodavlat va noformal 
ta’lim tizimida mavjud. Binobarin, biz oilaviy ta’lim-tarbiya jarayonini ko‘pchilik 
hollarda malakaga ega bo‘lmagan inson boshqarishiga rozi bo‘lishimiz kerak. Demak, 
oilaviy ta’lim-tarbiya jarayonida uning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri pedagog 
mahorati masalasi, biz qanchalik istamaylik, ta’kidlangan stixiyali darajada qolib 
ketaveradi.


242 
Oilada pedagog, ya’ni ota-onaning pedagogik mahorati masalasida bizning 
imkoniyatlarimiz cheklangan. Uchinchi qiyinchilik, oilada ta’lim beruvchi 
shaxslarning, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayoniga faol kirishayotgan, farzandlarni 
o‘qitmoqchi bo‘lgan va o‘zini o‘qituvchi sifatida ko‘rsatishga moyil bo‘lganlar, ya’ni 
oilaviy pedagogik jarayonni boshqarayotgan insonlarning ko‘pligi va rang-barang 
ekanligi bilan belgilanadi. O‘zbek oilasida o‘qituvchi, ya’ni pedagog sifatida nafaqat 
farzandning ota-onasi, balki ikki taraflama bobo va buvilar, xola-ammalar, tog‘a-
amakilar, yaqinlar, qarindoshlar, aka-ukalar, hattoki mahalla ham ishtirok etib, ular 
pedagogik jarayonda ma’lum ijobiy yoki salbiy rol o‘ynashi mumkin. Ikkinchi 
tarafdan, oilaviy ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadli amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, 
masalan, turli pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil qilishda, ta’kidlangan 
insonlarning barchasi ham (1) ta’lim beruvchi, ham (2) ta’lim oluvchi sifatida o‘zini 
namoyon qiladi. Ya’ni, masalan, biz o‘z pedagogik tajriba-sinov ishlarimizni tashkil 
qilishda nafaqat yoshlar bilan, balki, eng avvalo, ota-onalar bilan ma’lum ishlarni olib 
borishimiz taqozo etiladi. Agar maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishga 
auditoriyada o‘qituvchi, butun tizim uchun mutasaddilar javob bersa, o‘zbek oilasidagi 
ta’lim-tarbiya jarayoni boshqaruvida uni boshqarayotgan insonlar o‘z funksiyalarini 
biri-biriga o‘tkazishi holatlari ko‘p uchraydi. Shu bilan birga, oilaviy pedagogik 
jarayonda ishtirok etuvchilarning har biri o‘z malakasi, bilimi, mahorati va ishtiyoqi, 
dunyoqarashi nuqtayi nazaridan farzand ta’limi va tarbiyasiga o‘z individual va 
subyektiv ta’sirini o‘tkazadi. Ba’zi hollarda esa, ularning o‘z farzandlariga yaxshi niyat 
bilan qilgan pedagogik ta’siri amalda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Demak, oilada kasbiy ijtimoiylashuvni ta’minlash jarayonida, bir tomondan, 
pedagogik jarayon boshqaruvchilarini aniq belgilab olish, ikkinchi tarafdan esa, 
pedagogik jarayonda o‘qituvchi sifatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan odamlarning 
salbiy ta’siridan farzandlarni o‘z vaqtida muhofaza qila bilish darkor bo‘ladi. 
To‘rtinchi qiyinchilik, oilada pedagogik jarayonda o‘qituvchi sifatida ishtirok 
etuvchilarning ko‘pchiligi mazkur pedagogik jarayonga umuman tayyor emas. Buning 
sababi, ular, eng avvalo, oiladagi ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘z xohishi va irodasiga 
ko‘ra kirib kelmaydi. Ular majbur bo‘lganliklari uchun oilada farzandlarning ta’lim va 
tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga, bizning holatimizda ular kasbiy 
ijtimoiylashuvning tarixiy, milliy, sotsiologik, ijtimoiy, falsafiy, shuningdek, 
pedagogik mazmunini bilmaydilar. Ba’zi hollarda esa, ular bu narsalarni umuman 
bilishni istamaydilar ham.
Demak, ular uchun maxsus vaqt va tizim yaratib, ularning qiziqishi va 
manfaatdorligini oshirib, mazkur jarayonga maqsadli tayyorlab, ularni o‘qitish yo‘lida 
faoliyat olib borish darkor. Beshinchi qiyinchilik esa, o‘zbek oilasining har biri, aslida, 
yopiq, shaffof bo‘lmagan o‘ziga xos, betakror makon hisoblanadi. O‘zbek oilasining 
yashash tartibida o‘ziga xos qonuniyatlar mavjud bo‘ladi. O‘zbek oilasi o‘zining ichki 


243 
qonuniyatlari tarkibiga, tartiblari ichiga har kimni ham kiritavermaydi. Shu nuqtayi 
nazardan o‘zbek oilasi konservativ qurilma hisoblanadi. Har bir o‘zbek oilasining 
o‘ziga xos betakror ma’naviy-ruhiy an’analari va oila a’zolari o‘rtasidagi yaqin, mehr-
muruvvatga asoslangan aloqalari mavjud bo‘ladi.
Mazkur qadriyatlar tizimi oila a’zolari tomonidan ko‘z qorachig‘idek asrab-
avaylanadi. Binobarin, ta’kidlangan an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlab qolgan 
holda, yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlashning zamonaviy mazmunini 
oilaviy qadriyat darajasiga ko‘tarish hamda oilaga singdirish taqozo etiladi. Oilada 
kasbiy ijtimoiylashuvni ta’minlash bo‘yicha oilalarning mavjud holatini o‘rganishda 
ma’lum tartib, me’yor va tizim asosida ish olib borildi, oilalardagi tadqiqotgacha 
bo‘lgan amaliy holat quyidagi tamoyillar asosida o‘rganildi. Ya’ni: – mavjud 
pedagogik jarayon tahlilini amalga oshirish tamoyillarini belgilab olish; – uning o‘ziga 
xos betakror xususiyatlarini aniqlash; – mavjud holatning ijobiy va salbiy tomonlarini 
belgilash; – ota-onalar hamda yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvga tayyorligi, ularning 
bilim, malaka va ko‘nikmalari darajasini aniqlash; – oilada ota-onalar va yoshlarning 
kasbiy ijtimoiylashuvini belgilangan darajada ta’minlash uchun zarur bo‘lgan 
pedagogik omil va xususiyatlarni belgilash; – oiladagi amaliy holatni aniq va obyektiv 
belgilash uchun ota-onalar va yoshlar bilan bevosita muloqot olib borish, 
so‘rovnomalar o‘tkazish, – individual ish olib borish, seminar usullaridan keng 
foydalanish.
Yuqorida ta’kidlangan tamoyillar pedagogik tajriba-sinov ishlarining 
obyektivligi, ularning mavjud amaliy vaziyat va holatlarga mosligi, hayotdan kelib 
chiqqan holda amal etishi, tajriba-sinov ishlarining samaraliligiga xizmat qilishi 
asosida tanlab olindi. Har bir tamoyil kasbiy ijtimoiylashuv bo‘yicha oilalarda 
ta’minlangan shart-sharoitlarni to‘g‘ri baholash va ular asosida yangi, samarali 
pedagogik usul, vosita va shakllarni tanlash imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.
Agar har bir tanlangan pedagogik tamoyillarni alohida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 
ularda quyidagi xususiyatlar nazarga olingani ma’lum bo‘ladi: Oilalarda tinch, osuda, 
bag‘rikeng, yakdil muhitning bo‘lishi yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvini 
ta’minlashda katta ahamiyatga ega ekanligi tamoyilidan kelib chiqildi. Binobarin, 
mavjud pedagogik jarayon tahlilini amalga oshirish tamoyillari quyidagicha belgilandi: 
– oilalarning kasbiy ijtimoiylashuv bo‘yicha mavjud holatini diagnostika qilish va 
uning mezonlarini yaratish; – ota-onalar hamda yoshlar bilan ishlashda demokratizm, 
xalqchillik, samimiylik, tenglik, natijalilik, maqsadga yo‘naltirilganlik, tajriba-sinov 
jarayonlarida pedagogik maqsadga yo‘naltirilganlik, tizimlilik, uzviylik, uzluksizlik, 
ilmiylik, tarixiylik, zaruriylik, innovatsion loyihalardan foydalanish tamoyillariga amal 
qilish; – oilalarda ota-onalar va yoshlarda kasbiy ijtimoiylashuv doirasini tashkil qilish 
va ularning mustaqilligi, ijtimoiy harakatchanligi, kasbiy faolligini yuzaga chiqarishga 
erishish; – oilalarda ota-onalar va yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuv bo‘yicha bilim, 


244 
malaka va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish, ularni mustaqillik va o‘zaro 
hamjihatlik asosida ishlashga o‘rgatish, yoshlarni esa mustaqil ravishda ta’limni 
davom ettirishga yo‘naltirish; – oilalarda ota-onalar va yoshlarning shaxsiy qobiliyati, 
qiziqishi, ishtiyoqlari, orzu-umidlari va imkoniyatlarini hisobga olish, ularni 
rivojlantirish va ro‘yobga chiqarish shart-sharoitlarini belgilash va ta’minlash; – 
tadqiqotning aniq rejasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlari, tadbirlarni o‘tkazish 
muddatlari, shakllari, ishtirokchilari, pedagogik jarayonda ishlatiladigan pedagogik 
usul, vosita va yo‘llarni aniq belgilab olish; – har bir konkret oiladagi erishilgan 
yutuqlarni aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalar, oilaning yana qanday 
imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash; 
– harakatlar algoritmi, ya’ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘rnatishga doir anketalar 
tarqatish, ularga javob olish, tahlil etish, ularning tavsifiga ko‘ra ota-onalarni kichik 
guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish kabi faoliyatlarni tashkil 
qilish; – diagnostika asosida pedagogik-psixologik ta’sir o‘tkazish shakl, vosita va 
usullari bilan ota-onalarni qurollantirish. Tadqiqotni olib borish jarayonida o‘zbek 
oilalariga kirib borar ekanmiz, avvalo, o‘zbek oilasi va uning bosh xususiyatlarini 
belgilab olish zarur bo‘ldi.
Oila har vaqt ijtimoiy-pedagogik institut sifatida o‘zining funksional 
murakkabligi, ko‘p qirraliligini namoyon etib keladi. Ammo shu bilan birga oila 
ko‘pchilik hollarda yopiq makon bo‘lib, uning qadriyatlari mana shu oilaning yashash 
qonuniyatlari va imkoniyatlarini birlashtirib, yagona organizmga aylantiradi. Har bir 
oila, shu nuqtayi nazardan, o‘ziga xos bir olam, betakror va azaliy an’analar 
yig‘indisiga teng keladi. Oila ta’lim va tarbiya faoliyatida ham o‘ziga xos, 
takrorlanmas xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy 
tarbiyaning hammaga ma’qul tushadigan yo‘l-yo‘riqlari mavjud emas. Har bir oilaning 
tarbiya ishida o‘zining yo‘li, vositasi, usullari ishlangan bo‘ladi hamda ular an’anaviy 
tarzda avloddan avlodga o‘tkaziladi. Oilada konservatizm kuchli bo‘ladi. Urf-odatlar, 
milliy mentalitetga qarshi bo‘lgan, milliy udumlarni buzadigan yangi qadriyatlar 
ohistalik bilan singdiriladi. O‘zbek oilasining o‘ziga xos betakror xususiyatlarini aniq 
belgilab olmasdan turib, oila ichiga kirib bora olmasligimiz, oila bilan mutanosib va 
teng munosabat o‘rnata olmasligimiz, shuningdek, har bir konkret oilaning 
maqsadlarini ilg‘ay olmasligimiz ayon bo‘ldi. Oilaning istiqbol maqsadlarini 
anglamaslik esa, pedagogik tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatsiz o‘tishiga sabab 
bo‘lishi mumkin.

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish