4-ma’ruza. Buzilishga barqaror hisoblash tizimlar. Elektron qurilmalarning
buzilishga barqaror
ko’satgichlari
.
Buzilishga barqaror hisoblash
tizimlarining ishonchliligi.
Hisoblash texnikasi vositalarining ishonchlilik sohasidagi oxirgi yutuqlari
shu bilan tavsiflanadiki, alohida komponentlari buzilgan holda ham o‘rnatilgan
me’yorda ishlay oladigan xususiyatga ega bo‘lgan
hisoblash tizimlari paydo
bo‘lishidir. XTlarining bunday xususiyatlari buzilishga barqarorlik deb nom oladi.
XTlarining o‘zi esa buzilishga barqaror hisoblash tizimlari (BBXT) deb nomlandi.
Buzilishga barqarorlik – XTning arxitekturasiga bog‘liq xususiyat bo‘lib,
foydalanuvchiga (universal XTli bo‘lgan holatda) yoki funktsional dasturda
(boshqaruvchi XT bo‘lgan holatda) tizimning apparat yoki dasturiy vositalarida
buzilish sodir bo‘lganda ham ishlashni davom ettira olishidir.
Buzilishga barqarorlik tashkil qilinish usuliga ko‘ra aktiv va passivga
(tezkor va sustkash) ajratiladi.
Aktiv
buzilishga barqarorlik, buzilishni topish protsessori, buzilishni
bartaraf etish va tizimni qayta qurishga (rekonfiguratsiya) asoslanadi. Buzilishlar
diagnostika vositalari yordamida aniqlanadi va tizimni
avtomat ravishda qayta
qurish orqali bartaraf etiladi. Tizimni rekonfiguratsiya qilish shundan iboratki,
bunda tizim hisoblash vositalari sturukturasi shunday qayta quriladiki uning
buzilish qismi ishlash jarayonidan uzib qo‘yiladi.
Passiv buzilishga barqarorlikning xususiyatlari shundan iboratki, tizimning
alohida elementlari buzilgan holda ham tizim o‘zining funktsionol imkoniyatlarini
yo‘qatmaydi. Passiv buzilish barqaror tizimlarga misol qilib mojaritar a’zoli
tizimlarni keltirish mumkin.
Passiv buzilishga barqarorlik apparatlar sonini bir necha marotaba oshishi
bilan bog‘liq. Passiv buzilishga barqarorlik alohida ma’suliyatli XTlarida
qo‘llaniladi. Bunday XTlarining ishlash vaqtida qisqa uzilishlarga ham yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. U XTning ishlashida buzilishga barqarorlikni kafolatlaydi va saqlaydi.
Aktiv buzilishga barqarorlikni qo‘llash apparat
vositalarini ekanomli
sariflash bilan tavsiflanadi, lekin, tizimni ishlashida buzilishdan keyingi tiklanishga
yetadigan vaqt yo‘qotiladi.
Aktiv buzilishga barqarorlik faqat ko‘p protsessorli tizimlarda tashkil
etiladi. Shu sharoitlar aktiv va passiv buzilishga barqorlikni qo‘llanish sohasini
aniqlaydi. Buzilishga barqarorlikni kiritish ishonchlilikni oshirishni bitta usuli
hisoblanadi.
Tizimning buzilishga barqarorligi birlamchi buzilish oqimini bo‘shatish
koeffitsienti Kb bilan tavsiflanadi. U tizim elementlari
barcha buzilishining qaysi
qismi tizimni buzilishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Bo‘shatish koeffitsenti
K
=
e
.
bunda
t
tizimning buzilish intensivligi soat
-1
;
e
– tizim elementlarining barchasini buzilish intensivligining yig‘indisi.
Buzilishga barqarorlikning o‘lchami sifatida d- qat’iylik xizmat qiladi.
d-elementlar maksimal soni yoki tizimning boshqa strukturasi o‘lchamlarining
buzilishi tizimning buzilishga olib kelmaydi.
Buzilishga barqarorlik ortiqchalik kiritilishi bilan ta’minlanadi, boshqacha
aytganda tizimda zaxira tashkil etiladi. BBXTlarida quyidagi ortiqchalik
foydalanilishi mumkin:
1) ko‘rsatkichlar bo‘yicha;
2) algoritmik;
3) vaqtli;
4) strukturaviy.
Ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortiqlikda elementlar
va apparat qismlarini
ishonchliligini oshirish maqsadida, ishlash sharoitlarini yengillashtirishda
ifodalanadi.
Algaritmik ortiqlikda hisoblash jarayonida xatoni borligi yoki kelib
chiqganda ham qoniqarli natijani ta’minlovchi algoritmlarni qo‘llashdan iborat.
Strukturaviy ortiqlik effektiv hisoblanadi.
U hisoblash mashinasi
sturukturasiga qo‘shimcha elementlar, qismlari va qurilmalar kiritish bilan
ifodalanadi.
Vaqtli ortiqlik uzilish yoki xatolik sodir bo‘lgan holda qayta hisoblash yo‘li
bilan tuzatish uchun qo‘shimcha vaqt borligi bilan ifodalanadi.