Mirrixning atmosferasi «tuni» — juda siyrak bo‘lib, sirtida
o ‘rtacha bosim 6,1 millibard (1 bar taxminan 1 atmosfera), ya’ni
dengiz sathidagi Yerning atmosfera bosimidan qariyb 160 marta
siyrak. Biroq planetaga tegishli aniq m a’lum otlar «Mars» va
«Mariner», «Viking» (AQSH) tipidagi
planetalararo avtomatik
stansiyalar yordam ida q o ‘lga kiritildi. M a’lum b o ‘lishicha,
Marsning «tuni» 95% karbonat angidriddan, 2,5% azot, 1,5—
2,0% argondan va juda kam miqdordagi kislorod (0,2%) va suv
bug‘idan (0,1% ) tashkil topgan ekan. Teleskop yordam ida
Marsning qutblarida juda qadimdan kuzatiladigan oq «Qalpoq»
lari, yangi yillarga qadar «urush xudosi»ning asosiy jumboqlaridan
hisoblanardi. Qizigi shundaki, bu «Qalpoqlar», Yerning
shimoliy
va janubiy qutblarida kuzatiladigan shim oliy muz okeani va
Antraktidaga juda o ‘xshab ketadi.
Qishda ularning egallagan maydoni ortib, shimoliy yarim
sharda 62 gradusli kenglikkacha, janubiy yarimsharda esa — 55
gradusgacha bostirib keladi.
Shuni unutmaslik kerakki, qish har
ikkala yarim sharda bir vaqtda bo ‘lmay, Yerdagidek, bir-biridan
yarim yilga (Mars yili bilan) farq qiladi. So‘ngra bahor boshlanishi
bilan «Qalpoq» larning keskin erishi boshlanadi va yozda ulardan
aytarli iz qolmaydi.
Maxsus usullar yordamida «qutb Qalpoqlari» ni o ‘rganish,
ular muz holatdagi karbonat angidrid ekanini m a’lum qildi.
Keyinchalik kosmik apparatlar, Mars qutblarida harorat,
karbonat
angidridining 6,1 bar bosimda kondensatsiyali haroratiga (125°C)
yaqin ekanligini aniqlash bilan yuqoridagi fikrni tasdiqladi. Planeta
atmosferasining tarkibi aniqlangach, «Qutb Qalpoqlari» ning
sayyora atmosferasining fizikasida roli katta ekanligi m a’lum bo‘ldi.
Chunonchi bahorda «Qutb Qalpoq» larining kuchli erishi va
bug‘lanishi hisobiga qutb tepasida atmosferaga juda ko‘p miqdorda
karbonat angidrid uloqtirilib, bosimni
keskin ortishiga sabab
bo‘ladi. Oqibatda kuchli shamol vujudga kelib, u juda katta gaz
m assasini jan u b iy yarim sharga olib o ‘tadi. G arch i bunda
shamolning tezligi sekundiga taxminan 10 metrni tashkil etsada,
fasliy o ‘zgarishlar bilan bog‘liq jarayonlar tezligi,
ayrim hollarda
sekundiga 70 — 100 metrgacha boradigan kuchli shamolni vujudga
30
keltiradi. Bunday shamol ta ’sirida 100 millionlab tonna chang
atm osferaga k o'tariladi. 1971-yili xuddi shu xildagi b o ‘ron
ko'tarilib, «urush xudosi» sirtini paranji misol bizdan to ‘sdi. Bu
davrda ko‘tarilgan va butun planeta diskini qoplagan qizg‘ish chang
bulutlari hatto «qutb Qalpoqlari»ni ham ko'rishga imkon bermadi.
1971-yil dekabrida sobiq Ittifoqning «Mars—3» va AQSH ning
«M ariner—9» kosmik apparatlari bo‘ron ayni «quturgan» paytda
sayyoraning ko‘rinishlarini aks qiluvchi rasmlarni oldi.
M arsning relyefi bir-biridan keskin farqlanuvchi rayonlardan
iborat b o ‘lib, bular ichida juda katta maydonni kraterlar egallaydi.
Tashqi sayyoralar: Yupiter, Saturn, U ran, N eptun, Pluton.
Do'stlaringiz bilan baham: