tirish
imkonini beradi.
74
I l l bo‘lim . JISMONIY MADANIYAT HARAKATINING
TURLI TARMOQLARIDA MILLIY HARAKATLI
0 ‘YINLARNI TASHKIL QILISH YO‘LLARI
24. Milliy harakatli o'yinlami tashkil qiluvchi
mas’ul tashkilotlar
Jismoniy tarbiya harakatini boshqaruvchi va ifoda etuvchi
davlat idoralari va jamoatchi tashkilotlar mavjud. Ular, asosan,
0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
Respublika Prezidenti Devonidagi mas’ul xodimlar, Respublika
Hukumati tarkibidagi mas’ul vakillar, deyarli barcha vazirliklar
qoshidagi jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari kabi davlat bosh-
qaruvchilaridir.
Jamoat tashkilotchilari kasaba uyushmalari, «Kamolot» yoshlar
ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, xayriya jamg‘armalari
va shu kabilardan iborat.
«Dinamo», «Yoshlik», «Talaba», «Paxtakor» sport klublari,
«Vatanparvar» tashkiloti, Kasaba uyushmalari sport jamiyati,
Markaziy harbiy sport klubi (MHSK) va bir qator davlat idoralari
qoshidagi sport klublar jismoniy madaniyat va sport ishlarini olib
boruchi maxsus tashkilotlardir. Ulaming viloyatlar, shahar, tuman
tannoqlari mavjud.
Mazkur sport tashkilotlari va uyushmalari o‘quvchi-yoshlar
(«Yoshlik»), talabalar («Talaba»), mehnatkashlar (Kasaba uyush
malari sport jamiyati, «Paxtakor» sport lubi), harbiylar (MHSK),
ichki ishlar xodimlari («Dinamo») va shu kabi turli soha vakillami
75
o‘zlariga uyushtiradi. Bu tashkilotlaming asosiy maqsad va vazifalari
asosan ommani jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullantirish,
turli-tuman musobaqalarini o'tkazish, turli jamoalami tashkil qilib
xalqaro sport musobaqalariga tayyorlash va qatnashtirishdan
iboratdir.
Shuningdek, ommaviy sog‘lomlashtirish sport tadbirlari, turli
xil sport bayramlari va musobaqalari, ko'rgazmali sport tizimlarida
milliy harakatli o ‘yinlardan foydalanishni amalga oshiradi. Har
bir sport tashkiloti va uyushmasining quyi tarmoqlarida ta’kid-
langan tadbirlami ommaviy ravishda o'tkazish asosiy o£rinni egal-
laydi.
Masalan, Navro‘z, Mustaqillik kuni, hosil bayramlari, kasb-
hunar kunlarini nishonlashda ko‘p bosqichli va jamoalardagi turli
sport musobaqalarini tashkil etadigan harakatli o£yinlaridan foyda-
lanadilar. Ko£p bosqichli («Umid nihollari», «Barkamol avlod»,
«Universiada») sport musobaqalari, xalq milliy o£yinlari Respublika
musobaqalarini tashkil qilishda barcha vazirliklar va jamoat tash-
kilotlari o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadilar. Bu tadbirlarning
ochilish vayopilish marosimlarida turli harakatli o'yinlar namoyish
etiladi. Ayniqsa, milliy kurash lari mizning elementlari, ot o‘yinlari,
arqontortishish, bilak kuchini sinash kabi milliy harakatli o£yinlar
ko‘rsatma-namoyish mazmunda chuqur o‘rin egallaydi.
«Alpomish o'yinlari», «To‘maris o‘yinlari» kabi respublika
festivallarda dastuming asosiy mazmunini harakatli o'yinlar tashkil
etadi.
Yana e’tiborli tomoni shundaki, «Paxtakor» sport klubining
quyi tarmoqlaridagi xodimlar ishtirokida qishloqlar, qo‘rg‘onlardagi
(posyolka) katta to‘ylarda xilma-xil harakatli o £yinlarni tashkil
qilish an’anaga aylanmoqda. Bunda yelkadan oshirib otish, bilak
76
kuchini sinash, ko‘prik, tuya, ho‘kizlami ko‘tarish, otdun ag'darish,
poyga kabi qadimiy milliy o ‘yinlar keng qollanilmoqda. Xulosa
qilib aytilsa, davlat va jamiyat tashkilotlari milliy harakatli o'yinlami
ommalashtirish yo‘lida mas’uliyat bilan ish olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |