pirovard
maqsadi — o‘qib ma’lumot
olish demakdir,ya’ni bunda maktabni tugatuvchilar o‘qishni chet tilda
o‘zlashtiradi.
Oraliq
maqsad esa turlicha bo‘ladi. Ta’lim bosqichi yoki alohida
sinflarda gapirish oraliq maqsadda o‘rganilishi mumkin. Mas. boshlang‘ich
davrda og‘zaki nutqni maqsad maqomida o‘rganadilar, o‘qish va yozuvga vosita
deb qaraladi.
Yozuv nutq faoliyati turi sifatida barcha sinflarda chet til o‘rgatish vositasi
(boshqa nutq faoliyati turlarini egallashda yordamchi) bo‘lib keladi. Mas: gapirish
yoki o‘qish mashqidan keyin, ularda o‘zlashtirilayotgan til materiali yozuvda
mustahkamlanadi, takrorlanadi.
Nutq faoliyati turini o‘qitishda agar to‘rtala uslubiy mezonga rioya qilinmasa,
u maqsad darajasidan mahrum bo‘lib, ta’lim vositasi qatoridan joy oladi.
Xullas, chet tilini amaliy maqsadda o‘rganish ushbu til yordamida kerakli
axborot olish va boshqalarga yetkazish ma’nosini anglatadi. Olingan axborot
o‘quvchilar bilim saviyasini oshirish (ta’limiy maqsad) va ularni tarbiyalash
27
ishiga xizmat qiladi.
2. O‘quvchilarga chet tili uchinchi til sifatida o‘rgatiladi va u majburiy o‘quv
predmetlaridan hisoblanadi. Chet tili vositasida olinadigan axborotdan tashqari,
uni o‘rganish jarayonida qo‘llanadigan til birliklari tafakkurni rivojlantiradi,
nutqning ifoda borasidagi yangi hodisalar o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lib,
ularning til tajribasini boyitadi.
Til materialida o‘quvchilar ona tiliga mos kelmaydigan hodisalarga duch
kelishadi. Mas. leksikada polisemiyaning ushbu tilga xos ko‘rinishlari, talaffuzda
ona tili yoki ikkinchi tilda uchramaydigan fonetik birliklar shular jumlasidandir.
O‘quvchilar tili o‘rganilayotgan mamlakat(lar) madaniyati, san’ati, tarixi,
adabiyoti, urf-odatlari, an’analari bilan tanishadilar.
Til o‘rganishning ilk bosqichida leksik, grammatik va talaffuz birliklarini
og‘zaki nutq jarayonida o‘zlashtirishga ko‘proq e’tibor beriladi. Yuqori
bosqichda chet tilidagi grafik va audiotekstdan axborot yig‘ish o‘quvchilarda
hayotiy yangiliklarni bilish ishtiyoqini kuchaytiradi.
Chet tilidan ko‘ra ona tili va ikkinchi til o‘qitilishida ularga oid umumta’limiy
axborotlar kengroq hajmda o‘zlashtiriladi. Zero, birinchi va ikkinchi navbatda
o‘rganiladigan tillarni o‘qitish tabiiy sharoitda o‘tadi va ularga ajratilgan o‘quv
rejasidagi dars soatlari miqdori ancha ko‘p. Tillarni o‘qitishda tilshunoslikka doir
bilimlar nisbatini quyidagi hayotiy lavha bilan qiyoslab o‘tish o‘rinlidir. Shahar
qancha katta bo‘lsa, transport haydovchilar ko‘cha harakati qoidalarini
shunchalik mukammalroq bilishi talab etiladi.
Ta’limiy maqsadda chet tilinio‘rganishning o‘quvchi mantiqiy tafakkurini
rivojlantirishga va xotirasini yaxshilashga hamda ularning bilim saviyasi va
umumiy madaniyatini ko‘tarishga foydasi tegadi. Umumta’lim ob’ekti uchtadir:
til hodisasi, tushuncha va qoidalar hamda nutq (matn) mazmuni.
Nutq faoliyati yuritish, natijada axborot almashish, chet tilio‘quv predmetini
o‘qitish oldida turadigan ko‘pqirrali yagona maqsaddir. Lekin nutqda
qo‘llanadigan materialning o‘zi ko‘nikmaga aylanuvchi bilim, undan hosil
bo‘ladigan mavhumot shaklidagi bilim esa sodda-sodda qoidalar (mavhumotlar)
tizmasidir.
3. Ta’lim va tarbiya hamjihatligi qadim zamonlardan kishilarga ma’lum.
Ta’lim o‘choqlari, so‘zsiz, tarbiyaga ham e’tiborni qaratadi, tarbiyalash yoki
tarbiyalanish tushunchasini ta’limsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Metodika fanida chet tilinio‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘quvchilarga
g‘oyaviy-siyosiy tarbiya berish, ularda aqliy mehnat ko‘nikma va malakalarini
hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishdan iborat.
Tarbiyaviy maqsad asosan 2 yo‘l bilan ro‘yobga chiqariladi:
1) o‘quvchilarning chet tilinio‘rganish jarayonida tarbiyalanishi. Mas. ilk
darslardayoq chet tilida salomlashish, xayrlashish, tevarak-atrofdagi predmet va
28
hodisalar nomlarini bilish, she’r va ashula aytish, o‘yinlar bajarish, tili
o‘rganilayotgan xalq va mamlakatga oid ma’lumotlarni olish kabilar.
2) til materialida tarbiyaviy jihatlardan foydalanish. Mas. o‘zaro chet tilida
og‘zaki muloqot chog‘ida suhbatdoshiga hurmat bilan qarash, odob doirasiga
kiradigan so‘z va iboralarni qo‘llash, birgalashib she’rlar, dialoglar aytish, o‘zi va
sheriklari xatti-harakatini odob bilan chet tilida sharhlay olish singari yumushlar
o‘quvchini madaniyat sari yetaklaydi.
Chet til audioteksti va grafik tekstidan olinadigan yangilik–ma’lumotlar
tarbiyalashning tengi yo‘q metodik vositalaridandir. Matnlar mazmuni dastur
nutq mavzulariga mos kelishi hamda o‘quvchilar ma’naviy ehtiyojini qondirishga
qaratilgan bo‘lishi talab etiladi.
Chet til o‘qitishning dastlabki yillarida mikrotekstlar asosida yangi axborot
yetkazilsa, yuqori sinflarda badiiy, siyosiy, madaniy-sport mavzulariga oid
adabiyotlardan parchalar o‘qishga beriladi va ulardan olinadigan ma’lumotlar
o‘quvchi tarbiyasiga bevosita dahldor va foydali bo‘ladi.
Darslik matnlari tarbiyada birlamchi vosita sanaladi. Xullas, chet til o‘qitish
jarayonida o‘quvchilar tarbiyasiga munosib e’tibor beriladi.
4. Rivojlantiruvchi maqsad chet til o‘qitish metodikasida yangi qabul qilingan
ilmiy kategoriya bo‘lib, u haqida yetarli metodik ma’lumotlarni topish qiyin.
Mazkur maqsadning nomi didaktikada mashhur bo‘lgan «rivojlantiruvchi metod»
tushunchasi zaminida taqlid yo‘li bilan vujudga keldi. Til o‘qitishda bunday nom
bilan ataladigan metod yo‘q.
«Rivojlantiruvchi maqsad» tushunchasi o‘quvchi shaxsining aqliy, hissiy va
motivasion (ichki turtki) tarafini rivojlantirishni ifodalay boshladi.
Demak
, chet
tilinio‘qitishda o‘quvchilarning aqliy saviyasini quyidan yuqoriga ko‘tarish,
mazmunan yuksaltirish, ijobiy ma’noda aqlan yanada ulg‘ayishini ta’minlash
ushbu maqsadning
birinchi
vazifasidir.
Ikkinchidan
, chet tilinio‘rganishda bu
maqsad o‘quvchilarning his-tuyg‘ularini kamol toptirish, tashqi ta’sirni sezgilar
va analizatorlar yordamida idrok etib tushunishni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Uchinchidan
, faoliyat ko‘rsatish yo‘lida ichki turtkini avj oldirish, faol ishga
tushirish kabilar. Xullas, rivojlantirish aql, hissiyot, motivatsiyani yuqori
pog‘onalarga ko‘tarish ma’nosida qabul qilindi.
Ruhshunoslar va ta’limshunoslar e’tiroficha, o‘quvchilarga ta’lim jarayonida
yetarli miqdorda qiyinchiliklarni yengib borishni o‘rgatilsagina, ularning
tafakkurini tezkorlik bilan rivojlantira olish mumkin.
Axborot
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish aksariyat holda o‘qib
ma’lumot olish davrida yuz beradi. Darslik va o‘qish kitoblari, yuqori sinflarda
qo‘shimcha tarzda vaqtli matbuot materiallarini o‘qish axborot olish manbai
sanaladi. Axborot olishdan tashqari o‘quvchilar matn oldi savollariga javob
izlash, lug‘atdan foydalanish, sahifa quyi hoshiyasidagi tilga oid izohlarni
29
o‘rganib borish, grammatik ma’lumotnomadan foydalanish kabi qiziqarli
mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishadi.
Nutq faoliyati turlari (gapirish, tinglab tushunish, o‘qish, yozuv) bilan
mashg‘ul bo‘lish –
muloqot
, psixolingvistika ta’biri bilan aytganda,
kommunikatsiya demakdir. Chet tilda gapirganda, o‘quvchi og‘zaki fikr bayon
etishning ajoyib usullari – isbotlash, ishontirish, ma’qullash yoki ma’qullamaslik,
yoqlash yoki qarshi fikr aytish singari ko‘plab o‘quv ko‘nikma va malakalari dan
foydalanadi.”
14
O ‘qituvchi mazkur maqsadlardan o‘z faoliyati mobaynida foydalana olishi
kasbiy faoliyatini muntazam barqarorlashtirib, rivojlantirib borishi uchun
yetarlicha omil bo‘lib xizmat qiladi. Izlanuvchanlik qobiliyatini,
kompitensiyasini oshiradi. Zamonaviy muallimdan hozir ko‘p narsa talab
qilinadi. Tayyorgarliksiz darsga kirish, ayniqsa, hozirgi zamon yoshlari o‘tirgan
auditoriyaga, nutlaqo mumkin emas. Yoshlarimiz ilgaridan ko‘ra ancha bilimli,
qobiliyatli, zukko, chet tillarini bilishga intiluvchanlar juda. Shunuqtainazardan,
yuqoridagi bayon etilgan mavzu jiddiy mulohaza va o‘zlashtirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |