Ichak choki.
«Ichak choki»
atamasi deganda, biror ichi bo‘sh ovqat hazm qilish yo‘li a’zolari
devoriga, shuningdek qorin parda – muskul va shilliq shilliq osti qavatlari bo‘lgan boshqa ichi
bo‘sh a’zolarga qo‘yiladigan barcha chok turlari tushuniladi.
Oshqozon-ichak jarrohligi taraqqiyoti ma’lum darajada ichak choki usullarining ishlab
chiqilishi bilan bog‘liqdir. Bu borada Lamber (1826) taklif etgan bir xil turdagi seroz-muskul
ichak choki muhim o‘rin tutadi, bunday chok qo‘yishda ichak seroz pardalar bir-biriga
tekkiziladi va ikkita ichak devorlari yopilishi tufayli kerakli jipslik (germetizatsiya) hosil
bo‘ladi.
Ichak choklariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iboratdir:
–
aseptikaga rioya qilish, yaxshi gemostaz va to‘qimani, ayniqsa shilliq va shilliq osti
pardalarini iloji boricha kam shi-kasglashga erishish;
– seroz yuzalarning keng doirada jipslashishini ta’minlash va ichak devorining qolgan
qavatlari adaptatsiyasi (ayniqsa yo‘g‘on ichak va o‘t yo‘llaridagi operatsiyalar)
tufayli
ishonchli jipslikka erishish;
– jarohatning oshqozon-ichak yo‘li ichki tomoniga qaratilgan qirg‘oqlariga teshib o‘tadigan,
ichiga botiriladigan choklar qo‘yishda suriladigan (singib ketadigan) tikish materiali
(ketgut)ni, seroz-muskul choklarini qo‘yishda esa so‘rilmaydigan tikish materialini qo‘llash;
– ichakning peristaltik harakatlarini hisobga olgan holda, suriladigan tikish materiallari bilan
uzluksiz choklar, so‘rilmaydigan tikish materiallari bilan tugunchali choklar qo‘yish;
– ichak choklarini dumaloq (teshadigan) ignalar (to‘g‘ri yoki bukilgan) bilan qo‘yish.
Ichak choki yumaloq ninalar yordamida qo‘yilishi, bir xil turdagi to‘qimalarni
jipslashtirishi, ichak devorining bir xil segmentlarini chog‘ishtirishi, to‘liq gemostazni va
yetarlicha mexanik pishiqlikni ta’minlashi, mutloq erkin joylashgan yuzalarni yaqinlashtirishi,
tikilayotgan yuzalarning vaskulyarizatsiyasini va gemostazini ta’minlanishi, ichak bo‘shlig‘ini
iloji boricha minimal toraytirish zarur.
Hozirgi vaqtda ichak choklarining yagona umumqabul qilingan tasnifi yo‘q.
Ichak choklarini ma’lum bir turlariga ajratish uchun
ovqat hazm qilish nayi
a’zolarining tuzilishi ahamiyatga ega. Ichaklarda ikkita – tashqi va ichki g‘ilof (futlyar)
farqlanadi. Tashqi g‘ilofni seroz qobiq va muskul qavat, ichkisini esa shilliq osti va shilliq
qavatlar tashkil etadi.
Me’da (A), ingichka ichak (B) va yo‘g‘on ichak (S) devorining g‘ilofli tuzilishi. I) ichki g‘ilof: 1 – shilliq qavat,
2 –shilliq osti qavati. II) tashqi g‘ilof: 3 – muskul qavati (me’dada – 3, 4 va 5), 4 – seroz qobiq.
Ichakning g‘ilofli tuzilishiga binoan ichak choklari ichak bo‘shlig‘iga o‘tgan va ichak
bo‘shlig‘iga o‘tmagan turlariga ajratiladi. O‘tmaydigan (aseptik)
choklarda iplar ichak
bo‘shlig‘iga tushmaydi, va seroz chok,
seroz-muskul chok, seroz-muskul-shilliq osti chok
turlariga bo‘linadi. O‘tuvchi (infitsirlangan) choklarda ip ichak bo‘shlig‘iga tushadi, uning
teshib o‘tuvchi,
muskul-shilliq osti-shilliq, shilliq osti-shilliq va shilliq parda chok turlari
farqlanadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I.D. 2020 y.
2
Ichak choklarini qo‘yish uslubiga qarab alohida tugunli choklar,
tushak choklari,
uzluksiz choklar, uzluksiz-tugunli choklar, chekka choklar,
ichkraiga qayiruvchi choklar,
tashqariga qayiruvchi choklar va kombinirlangan choklar ajratilgan.
Choklar qatorlarining soniga qarab bir qatorli va ko‘p qatorli choklar mavjud.
Xirurgik amaliyotda chok qo‘yishning ikki turi qo‘llaniladi: ochiq (kavak a’zo
bo‘shlig‘i ochiq holatda qo‘yiladi) va yopiq (choklar kavak a’zo bo‘shlig‘i ochilmasdan
qo‘yiladigan) usullar.