Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I.D. 2020 y.
3
Mikulich-Radetskiy bo‘yicha ichkariga qayiruvchi uzluksiz ichak choki.
Shmiden bo‘yicha ichkariga qayiruvchi uzluksiz o‘zgaruvchan chirmashuvchi ichak choki (ideal gemostazni
ta’minlaydi). Ko‘proq ichaklararo anastomozlarning oldingi lablarini tikishda ishlatiladi.
Shmiden
ning kosib choki anastomozning oldingi qirg‘oqlarini
birlashtirishda
qo‘llanadi. Chok jarohatning burchagidan qo‘ya boshlanadi, bunda
ichak devorining barcha
qavatlari shilliq parda tomonidan teshiladi va igna seroz pardani teshib chiqadi. Shunday yo‘l
bilan navbatma-navbat ichak kesmasining goh bir, goh ikkinchi qirg‘og‘i tikiladi. Chok
qo‘yilayotgan vaqtda yordamchi pardani ichak ichkarisiga to‘g‘rilab (kiritib) turadi.
Konnel bo‘yicha ichkariga qayiruvchi uzluksiz P-simon ichak choki.
Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I.D. 2020 y.
4
Reverden-Multanovskiy bo‘yicha tashqariga qayiruvchi uzluksiz chirmashuvchi sirtmoqli ichak choki (ishonchli
gemostazni ta’minlaydi). Ichaklararo anastomozning orqa lablarini tikishda qo‘llaniladi.
Gemostatik choklar
. Kesilib ketgan oshqozon-ichak
devorining ishonchli
gemostaziga Shmidenning kosibcha qirg‘oq choklarini yoki alohida-alohida qoplaydigan
choklarni qo‘yish yo‘li bilan erishiladi. Maxsus gemostatik choklar qatoriga Reverden–
Multanovskiy choklari, «baxiya» choklar va hakozalar kiradi.
Reverden–Multanovskiy
choki shundan iboratki, qirg‘oqlarga kosibcha chok
qo‘yishda qavib bo‘lgandan keyin ip halqaga o‘tkaziladi va tortib bog‘lanadi.
«Baxiya choki» ko‘pincha rezeksiya paytida oshqozon cho‘ltog‘ini tikishda qo‘llanadi.
to‘g‘ri yoki bukilgan igna
bilan uzun ketgut ipi olinib, oshqozon cho‘ltog‘i oldindan orqa
tomonga qarab, bevosita qisqich ostida ikkala devor orqali katta egrilik tomondan tikiladi. Ip
bilan birgalikda ignani qarama-qarshi tomonga o‘tkaza turib kichik egrilikka 1, 0–1,5 sm
yaqinroq joyda teskari yo‘nalishda ignani ilgarigi sathda sanchib turib oshqozon teshiladi.
Ignani oshqozonning oldingi yuzasiga o‘tkaza turib, oldindan orqa tomonga qarab birinchi va
ikkinchi igna tikilgan joylar orasidagi masofa o‘rtasida igna sanchiladi va uni teskari tomonga
chiqara turib, yuqorida bayon
qilingan usul takrorlanadi, ya’ni teskari yo‘nalishda kichik
egrilikdan 1, 0–1,5 sm tashlab igna oshqozonga sanchiladi va hokazo.
Shunday qilib, qator
halqalardan iborat bo‘lgan
chok kelib chiqadi, ular tortilganida oshqozonning tikilgan joyi
bosiladi va bu yerdan o‘tadigan qon tomirlar siqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: