AMALIY ISH № 6
Mavzu: O’zgaruvchan tok elektr yuritmalarni avtomat ravishda boshqarish sxemalarini o’rganish.
Ishning maqsadi: Elektr yuritmalarni avtomat ravishda boshqarish usullarini va ularning sxemalarini o’rganish.
Asinxron faza rotorli yuritgichni tok bo’yicha avtomat boshqarish
23-rasm. Asinxron faza rotorli yuritgichni tok bo’yicha avtomat boshqarish sxemasi.
Bu elektr yuritmaning boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun QF avtomati ulanib, sxemani ishga tayyorlanadi.
Ishga tushirish knopkasi SVS ulanganda, KM kontaktori ishga tushadi. U o’zining asosiy kontaktlari bilan elektr yuritgichning stator zanjirini tarmoqqa ulaydi, yordamchi kontaktlari bilan esa SVS knopkasini shuntlaydi va KM1 kontaktori zanjirini ulaydi.
Elektr yuritgich ishga tushadi, uning rotor zanjirlaridan tok oqa boshlaydi. KA tok relesi ham ishga tushadi va boshqarish zanjiridagi kontaktini uzadi. KM1 kontaktorining ishlash vaqti ko’proq bo’lgani uchun u ulanishga ulgurmaydi. Yuritgichning tezligi oshib boradi, rotori zanjirida E.Yu.K ortadi, tok kamaya boshlaydi. Tok ma’lum qiymatga kamayganda KA tok relesining yakori ortga qaytadi, KA kontakti ulanadi. Buning natijasida KM1 kontaktori ishga tushadi. U o’zining asosiy kontaktlari bilan, R1 qarshiliklarini shuntlaydi, yordamchi kontaktlari bilan KA kontaktini shuntlaydi va KM2 kontaktori zanjirini ulaydi.
Rotor zanjirida qarshilik kamayib, tok oshgani uchun KA tok relesi yana ishga tushadi, KM2 kontaktori zanjiridagi kontaktini uzadi. SHu bilan birga yuritgichning tezligi oshib boradi, rotori zanjiridagi E.Yu.K ortadi, tok kamaya boshlaydi. Tok ma’lum qiymatga kamayganda, KA tok relesining yakori yana ortga qaytadi va kontakti ulanadi. Buning natijasida KM2 kontaktori ishga tushadi va o’zining asosiy kontaktlari bilan R2 qarshiliklarni shuntlaydi, yordamchi kontakti bilan esa KA kontaktini shuntlaydi.
Yuritgichning rotor zanjirida qo’shimcha qarshilik qolmagani uchun uning tezligi yana ham oshadi va u o’zining tabiiy tavsifida ishlay boshlaydi.
Asinxron faza rotorli yuritgichni vaqt bo’yicha avtomat boshqarish.
24-rasm. Asinxron faza rotorli yuritgichni vaqt bo’yicha avtomat boshqarish sxemasi
Bu elektr yuritmaning boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun QF avtomati va Q rubilniklari ulanib, sxemani ishga tayyorlanadi. Buning natijasida boshqarish zanjiri tarmoqqa ulanganda, KT1 va KT2 vaqt relelari ishga tushadi va KM1, KM2 kontaktorlari zanjirlarida o’zlarining kontaktlarini uzib qo’yadi.
Sxemalar ishga tayyor bo’ladi. SBC ishga tushirish knopkasi ulanganda KM kontaktori ishga tushadi. U o’zining asosiy kontaktlari bilan yuritgich statorini tarmoqqa ulaydi, yordamchi kontaktlari bilan esa SBC knopkasini shuntlaydi va KM1 kontaktori zanjirini ulaydi, KT1 vaqt relesi zanjirini uzadi.
Tarmoqqa ulangan yuritgich aylana boshlaydi. Zanjiri uzilgan KT1 vaqt relesi belgilangan vaqt o’tgandan keyin KM1 kontaktori zanjirida o’zining kontaktini ulaydi. KM1 ishga tushadi, o’zining asosiy kontaktlari bilan rotor zanjiridagi R1 qarshiliklarni shuntlaydi, yordamchi kontaktlari bilan KM2 kontaktori zanjirini ulaydi, KT2 vaqt relesi zanjirini uzadi.
Rotori zanjirida qarshilik kamaygan yuritgich tezligi oshib boradi. KT2 vaqt relesi uzilgandan belgilangan vaqt o’tgandan keyin, KM2 kontaktori zanjirida o’zining kontaktini ulaydi. KM1 ishga tushadi va rotor zanjirida R2 qarshiliklarni shuntlaydi.
Rotori zanjirida qo’shimcha qarshilik qolmagan yuritgichning tezligi yana ham oshadi va tabiiy mexanik tavsifida ishlay boshlaydi.
Yuqorida keltirilgan sxemalar orqali avtomat boshqarishni o’rgangandan so’ng, o’qituvchining topshirig’iga muvofiq talabalar bu sxemalarni tegishli variant bo’yicha pog’ona uchun tuzishni o’rganadilar.
A D A B I YO T L A R .
1. Sadullaev N.N. Elektr yuritma asoslari fanidan ma’ruzalar matni. Bux OO va ESTI, «Texno-tasvir», 2003 y.
2. Katsman M.V. Laboratornыe rabotы po osnovam elektroprivoda. M. : «Vыsshaya shkola», 1986.
3. Majidov S. Elektr mashinalar va elektrik yuritmalar. O‘qituvchi, 1979.
5. Majidov S. Eletrotexnikadan ruscha-uzbekcha lug‘at ma’lumotnoma. T.: O‘zbekiston, 1994.
Do'stlaringiz bilan baham: |