B. T. Toshmuhamedov



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/180
Sana18.04.2022
Hajmi6,59 Mb.
#560016
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   180
Bog'liq
Umumiy geologiya. Toshmuxamedov B

26-rasm. 
Y erning tarixi.
91


Yerimizning yoshini yillar bilan ifodalab berishga qilingan 
urinishlar absolyut geoxronologiya deb nom oldi.
Absolyut yoshni aniqlash usullari tu rlich a b o ‘lib, ular 
yotqiziqlarni yotishini o'rganishga, yotqiziqlarni yemirilishini 
o ‘rganishga, Yerning issiqlik rejimini o ‘rganishga va boshqa 
geologik jarayonlarni o ‘iganishga asoslangan. Masalan: Nil daryosi 
100 yilda 151 sm qalinlikdagi yotqiziq olib kelar ekan. N il daryosi 
yotqiziqlarining umumiy hajmini bilgan holda bu yotqiziqlarni 
hosil bo'lishiga 4082—6350 yil ketganligini aniqlash mumkin. Yana 
bir misol, Niagara sharsharasi 100 yilda 31m. ga kengayar ekan. 
Sharsharaning umumiy kengligini bilgan holda u taxminan 36000 
yilda hosil bo‘lganligini hisoblab chiqish mumkin.
H ozirgi vaqtda absolyut yoshni aniq lash n i b ir q an ch a 
radioaktiv moddalarga asoslangan usullari bor. Ular jinsning 
tarkibidagi radioaktiv m o d d alarn in g m iq d o rin i aniqlashga 
asoslangan. Uran (U) ta toriy (Th) parchalanganda o ‘zidan issiqlik 
chiqaradi va geliy va qo‘rg‘oshinga aylanadi. 0 ‘iganishlar natijasiga 
lgram m uran parchalanishi natijasida 1 yilda 9.10-6 sm3 geliy va 
7.4.10-9 gr. Q o‘rg‘oshinga aylanar ekan. Jinslarning tarkibidagi 
uran, geliy va qo‘rg‘oshinlarning miqdorini bilgan holda quyidagi 
formula yordamida jinsning absolyut yoshini aniqlash mumkin:

n 1
A = ----------------- (g e liy u c h u n ); 
A = ----------------------( q o ‘rg‘o sh in u c h u n );
m • 9 • 10-6 
m • 7.4 • 10'9
A — absolyut yosh, m — jinsdagi U miqdori, n — jinsdagi 
geliy miqdori, n 1 — jinsdagi qo‘rg‘oshin miqdori.
Bu usullar bilan aniqlaganda jinsning yoshi aniq chiqmaydi, 
chunki jinsning tarkibida radioaktiv bo‘lmagan qo‘rg‘oshin bo‘lishi 
mumkin hamda geliy tabiatan uchuvchan b o ‘lmaganligi uchun 
jins tarkibidan chiqib ketgan bo'lishi mumkin.
Bu usullardan tashqari argon usuli mavjud. Bu usulning asosi 
etib argonni kaliy izotopiga nisbati olingan. Kaliyli minerallar 
parchalanganda 12% atom organ va 88% kaliy kalsiy izotopiga 
ay lan ar ekan. Hosil b o 'lg a n argon kristal panjaralarin ing
mustahkamligi uchun qayta ta ’sirga uchram as ekan. Shuning
92


uchun bu usulda aniqlaganda jinslarning yoshi aniq chiqar ekan. 
Bulardan tashqari stronsiy, radiouglerod, radiyion usullari mavjud.
Yerning yoshini birinchi bo'lib Xlopin va N enadkew ichlar 
1924-yilda aniqlashgan. Ulardan so‘ng Gerling, Vinogradov, Zi- 
kov, Rossel, Xolms, Xeveshi, Rozerford va boshqalar aniqlashgan.
Hozirgi vaqtda geologik davrlarni yoshi quyidagicha qabul 
qilngan: Kz — 66-70 mln. yil, Mz — 173-175 mln. yil, Pz — 335- 
355 mln. yil, PR — 2 mlrd. yil, AR — 1.8 mlrd. yil.
Tog‘ jinslarining yoshini aniqlash bilan geologiyaning stra­
tigrafiya (lotincha qavat) sohasi shug‘ullanadi. Stratigrafiya Yer 
po ‘stini tashkil qilgan tog‘ jinsi qatlamlarining ketm a-ket yotishi, 
o ‘zaro munosabati va Yer yuzasida tarqalishini o ‘rganadi. Tog* 
jinslarining yoshi nisbiy va mutloq usullari bilan aniqdanadi. Nisbiy 
yoshini aniqlaganda cho‘kindi jinslar va ularning hosil b o iish
ketma-ketligiga stratigrafik tadqiqotlar yordamida bajariladi. 0 ‘z 
navbatida tog‘ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda nopaleonto- 
logik va paleontologik usullar mavjud.
Nisbiy yosh qatlam lam i va qirilib bitgan va toshga aylangan 
fauna va flora qoldiqlarini o ‘rganishga asoslangan qoldiq holatda 
hayvonlarning suyaklari himoya qobiqlari yaxshi saqlanadi. U lar 
ikkilamchi minerallar bilan (kalsiy, orogonit, kremniy, oltingugurtli 
tem ir va boshqalar) to ‘ydirilib toshga aylangan holda saqlanadi. 
O rg a n iz m la rn in g y u m sh o q q ism i u m u m a n sa q la n m a y d i. 
C ho'kindi jinslarda organik qoldiqlar magmatik va metamorfik 
jinslarga nisbatan yaxshi saqlanadi (Yakutiyada muzlikda topilgan 
m am ont juda yaxshi saqlangan bo ‘lib uning juni va og‘zidagi 
ovqati ham saqlangan). U m um an «soqov» qatlamlarga magmatik, 
ko‘pgina metamorfik, muzlik va kimyoviy yo‘l bilan hosil b o ig a n
cho‘kindi jinslar kiradi. Tarkibida fauna va flora qoldiqlari saqlan­
gan jinslar «rahbar» jinslar deb hisoblanadi. Ularvertikal qirqimda 
emas, balki geografik hudud bo'yicha tarqalgan b o iish i kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, tog‘ jinslarining nisbiy yoshini 
aniqlashda stratigrafik tadqiqotlaming ahamiyati katta. Stratigrafik 
tadqiqotlarning asosiy vazifasi ch o ‘kindi jinslam i litologik tarkibi 
bo'yicha va ularda saqlanib qolgan oiganik qoldiqlardan foydalanib, 
kesimni qatlamlarga, stratigrafik b o ‘limlarga ajratishdir. U ndan
93


keyin bir-biridan uzoq joylashgan kesim lardagi qatlam larni 
taqqoslab (stratigrafik korrelatsiya lotincha soggekio — o ‘zaro 
munosabat) bir xil yoshlilari topiladi yoki korrelatsion yuzalar 
aniqlanadi. Bir qancha kesimlarni taqqoslab, ulardan um um iy 
stratigrafik ustun tuzish m um kin va m a ’lum hududdagi to g ‘ 
jinslarini birin-ketin xronologik tartibda tabaqalanib yotishini 
aniqlash mumkin.
Geologiyada stratigrafiyaning ahamiyati nihoyatda muhimdir. 
Uning asosida organik dunyoning rivojlanishi, paleogeografik 
sharoitlar, tektonik rivojlanish, foydali qazilmalarni izlab topish 
masalalari hal qilinadi. Yer po ‘stidagi strukturalarni aniqlash, 
geologik xarita tuzish va foydali qazilmalarni qidirish va razvedka 
qilish uchun birinchi navbatda shu hudud stratigrafiyasi ishlab 
ch iq ilad i. Stratigrafiya fan in in g o ‘z q o n u n -q o id a la ri yoki 
jarayonlariga asoslanib stratigrafik tadqiqotlarda turli usullami 
qoM lash m u m k in . K e y in g i 20 yil m o b a y n id a o lim la r
stratigrafiyaning asosiy jarayonlarini ta ’riflab berishga urinib 
k o ‘rd ilar. Lekin u la r to m o n id a n stratig rafik ja ra y o n la rn i 
tushunishda va ularning sonini aniqlashda har xillik kuzatiladi. 
Jumladan: A.Shou (AQSH) stratigrafiyaning 12 ta jarayonini 
t a ’riflab berdi; D .A .Stepanov va M .S.M esejnikov shunday 
jarayonlarni 9 tasini ajratdilar; A.M.Sodiqov esa stratigrafiyani 5 
ta asosiy jarayoni bor degan. Adabiyotlarda m a’lum bo'lishicha, 
ko'pchilik olim lar stratigrafiyaning asosan uchta jarayoni bilan 
chegaralanadilar, qolganlari esa mana shu uchta jarayonning u 
yoki bu tom onlarini yoritadi xolos.
B irinchi ja ra y o n 1669-yilda daniyalik olim N .S te n o n
tom onidan quyidagicha ta ’riflangan: «Buzilmasdan pastda yotgan 
har qaysi qatlam ustidagidan qariroq». Bu fikr XVII asr uchun 
eng muhim hisoblanib, stratigrafiyaga asos soldi va Stenon jarayoni 
deb nom oldi. Bu jarayon qatlamlar orasidagi «oldin-keyin» degan 
vaqt munosabatlarini aniqlashga yordam berdi.
Stratigrafik taqqoslashda 1868-yilda aytilgan N.A.Golovkinskiy 
jarayoni ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonga binoan 
q irg‘oq chizig‘iga parallel y o'nalishda tarqalgan qatlam dagi 
cho‘kindilami bir xil yoshda deb hisoblash mumkin. Ushbu jarayon


bilan shvedsariyalik geolog A. Gressli aytib o ‘tgan bir xil yoshdagi 
qatlamlarning fatsial o ‘zgamvchanligi haqidagi jarayoni chambarchas 
bog‘liq.
Qatlamlarni biostratigrafik ajratish va taqqoslash haqida XIX 
asr boshida V.Smit yozib qoldirgan va u uchinchi jarayon deb 
qabul qilingan. Unga asosan qatlamlarni ularda joylashgan organik 
qazilmalar b o ‘yicha ajratish vataqqoslash m um kin; boshqacha 
aytganda bir xil yoshdagi qatlamlar dastlabki o ‘z organik dunyosiga 
ega; J.Sulavesi — V.Smit jarayoni yuqorida aytilganlarni yanada 
to ‘ldirdi, ya’ni qazilma fauna va floralar aniq bir tartibda birin- 
ketin joylashadi.
Stratigrafik tadqiqotlarda stratigrafik va paleontologik solno- 
malar to ‘la emasligini albatta hisobga olish zarur. Zero, Yer po‘stini 
tashkil qiluvchi qatlam larning stratigrafik ketm a-ketligi to ‘la 
bo‘lmasligi mumkin; geologik vaqtning m a’lum bir qismida, ayrim 
sabablarga ko‘ra c h o ‘kindi to ‘planm asa, keyin hosil b o ‘lgan 
qatlam lar o ‘zidan oldingi qatlam lar ustiga nom os yotadi; ya’ni 
o ‘sha vaqtdagi cho'kindi to ‘planishida tanaffus b o ia d i.
Kesimlami ajratish va taqqoslash, qatlam larning m ineral- 
petrografik xususiyatlari, ularning o ‘zaro m unosabatlari va hosil 
b o ‘lish sharoitlaridan kelib chiquvchi m ezonlar ulardagi hayvon 
va o ‘simlik qoldiqlarini o'rganib amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, 
geologik yoshni aniqlashning ham m a usullari ikki yirik guruhga 
b o ‘linadi: q atlam larn in g tarkibi va o 'z a ro m u n o sab atlarin i 
o ‘rganishga asoslangan geologik-stratigrafik (paleontologik emas) 
va jinslarning paleontologik tafsilotlariga asoslangan biostratigrafik 
usullar. Bu usullar tog‘ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashga va 
bir xil yoshdagi qatlamlarni bir-biri bilan taqqoslashga imkon be­
radi. Tog‘ jinslarining izotop yoshini astronom ik birliklarda aniq- 
lovchi radiogeoxronologik usullar alohida aham iyat kasb etadi. 
Bular mutlaq yoshni aniqlash usullari yoki mutlaq geoxronologiya 
usullari deb ataladi.

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish