Amalni qaytarish yo‘li bilan tiklash uchun xato tasodifiy yoki joyini
o‘zgartiruvchi bo‘lishi va amal takrorlanganda o‘z-o‘zidan yo‘qolishi kerak,
boshqacha aytganda qisqa uzilishdan bo‘ladi. Tasodifiy
xatolikning davomiyligi
xar hil bo‘lish mumkin bo‘lgani uchun, tizim amalni bir necha martta qaytarishi
kerak. Qaytarish mikrobuyruq, buyruq va kiritish-chiqarish amali darajasida
bo‘lishi mumkin.
Ba’zi hollarda nazorat vositalarini funktsional yoki tizim darajasida xatosi
topilsa, ya’ni axborotni buzishga ulgurgan bo‘lsa tiklashning nazorat nuqtasiga
qaytish yo‘lidan foydalaniladi.
Nazorat nuqtasi deb, hisoblash jarayonida (dasturda)
xisobning oraliq
natijalari saqlangan nuqtasiga aytiladi va xatolik sodir bo‘lganda shu nuqtaga
qaytish mumkin bo‘ladi. Bunday tiklash usulida, hisoblash jarayonining nazorat
nuqtasini o‘z vaqtida shakllantirish talab etiladi (ya’ni, hisoblash jarayonini oraliq
natijalarini vaqti-vaqti bilan xotirada saqlab qolish kerak bo‘ladi).
Dasturiy qayta start deb topshiriqni hisoblashni qayta ishga tushirishga
aytiladi. Bunday tiklash usulidan nazorat vositalarini xatoni topishning
foydalanuvchi darajasidagisida foydalaniladi.
Tiklashda niqoblash va amalni qayta bajarish usullari ko‘proq e’tiborga
ega, chunki ularni xato vaxliroq taniladi va tiklanadi. Lekin ularga ko‘proq apparat
vositalari sarflanadi.
Buzilish sodir bo‘lgan hollarda hisoblash mashinasini
ishlashga layoqatini
saqlash xaqiqiy vaqt mobaynida ishlovchi tizimlarda, taqsimlangan vaqtli
tizimlarda, tegishlovli tizimlarda va dialogli tizimlarda katta axamiyatga ega.
Buzilgan hisoblash jarayoni avtomat ravishda tiklash EQda buzilishga
barqarorlik xususiyatini kiritish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Buzilishga barqaror tizim deb, xatoni avtomat ravishda aniqlovchi, uni
xususiyatini aniqlovchi (tasodifiy yoki doimiy),
nosozlikni alohida ajratib
qo‘yuvchi, tizimni qayta quruvchi va hisoblash jarayonini tiklovchi tizimga
aytiladi.
Buzilishga barqaror tizimlarni hisoblash jarayonlarini graflar (26-rasm)
yordamida ko‘rib chiqamiz. Bunda xatoni (1) apparatlar (2) yordamida, balki
dastur (3) yordamida, balki nazorat vositalari (4) yordamida aniqlash mumkin
bo‘ladi. Oxirgi holda natija tizimning buzilishi (5) bo‘ladi. XTni passiv buzilishga
barqarorlikni qo‘llash darajasiga bog‘liq xato hisoblanadi (6). Bu holatda hisoblash
jarayoni ushlanishsiz davom etadi (7). Xatoni apparat
vositalari bilan topadigan
ko‘plab tizimlarda bajarilayotgan amalni talab etilgan martta qaytarish amalga
oshiriladi.
Agar qayta bajarish muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni uzilish sodir
bo‘lgan holat qayd etilsa va amalni qayta bajarilganda yo‘qolsa hisoblash jarayoni
davom ettiriladi (8). Agar amalni qayta bajarish muvaffaqiyatsiz bo‘lgan bo‘lsa
(9), bu apparatda qat’iy xato borligidan dalolat beradi va shu sababli avtomat
ravishda qayta qurish amalga oshiriladi (10). Bundan tashqari grafda nazorat
nuqtasi (11), axboratlarni tiklash (12), hisoblashni qayta bajarish (13), testlar (14),
qat’iy buzilish (5) va qat’iy bo‘lmagan buzilish (16) keltirilgan.
26 – rasm. Tiklanish jarayonning ta’rifi
Rekanfiguratsiya buzilgan tizim qismini (qurilmani, protsessorni)
zaxiradagisi hisobiga almashtirishdan yoki uni buzilgan qismini uzib qo‘yishdan
iboratdir. Uzib qo‘yish holatida tizim sekin – asta o‘z xususiyatini yo‘qota
boshlaydi. Rekonfiguratsiyadan so‘ng axborotni tiklash amalga oshiriladi (12).
Buning uchun hisoblash jarayoni davomida nazorat nuqtalari nazarda tutilgan,
ulardan tizimning holati va hisoblash jarayoni nazoratga olinadi.
Nazorat natijasi
ushbu dastur va protsessor uchun to‘g‘ri holatda (oraliq natija, registrlardagi
axborotlar) tezkor xotiraga magnit tasmalariga yoki magnit disklarga yoziladi.
Axborotni tiklash vaqtida ushbu takrorlovchi yozib qo‘yilgan axborot,
rekonfiguratsiyadan keyin qayta protsessorni (buzilganini) vazifasiga o‘z
zimmasiga olgan bo‘lsa o‘
xshashiga
yoziladi. So‘ng nazorat nuqtasidan boshlab
hisoblash jarayoni yengilanadi (13). Xuddi shunday jarayon dasturiy vositalar bilan
aniqlangan holda ham takrorlanadi. Dasturiy vositalar orqali xato topilganda test
(14) ishga tushirilishi mumkin. Agar testlar qat’iy buzilish borligini aniqlasa (15),
unda rekonfiguratsiya (10) amalga oshiriladi, nazorat nuqtasiga qaytish (11),
axborotlarni tiklash (12) va hisoblashni qaytarish (13). Agar qat’iy
buzilish
bo‘lmasa (16) unda sanab o‘tilgan amallar rekonfiguratsiyasiz qaytariladi.
Tiklanish dasturda uchraydigan xatolar hisobiga, nazorat nuqtasida axborotni
buzilib ketishi hisobiga, hamda zaxira tugashi yoki buzilish hisobiga tizim
samaradorligi ruxsat etilgan darajadan pasayib ketishi hisobiga ham
muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin.