Ritmostratigraflk (siklostratigrafik) usul.
Tektonik harakatlarni
keng maydonlarda bir vaqtda sodir boMish g'oyasi bu usulning
ham asosiga qo‘yilgan. C ho‘kindi jinslar tarkibida o ‘z aksini topuvchi
tebranma tektonik harakatlaming siklliyligi (davriyligi) e ’tiboiga
olinadi. V .I.Popovta’rifi bo‘yicha cho‘kindi yotqiziqlari ritmostra-
tigrafiyasi stratigrafiyaning boMimi hisoblanadi. C ho’kindi qatlamlar
va formatsiyalaming to‘planishi borasida hosil boMgan ritmlilik tahlil
qilinadi. Masalan, quyida bitta sikl bayon qilinadi. Aytaylik, quruq-
likni suv bosadi. Sikl qirg‘oqoldi sayoz dengiz yotqiziqlari to‘planishi
103
bilan boshlanadi, so ‘ng transgressiya maksimumga yetganda
chuqursuv yotqiziklari to ‘plana boshlaydi va nihoyat suv chekinib
regressiya sodir boMganda yana sayoz dengiz cho‘kindilari to ‘planishi
bilan sikl tamom bo‘ladi.
Bir sikl yotqiziqlari ikkinchisidan nomoslik yoki kontinental
yotqiziqlar bilan ajralib turadi. Bu usul ritmostratigrafiya yoki
siklostratigrafiya nomini olgan va u ayniqsa ko‘mirli va neft-gazli
havzalar geologiyasini o ‘rganishda ko‘proq qo‘llaniladi. Amalda
esa boshqa usullar bilan birgalikda olib boriladi.
Geokimyoviy usul
yotqiziqlarni ajratish va taqqoslash kimyoviy
elementlaming Yer po'stida tarqalishi va migratsiyasini o‘rganishga
asoslanadi. Ayrim kimyoviy elem entlam ing konsentratsiyasini
aniqlash hamda ular miqdorini keskin o ‘zgargan (kamaygan yoki
ko'paygan) chegaralariga diqqat bilan e ’tibor beriladi. Element-
larning Yer p o ‘stida migratsiyasi, tarqalishi va konsentratsiyasi
haqidagi m a’lumotlar V.M.Goldshmidt, V.I.Vernadskiy, A.E.Fers-
man, N.A.Saukov, A.I.Perelman va boshqa olimlar tom onidan
yaxshi yoritilgan.
Agar elementlami migratsiya qobiliyatlari bo‘yicha bir qatorga
joylashtirsak, bir xil fizik-kimyoviy sharoitlarda har qaysi element
shuqatorda m a’lum b irq a t’iyjoyni egallaydi (N.M.Straxov, 1962).
Tashqi fizik-kim yoviy sharoitlarni o'zgarishi o ‘z navbatida
geokimyoviy harakatchanlik qatorni qayta quradi. Shu boisdan
N.M.Straxov m a’lum bir geologik jismdagi (qatlam) elementlaming
geokimyoviy qatori shu jism (qatlam)ni hosil boMish sharoitlarini
o ‘zida aks ettiradi deydi. Geokimyoviy tadqiqotlar asosida hosil
bo‘lish sharoitlari bo‘yicha har xil boMgan yotqiziqlarni kesimda
ajratish imkoniyaga tug‘iladi va ularni lateral yo‘nalishda kuzatish
mumkin. Kesim yotqiziqlarini taqqoslaganda jinslarning elementar
tarkibi, oksidlar, izotoplardan foydalanish mumkin.
Geokimyoviy usul organik qoldiqlari kam boMgan, tashqi
ko‘rinishi bir jinsli cho‘kindi qatlamlarni ajratish va taqqoslashda
samarali natajalar beradi. Bunday ch o ‘kindi qatlamlarga sulfat-
karbonatli, kremniyli, vulqonogen-kremniyli ayrim boMakli chaqiq
dengiz yotqiziqlari kiradi.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |